Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


Boshqa mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqqan holda innovatsion jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin


Download 312.46 Kb.
bet56/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

Boshqa mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqqan holda innovatsion jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin:

  • akademik va tarmoq institutlari, universitetlar va firmalarning ilmiy-tadqiqot bo‘linmalari - ular davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi yoki boshqa turda qo‘llab-quvvatlanuvchi fundamental ilmiy tadqiqotlar va izlanish loyihalari uchun mas’ul bo‘ladi. Sanab o‘tilgan tashkilotlar hisobotlar, turli hujjatlar, ixtirolar, ilmiy maqolalar shaklida intellektual mahsulot ishlab chiqaradi hamda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi;

  • texnik va sanoat-texnik tashkilotlar – ular innovatsion nou-xauga ega bo‘lib, boshlang‘ich loyihalar ustida ishlaydilar, sinov namunalari yaratish va ularni sinab ko‘rish bilan shug‘ullanadilar, texnik tavsiflar, patentlar, stan­dartlar va reglament tayyorlaydilar. Mazkur tuzilmalar namunalar tayyorlash uchun kuchli ishlab chiqarish quvvatlari, professional va texnologik markazlarga ega;

  • ilmiy va muhandis-texnik xodimlar, shuningdek, innovatsion faoliyatning joriy muammolarini echishda talab qilinuvchi malakali kadrlar uchun ta’lim va o‘qitish tuzilmalari;

  • tadqiqot va loyihalarning bajarilishini nazorat qiluvchi hamda ularning sanoat sektori bilan o‘zaro aloqalarini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar;

  • mahsulot va xizmatlarga talabni va ularning tarqalishini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi konsalting tashkilotlari;

  • ilmiy-texnik axborot xizmatlari – ular istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot to‘plash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanadi;

  • iste’molchilar va mahsulotni sotish masalalari bilan shug‘ullanuvchi professionallarni birlashtiruvchi bozor strukturlari.

YUqorida sanab o‘tilgan struktura birliklari o‘rtasidagi aloqalar sxemasi murakkab bo‘lib, bevosita aloqalarni ham, vositachilar va taqsimot tarmoqlari hamkorlikni ham qamrab oladi.
Xorijiy mamlakatlarda texnologiyalarni yaratish va ularning transferi sohasidagi davlat siyosati sanoat va ilmiy-texnik siyosatning ustuvorliklaridan biri bo‘lib, ularni mamlakatimiz iqtisodiyotini innovatsion qayta qurishni ta’minlashda qo‘llash maqsadga muvofiq.
Bunda asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • innovatsion faoliyat jarayonida, milliy, harbiy, sanoat va jamoatchilik manfaatlariga javob beruvchi texnologiyalar yaratishda xavfsizlikni ta’minlash;

  • ilmiy-texnik faoliyat natijalari va yangi ilg‘or texnologiyalarni faol joriy qilish, ilmiy tadqiqotlar va istiqbolli loyihalar natijalariga taalluqli ilmiy-texnik axborotlarni keng tarqatish, mamlakatning ilmiy-texnik, texnologik va ular asosida iqtisodiy va mudofaa salohiyatini oshirish;

  • ichki va tashqi bozorlarda ilm talab qiluvchi mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish.




Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling