Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


-Mavzu. Innovatsiyalarni jahon sivilizatsiyasidagi


Download 312.46 Kb.
bet59/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

17-Mavzu. Innovatsiyalarni jahon sivilizatsiyasidagi
ahamiyati

17.1 Innovatsiyalar jamiyat taraqqiyotining poydevori.


17.2 Jahon sivilizatsiyasi bosqichlarining innovatsiyalarga bog‘liqligi.
17.3 Jahon svilizatsiyasiga ulkan xissa qo‘shgan innovatsiyalar.
17.4 Buyuk kashfiyotlar va ularni ro‘yobga chiqarish zaruriyati.


17.1 Innovatsiyalar jamiyat taraqqiyotining poydevori.
Mustaqillik yillarida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimida chuqur sifatiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi innovatsiya hisobiga yangilandi. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va mavqei toboro mustahkamlanib bormoqda. Biroq, bugungi fan texnika taraqqiyoti, qolaversa jahon bozorida ro‘y berayotgan innovatsion o‘zgarishlar erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolishga imkon bermaydi. SHu bois, milliy iqtisodiyot va jahon bozoridagi innovatsion strategik o‘zgarishlarni o‘rganish, tadqiqotlarni olib borish, nazariya va uslublarini yaratish, ularni amalga oshirishning yo‘llarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Mazkur masalaning ijobiy hal qilinishi esa iqtisodiy mustaqillikka erishish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatini yaratadi.


17.2 Jahon sivilizatsiyasi bosqichlarining innovatsiyalarga bog‘liqligi.
XX asrda jahonda ko‘plab ajabtovur o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu asr XIX asr va XX asrning boshlaridagi fundamental kashfiyotlarni amalga oshirish asri bo‘lib, jahon iqtisodiyotining misli ko‘rilmagan darajada o‘sishiga sabab bo‘ldi. Agar insoniyat o‘z tarii davomida 1900 yilgacha 60 mlrd dollar miqdorida yalpi mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib (1996 yil) bu ko‘rsatkich yiliga 24 ming mlrd dollarni tashkil etdi, ya’ni hozirgi kunda bir ishchi kunida jahonda butun 1900 yil davomida ishlab chiqarilgan miqdordagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda [9].
XX asrda ulkan demografik o‘zgarishlar ham ro‘y berdi. Agar butun insoniyat tarixi davomida sayyoramizdagi aholi soni 1900 yilga kelib 1,6 mlrd kishini tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrning oxirida aholi soni 6,0 mlrd kishidan ortdi, ya’ni 4 martadan ko‘p o‘sdi. O‘tgan asrning 90-yillarida aholi sonining yillik o‘sish ko‘rsatkichi eng bo‘lishi kuzatildi — yiliga 90 mln kishi.
XX asr shuningdek, ulkan siyosiy o‘zgarishlar davri am bo‘ldi. Bu qatorda buyuk imperiyalarning emirilishi, deyarli hamma joyda liberaerkin iqtisodiyotga o‘tilishi va asta-sekinlik bilan totalitar tizimlarni keskin qisqartirgan holda fuqarolik jamiyatiga o‘tishni ko‘rsatish mumkin.
Quruqlikdagi er usti suv havzalarida kimyoviy moddalar konsentratsiyasi ortib bormoqda. Bundan Jahon okeanlari qirg‘oqoldi suvlari va quruqlikdagi suv havzalari global evtrofikatsiyasi ham dalolat beradi. Bu o‘zgarishlar asosan XX asrga, ayniqsa, uning ikkinchi yarmiga taalluqli. Xususan, Missisipi daryosi etagida azotli birikmalar konsentratsiyasi XX asrning boshlaridan to 1960 yilgacha o‘zgarmay kelgan bo‘lsa, shu paytdan boshlab chorak asr davomida bu ko‘rsatkich ikki yarim baravar o‘sdi (1994 g.). Suv sifatini yaxshilash bo‘yicha ko‘p sa’y-harakatlar amalga oshirilishiga qaramay, Reyn daryosida evtrofikatsiya darajasi eng yuqori darajada saqlanib qolmoqda — 5 ball. SHu tariqa ushbu qayta tiklanuvchi resurs biogenlar va boshqa moddalar konsentratsiyasi tabiiy tebranishlari doirasida avvalgi tabiiy ko‘rinishida qayta tiklanmaydigan bo‘lib qoldi, ya’ni quruqlikdagi chuchuk suv qayta tiklanmaydigan resurslar qatoridan o‘rin oldi [10].
Tabiiy ekotizimlar va muhitlarning o‘zgarishi va emirilishiga sanoatning atrof-muhitni ifloslashi ham qo‘shildi. Xomashyo qazib olish, qayta ishlash va yakuniy mahsulot olish siklida turli chiqitlar paydo bo‘ladi (iste’mol qilingan har 1 kg maishiy mahsulotga 25 kg chiqit to‘g‘ri keladi). Dunyo miqyosida yiliga suvni hisoblamaganda jami 300 mlrd. tonna xomashyo qazib olinadi. YAkuniy mahsulotlar bu kattalikning dastlabki foizlarini tashkil qiladi, shuning uchun ham aytish mumkinki, chiqitlar hajmi ham shunga yarasha bo‘ladi. Bu asosan qattiq turdagi chiqitlar bo‘lib, gazsimon moddalar 2,5 foizni, suyuqliklar esa 4 foizni tashkil qiladi.
SHu tariqa XX asr zamonaviy sivilizatsiyaning tabiat bilan to‘qnash kelgan asri bo‘ldi. Bu to‘qnashuv turli mamlakatlar va yirik mintaqalarda har xil ko‘rinishga ega bo‘lmoqda. U qaysidir ma’noda dunyodagi har bir mamlakatni qamrab olgan. Riofjlangan mamlakatlar kabi, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar ham atrof-muhit muvozanatiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning natijasida chuqurlashib borayotgan ekologik inqirozni mahalliy ahamiyatga ega choralar bilan hal etib bo‘lmaydi: rivojlangan mamlakatlarning ayrim tumanlarida tabiatni asrash bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishiga qaramay, global inqiroz pasayish u yoqda tursin, tobora chuqurlashib, yangi ekologik xavflar paydo bo‘lmoqda.



Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling