Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
Xorijiy mamlakatlarning innovatsion tuzilmalarining tasniflanishi
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
14.3. Xorijiy mamlakatlarning innovatsion tuzilmalarining tasniflanishi.
Ushbu tadkikotning ob’ekti bulib jaxondagi eng rivojlangan davlatlar xisoblangan davlatlar tanlab olindi: AKSH, YAponiya, Germaniya, Angliya, Fransiya tanlab olindi. Tadqiqot predmeti: innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi davlat organlari, moliyalashtirish, kredit va solik tizimidagi imtiyozlar, tashki iktisodiy faoliyat; innovatsion faoliyatning ilmiy - metodik va axborat ta’minotini qo‘llab quvvatlashning shakllari; kooperatsiya va ishlab chiqarilyotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini rag‘batlantirish. Jahon tajribasida innovatsion faoliyatni rag‘batlantishda soliq imtiyozilarining kuyidagi turlaridan foydaliniladi. Innovatsion va ilmiy tadkikot solik kreditlarini tadkim etish, ya’ni foydadan innovatsion maksadlarga ajratilganda foyda soligi buyicha imtiyozlar berish; Innovatsion xarajatlar kupayganda soliklarni kamaytirish; Innovatsion faoliyat buyicha olingan foyda solikga tortilmaydi; YUridik va jismoniy shaxslar innovatsion tashkilotlarning aksiyalarini sotib olish natijasida olinadigan dividentlari imtiyozlarga soliklarga tortish; Foyda buyurtmali va kushma ITTKIga yunaltirilganda foyda soligini kamaytirish; Loyixalarning ustivor yunalishlarda bajarilyotganligini xisobga olib imtiyozlar berish; Intelliktual mulkning natijalari bulmish patent, litsensiya, nou-xau xisobiga olingan foydani imtiyozli soliklarga tortish; Mashina va dastgoxlar ITI, oliy ukuv yutrlari va boshka innovatsion tashkilotlarga berilganda foydaning solikka tortiladigan kismini ularning kiymatiga mos xolda kamaytirish. Xozirgi vaktda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-innovatsion rivojlanishning uchta modelini ajratish mumkin. 1) Fanda etakchilikga intilayotgan mamlakatlar, ilmiy-ishlab chikarish boskichlarining barcha buginlarini kamrab olgan yirikmasshtabli maksadli loyixalar amalga oshiriladi va bu erda mudofa sektorining ilmiy-innovatsion ulushi juda katta. (AKSH, Angliya, Fransiya) 2) YAngiliklarni kengaytirishga, kulay innovatsion muxit yaratishga iktisodiyotning barcha tarmoklarini ratsionallashtirishga intilayotgan mamlakatlar, (Germaniya, SHvetsiya, SHveysariya); 3) Innovatsion infrastrukturalarni rivojlantirish yuli bilan yangiliklarni ragbatlantiruvchi, jaxon ilmiy texnika yutuklariga moslashuvini ta’minlovchi, fan va texnologiya soxalarining barcha soxalarini muvofiklovtirovchi mamlakatlar (YAponiya, Janubiy Koreya). AQSHda innovatsion faoliyatni boshqaruvchi davlat organlariga quyidagilar kiradi: Amerika ilmiy fondi (fundemental tadqiqotlarni boshqaradi); Amerika ilmiy kengashi (sanoat, universiteti); Milliy kosmik agentligi.(NASA); Milliy standartlar byurosi; Sog‘liqni saqlashning milliy instituti; Mudofa ministrligi; Sanoat tadqiqotlarining milliy markazi, Milliy fanlar akademiyasi; Milliy texnik akademiya; Fan rivojlanishini qo‘llab quvvatlovchi Amerika assotsiasi. Oxirgi to‘rtta tuzilishlarning moliyalashtirish manbai turlicha bo‘lsada, qolganlari faqat federal byudjetdan moliyalashtiriladi. Davlat venchur firmalarni va tadqiqot markazlarini tashkil etishni rag‘batlantiradi. Milliy ilmiy fond tashabbusi bilan AQSHda eng samarali tadqiqotlar markazi va venchur firmalar birinchi 5 yilida to‘la yoki qisman federal byudjetdan moliyalashtirishi mumkin. Fan talab juda katta bo‘lgan va samarali tadqiqotlarni davlat ularning murakkabligini, xarajatlar va tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgani va kuchli xalqaro raqabotchilikni hisobga olib to‘la o‘z hisobidan moliyalashtiradi. Milliy ilmiy fondning ma’lumotlariga asosan hozirgi davrda ilmiy texnik taraqqiyotda kichik biznes ilmiy tekshirish ishlarning o‘rni kuchayib bormoqda. Kichik va o‘rta biznes firmalari oxirgi o‘n yillikda o‘rtacha bir kishiga yirik korporatsiyalarga nisbatan 2.5 marta ko‘p ixtirolar yaratilgan. Boshqa texnologik rivojlangan davlatlar kabi AQSHda ham venchur firmalar, «spin-off» firmalar ( oliy o‘quv yurtlari, mustaqil institut, davlat tadqiqot markazlari va yirik korporatsiyalarning maxsus laboratoriyalaridan ajralib chiqan firmalar) va investitsion firmalar faoliyat ko‘rsatib bormoqda. Davlat faol ravishda «spin-off» firmalarni yirik notijorat ilmiy markazlar, universitetlar tomanidan subsiyadalashtirilib bormoqda. Bundan tashqari «spin-off» firmalari orqali ilmiy yutiqlarni tarqatish maqsadida, mamlakatda milliy ilmiy fond tomonidan moliyalashtiriladigan bir qator innovatsion fondlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu erda o‘zlarining «spin-off» firmalarini tashkil etuvchi xohlovchilar (asosan universitet o‘qituvchilari va studentlari) kurs o‘qishida. Kursning maqsadi-kichik firmalarni tuzish jarayonini engillashtirishdan iborat. Bu erda, yana qo‘shimcha qilib tijorat maqsadlar uchun federal hukumatning byudjet hisobiga moliyalashtirilgan tadqiqotlar natijasida olingan patent va ixtirolarni firmalarga bepul sotish tajribasi ko‘rsatish mumkin. Investitsion fondlar faoliyatning asosiy maqsadi kichik innovator firmalarga va yakka ixtirochilarga moliyaviy yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Kichik firmalarni investitsiyalashda Milliy ilmiy fond muhim o‘rin egallaydi, ya’ni ushbu fond investitsion firmalarni kredit bilan ta’minlaydi, balkim ularga grantlar ajratadi. Bunday fondlar qatoriga AQSH energetika vazirligining investitsion fondini kiritish mumkin. Bu fond ham kichik firmalar tomonidan amalga oshirilayotgan ayrim tadqiqot loyihalar kabi, shaxsiy ixtirochilarni subsidiyalash bilan shug‘ullanadi. Innovatsion jarayonlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llab quvvatlashning muhim elementi davlat innovatsion infratuzilmalarini tashkil etishdir. Davlat yangiliklarni tarqatuvchi markazlar va innovatorlarga xizmat ko‘rsatuvchi konsultativ markazlar tashkil etishi mumkin Davlat innovatsion bozorlarining (davlat matbuotlarida axborat, birja, yarmarka va ko‘rgazma) shakllanishini qo‘llab quvvatlaydi va o‘zi uning agenti sifatida o‘zini ko‘rsatadi. Davlat organlari mamlakatda va xorijdagi innovatsion jarayonlarning monitoringini va istiqbolini olib borishi lozim. Bu erda ko‘pchilik hollarda ishlab chiqarishga joriy qilish uchun katta samara beruvchi ilg‘or texnologiyalarni izlanadi. AQSH innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishda ma’naviy qo‘llab quvvatlashga ham kata e’tibor beriladi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: davlat mukofotlari, faxriy unvonlar berish, xo‘jalik yuritishning innovatsion usullarini targ‘ibot qilish, davlat arboblarining ilg‘or innovatsion tashkilotlarga tashrif buyurishi, ilmiy - texnika intelegensiya namoyondalarining muhim davlat tadbilarida ishtirok etishi va h.k. Boshqarishning bilvosta yo‘llariga birinchi navbatda soliq bo‘yicha imtiyozlarni kiritish mumkin: foydaning soliqga tortiladigan qismini kamaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish. AQSHda boshqaruv qarorlarini istiqbollashga, optimallashtirishga va standartizatsiyalashga, innovatsion loyihalarning davlat ekspertizasiga, innovatsiyalarning davlat statistikasiga katta e’tibor beriladi. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling