Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
Xorijiy mamlakatlarda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
14.4. Xorijiy mamlakatlarda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda fundamental tadqiqotlarni, innovatsion ishlamalarni xususan kichik innovatsion biznesni moliyaviy qo‘llab quvvatlashning turli xil metod, shakl va yo‘llari ishlab chiqilan. Ayniqsa bu sohada quyidagi, ya’ni AQSH, YAponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada kabi mamlakatlarning tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ushbu davlatlarda innovatsion muammolarni echish tajribasida o‘ziga xos xususiyatlarga ega, shu bilan birga umumiy o‘xshashlik ham mavjud, ya’ni innovatsion siyosatni amalga oshirida davlat faol ishtirok etadi. Ushbu davlatlarda ilmiy texnika siyosatining asosiy moliyaviy dasturi - davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishdir. Rivojlangan mamlakatlarda milliy ijtimoiy va innovatsion xarajatlarning 20 % dan 50 % acha davlat byudjeti hisobiga moliyalashtiradi. Ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlamalarga sarflanadigan xarajatlarni davlatning umumiy xarajatlardagi ulushi oxirgi 20 yil ichida qariyib o‘zgarmasdan qolmoqda. YA’ni, ushbu xarajatlar AQSHda 6-7 %, Germaniyada, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiyada 4-5 % va YAponiyada 3-5 % ni tashkil qilmoqda. ITTKI moliyalashtirish sohasida eng oldingi o‘rinda AQSH turadi. Ushbu mamlakatda 2002 yili fundamental tadqiqotlarni va innovatsion ishlamalarni rivojlantirishga 200 mlrd. AQSH dollari sarflandi. Ushbu ko‘rsatkich YAponiyaning ushbu sohadagi ko‘rsatkichidan 2.2, Germaniyaning 5,6 va Buyuk Britaniyaning ushbu sohadagi ko‘rsatkichidan 8,7 marta katta. AQSH, YAponiya, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida o‘z ilmiy tadqiqot ishlariga sarflanadigan mablag‘lar jahon bo‘yicha fanga sarflanadigan xarajatlarning 80 % ni tashkil etadi. Innovatsion faoliyatni moliyalashtrishning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib yalpi ichki mahsulotdagi ITTKI sarflanadigan mablag‘larning ulushi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich AQSHda - 2,45 %, Buyuk Britaniyada - 2,2 %, YAponiyada - 3%, Fransiyada - 2,4 %, Germaniyada -2,4 %, Germaniyada - 2,3 % ni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkich boshqa rivojlangan mamlakatlarda ya’ni, SHvetsiyada -3, Fillandiya-2,3 %, Gollandiya - 1,9 %, Kanada - 1,55 %, Ispaniya - 0,91 %, XXR -0,82 %, Gretsiyada - 0,62 % ni tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ITTKI sarflanadigan xarajatlarning tuzilishi turlicha. Bu birinchi navbatda davlat innovatsion siyosatning ustivorligi va innovatsion jarayonga xususiy sektorning jalb etish darajasiga bog‘liq. YA’ni, G‘arbiy Evropa mamlakatlarida fundamental tadqiqotlarga sarflanadigan xarajatlarning ulushi AQSH va YAponiyaga nisbatan yuqori. Masalan, ITTKIga sarflanadigan xarajatlar tarkibida fundamental tadqiqotlar sarflanadigan xarajatlarning ulushi AQSHda - 1,6 % ni tashkil qiladi, YAponiyada - 15 %, Fransiyada - 21 % dan yuqori va Germaniyada -23 %. Innovatsion ishlamalarning moliyaviy manbai bo‘lib davlat va xususiy sektor hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ITKTI asosiy moliyaviy manbai bo‘lib, xususiy sektor hisoblanadi, AQSHda, YAponii, Germaniya va Fransiyada ilmiy tadqiqot va texnik ishlamalarni moliyalashtirilgan jami mablag‘ning 48-72 % xususiy sektorga to‘g‘ri keladi. Ushbu mamlakatlarda jami ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlamalarning 60-75 % xususiy sektorda bajariladi: shu jumladan amaliy tadqiqotlarning 70 % dan va tajriba konstruktorlik ishlarning 90 % dan oshig‘i. Rivojlangan mamlakatlarda davlat sektori muhim manba hisoblansada, ammo innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishda va moliyalashtirishda ikkinchi darajali o‘rinni egallaydi. Uning ulushi ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda, xususiy sektorga nisbatan 1,3 - 2,5 marta kam. Ushbu ko‘rsatkich Fransiyada 42 %, Germaniyada - 37 %, AFSHda - 36 %, YAponiyada - 21 % ni tashkil qiladi. Davlat sektorining ITTKI bajarishdagi ulushi, ularni moliyalashtirishga nisbatan ham kam va rivojlangan mamlakatlardan olingan ilmiy va innovatsion ishlar umumiy hajmining 10-21 % tashkil qiladi. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda oliy o‘quv yurtlarning ulushi juda oz va Germaniya 0 % ni tashkil qilsa, YAponiyada .ng yuqori 6,5 % ni tashkil qiladi. Ammo, o‘quv yurtlarining ITTKI o‘tkazishdagi ulushi, ularni moliyalashtrishga nisbatan ancha yuqori va 17-20 % ni tashkil qiladi. Bundan tashqari oliy o‘quv yurtlarida fundamental tadqiqotlarning ulushi 55-80 % ni tashkil qiladi. AQSHda innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha kichik biznes ishlari bo‘yicha Administratsiya, Milliy ilmiy fond, NASA, universitetlar, tarmoq vazirliklari shug‘ullanadi. Ushbu ishlarni Germaniyada iqtisod vazirligi, ilmiy tadqiqot va texnologiyalar vazirligi, sanoat tadqiqot asssotsiatsiya federatsiyasi, Patent markazi amalga oshiradi; Fransiya - iqtisod vazirligi, tadqiqot natijalarini joriy qilish bo‘yicha milliy agentlik, Ilmiy texnik fond; YAponiyada - kichik biznesni moliyalashtirish korporatsiyasi, tavakkal tadbirkorlik markazi; xalq moliyaviy korporatsiyasi; Italiyada -texnologik yangiliklar markazi va tijorat banklari, sug‘urta fondlari bilan birgalikda kichik innovatsion biznesni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha milliy dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kerakli zamin yaratayaptilar. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling