Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
-Mavzu. Innovatsion strategik rejalashtirish (2-soat)
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1 Innovatsiyalarni strategik rejalashtirish va zaruriyati va shart-sharoitlari.
13-Mavzu. Innovatsion strategik rejalashtirish (2-soat)
13.1 Innovatsiyalarni strategik rejalashtirish va zaruriyati va shart-sharoitlari. 13.2 Uzoq muddatli strategiya 13.3 Innovatsiyalar davri. Radikal innovatsiyalar 13.4 Davlatning innovatsiyaon strategilari. 13.1 Innovatsiyalarni strategik rejalashtirish va zaruriyati va shart-sharoitlari. Asrlar va ming yilliklar kesishgan pallada insoniyat tubdan o‘zgargan dunyoga yangicha qarashdan (postindustrial ilmiy paradigma) tashqari kelajakni oldindan ko‘ra bilishning yangicha nazariyasi, strategik rejalashtirish metodologiyasi, bazis (ba’zida esa davrga xos) innovatsiyalar klasterlari xarakteri va oqibatlarini baholash zarurati oldiga kelib qoldi. Biroq kutilmaganda bu vazifaning u qadar yangi emasligi ma’lum bo‘lib qoldi. U ilk bor o‘tgan asrning 20-yillarida qo‘yilgan va u yoki bu darajada hal etilgan ham edi. Bu narsa ko‘p yillik fuqarolar urushi natijasida vayronagarchilikka uchragan, lekin boy intellektual salohiyatga ega, misli ko‘rilmagan miqyosdagi muammolarni hal etishga qo‘rqmasdan kirishgan Rossiyada ro‘y bergan edi. Bu erda gap avvalo Rossiyalik XX asrning eng yirik iqtisodchisi, boshqa bir olim Pitirim Sorokin bilan birgalikda innovatsiyalar nazariyasining asoschisi hisoblanuvchi N.D.Kondratevning oldindan ko‘ra bilish va istiqbolli rejalashtirish metodologiyasi haqida boradi. 1.Jamiyat va tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang-barangligida anglash oldindan ko‘ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi. Istalgan bir fanning asosiy funksiyasi shundan iborat. Biroq bu har qanday yirik xo‘jalik, ijtimoiy va ekologik qarorlar qabul qilishda ham amaliy zarurat hisoblanadi. Ushbu boshlang‘ich holatni baholash va undan foydalanishda ikki narsani inobatga olish zarur. Birinchidan, N.D.Kondratev qayd etib o‘tganidek, tabiiy qonunlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari jamiyatning o‘zidagi tub o‘zgarishlar bilan birgalikda o‘zgarishi mumkin. Industrial jamiyatdan postindustrial jamiyatga o‘tish bulardan keyingisiga xos bo‘lgan qonuniyatlar tizimini yangidan o‘rganib chiqish zarurligini ko‘rsatadi (bu tizimga ilgari ochilgan qonuniyatlar ham amal qilish va foydalanish mexanizmi modifikatsiyalangan holatda kiritiladi). Ikkinchidan, ijtimoiy qonun va qonuniyatlar tarkibi bir turda emas, ular ierarxik bo‘lib, bilishning turli darajalarini aks ettiradi. Statika qonunlari evolyusion rivojlanish davrida nisbatan muvozanatli holatda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar faoliyat ko‘rsatuvchi struktura va shart-sharoitlarni aks ettiradi. Siklik dinamika qonuniyatlari tizim dinamikasidagi notekislikni, sikllar bosqichlarining almashish qonuniyatlari va tizimlar rivojlanish sikllarining o‘zini, jamiyatning innovatsion yangilanish jarayonining to‘lqinsimonligini ochib beradi. Bu davriy o‘zgarayotgan voqelikni anglashning ikkinchi bosqichidir. Bilishning oliy bosqichi – sotsiogenetiki qonuniyatlari bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar dinamikasida nasliylik, o‘zgaruvchanlik va tanlov yig‘indisi (birikuvi) hisoblanadi. Bu cho‘qqi hali bizning mamlakatmizda ham, boshqa davlatlarda ham zabt etilmagan. Bundan esa o‘zgarish davridagi bashoratlarda ko‘p sonli xatolarga yo‘l qo‘yish kelib chiqadi. Sotsiogenetika qonuniyatlari tizimning innovatsion yangilanishi uqurligi va sarhadlarini baholashga ko‘maklashadi. 2.Uzoq muddatli rejalashtirishning asosi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar dinamikasidagi sikllar va inqirozlarni ularni tabiiy tizimlar bilan aloqada oldindan ko‘ra bilish hisoblanadi. 3. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni uzoq muddatli bashorat qilish sivilizatsiyali xarakterga ega bo‘lib, jahon va lokal sivilizatsiyalar aloqasi va dinamikasi qonuniyatlarini hisobga oladi. Sivilizatsion bashoratning asoslari Pitirim Sorokin tomonidan 1964 yilda «Zamonamizning bosh tendensiyalari» [3] kitobida ishlab chiqilib, N.N. Moiseev [8] va boshqa olimlar tomonidan rivojlantirilgan [1; 2; 5; 9]. 4. Oldindan ko‘ra bilishning maqsad va natijalari muayyan hodisalarni aytib berish emas, balki davriy o‘zgarishlar va rivojlanish tendensiyalarini oldindan ko‘ra bilish, kelajakda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni innovatsion asoslarda hal qilish yo‘llarini tadqiq etish hisoblanadi. 5. Uzoq muddatli bashorat qilish va strategik rejalashtirish o‘zaro uzviy va chambarchas bog‘liq bo‘lib, iqtisodiyot va yirik xo‘jalik tizimlarining rivojlanishini boshqarishda yaxlit bir butunlikni tashkil qiladi. Bashorat rejadan oldin keladi, kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini baholash, bazaviy va ahvolni yaxshilovchi innovatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan strategik uchtuvorliklarni tanlash hamda buning oqibatlarini baholashga yordam beradi. Strategik reja yordamida ushbu ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilib, real innovatsiyalar mazmuni bilan to‘ldiriladi. N.D. Kondratev qayd etib o‘tganidek, oldindan ko‘ra bilish reja tuzish va amalga oshirishning barcha bosqichlarini qamrab oladi: «Reja istiqbollari nafaqat direktiva, balki oldindan ko‘ra bilish hamdir... Rejaning barcha asosiy elementlarini tuzish, butun rejaning o‘zi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishdan tortib to istiqbollar tizimigacha reja bilan ishlashning har bir bosqichida oldindan ko‘ra bilish muammosini hal qilish zarurati qamrab olgan bo‘ladi. Aniq aytish mumkinki: reja bu – faqatgina oldindan ko‘ra bilish emas: u bir vaqtning o‘zida hatti-harakatlar dasturidir; biroq oldindan ko‘ra bilishsiz reja bu hech narsa emas» [30. S. 579]. 6. Uzoq muddatli bashorat qilish va strategik rejalashtirish metodologiyasi tor doiradagi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar (indikatorlar), istiqbolli balanslar, istiqbolli balanslarga tayanishi lozim. CHunki ular xalq xo‘jaligidagi proporsiyalarning muvozanatli o‘zgarishini ta’minlash, muayyan ichki va tashqi omillarni e’tiborga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion-texnologik va ekologik siyosatning istiqbolli maqsadlariga ershishga imkon beradi. 7. Bashorat qilish va strategik rejalashtirishni tashkil etish turli darajadagi reja va bashoratlarning uyg‘unlashuvi, ularni ishlab chiqish va ulardan foydalanishda mahoratning yuqori bo‘lishi, davlat tomonidan tartibga solishning bozor vakillari mustaqilligi va tashabbuslari, ularning innovatsion faolligi bilan uyg‘unlashuvini ta’minlay olishi zarur. Va nihoyat, innovatsion o‘sish, samarali va ishonchli bashorat asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim omili ushbu sohada davlat orgalari uchun ham, korporatsiyalar uchun ham yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi. «Istiqbolli rejalar tuzish... yuqori malakali hamda maxsus ilmiy va ilmiy-amaliy tayyorgarlikka ega shaxslarning ishi bo‘lishi lozim», - deb aytib o‘tgan edi N.D. Kondratev [30. S. 613]. Istiqbolli strategiyalar va bashoratlarni ishlab chiqish bilan ko‘proq professional bo‘lmagan shaxslar shug‘ullanib, buyuk masalnavis I.A.Krilovning «Mo‘richi non yopishni boshlab, qandolatchi etik tikadigan bo‘lsa kulfatga uchrash muqarrar» deb ogohlantirishiga e’tibor qaratmaydilar. Kelajakni oldindan ko‘ra bilish, strategiyani ishlab chiqish bu – mustaqil kasb bo‘lib, strategik fikrlashni, turli fanlar bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishni va chuqur ilmiy va amaliy bilimlarga ega bo‘lish talab qilinadi. Bunday mutaxassislar tayyorlash hamda iqtisodchi va muhandis kadrlar uchun maxsus fanlar o‘qitishni qayta tiklash va buni yangi, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi asoslarda bajarish lozim. Bu innovatsion o‘sish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur shartidir. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling