Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


Ishlab chiqarish texnologiyasi to‘g‘risida tushuncha


Download 312.46 Kb.
bet37/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

11.3. Ishlab chiqarish texnologiyasi to‘g‘risida tushuncha.
Texnologiya - bu turli vositalarga ishlov berish va qayta ishlash uslublari yigindisidir.
Ishlab chiqarish jarayonlari tarkibiy qismi bo‘lmish qazib olish, qayta ishlash, tashish, joylashtirish, saqlash, sotish va shu kabi operatsiyalarning o‘zi xam texnologiya deb aytiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti rivojlangan sayin texnologiya xam uzluksiz yangilanib boradi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish tendensiyasida uch asosiy yo‘nalish kuzatiladi:

  • davriy texnologiyalardan uzluksiz potok ishlab chiqarish jarayonlariga asoslangan texnologiyalarga o‘tish;

  • ishlab chiqarish tarkibiga ekologik toza chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish;

  • biznesda ustuvor bo‘lgan fanga ko‘proq tayangan texnologiyalarni rivojlantirish. Ishlab chiqarish jarayonida texnologiyani qo‘llashning natijasi maxsulot

Xisoblanadi. Insonning ishlab chiqarish faoliyati oxirgi maxsuli bo‘lgan maxsulot talabga ega. Iste’molchi tomonidan foydalanish imkoniyatlariga bog‘liq ravishda maxsulotni uch turga ajratadilar:

  • moddiy (MM);

  • energetik (EM);

  • intellektual (IM).

Intellektual maxsulotga dizayn, konstruksiya, savdo markasi, nou-xau tayyorlov usuli, ishlab chiqarish usuli kiradi.
Texnologiyalarni zamonaviylashtirish va ulardan ijtimoiy ishlab chiqarishi amaliyotida foydalanish- xar bir aloxida korxona ilmiy texnikaviy jarayon-larining o‘zgarmas shartidir.
Ishlab chiqarish texnologiyalari murakkab sistemalarga qarashli va ularni faqat sistemali yondashuv orqali o‘rganish mumkin.
Murakkab sitemaning xarakterli belgilari:

  • jarayonlar modellarining murakkabligi;

  • boshqarish vazifalarining katta o‘lchovdaligi;

  • strukturaning ierarxiyaligi;

  • qismlarning agregatligi;

  • xolatlarning aniq emasligi;

  • "shovqin", tusiqlarga sezgirlik.

Sistemali yondashishning moxiyati uni tashkil qilish metodikasida yoritiladi, ya’ni sistemali tahlil ob’ektini ajratish (narsalar, holatlar, jarayonlar, strukturalar), ob’ektning tashqi va ichki muhitini bo‘lish chegaralarini belgilash, ob’ektning holatini baholash mezonlarini aniqlash, elementlar klassifikatsiyasi va ularni agregatlashtirish usullarini ko‘rsatish.
Sistemali tahlil mantiq qoidalariga va sog‘lom fikrlashga asoslangan bo‘lib, holatlarni miqdoriy baholash uslublarini qo‘llashga va turli vositalar bilan (imitatsiya, matematik ifodalash, statistika, programmalashtirish) tahlil ob’ekti reaksiyalarini modellashtirishga harakat qilishga qaratilgan.



Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling