Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
Innovatsion faoliyatda investitsion loyihalarni amalga oshirish tamoyillari
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
10.3. Innovatsion faoliyatda investitsion loyihalarni amalga oshirish tamoyillari
Innovatsion faoliyatda investitsion loyihalarni amalga oshirishning asosiy umumiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: investitsion innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida ularni amalga oshirishga majmuaviy yondoshishni ta’minlash uchun ilmiy-texnik tahlilni tijort, moliya-iiqtisodiy, sotsial bilan birlashtirish zarur. innovatsion faoliyatdagi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va ekspertiza qilishda loyihani amalga oshirish natijasida olinadigan innovatsion mahsulot oqimlari loyihada foydalaniladigan turli –tuman resurslar oqimlari kabi pul mablag‘lari oqimi ko‘rinishida taqdim etilishlari kerak. innovatsion loyhalarning samaradorligini baholashda xarajatlar va natijalarni solishtirishni pullar qiymatini vaqtda o‘zgarishini hisobga olish bilan o‘tkazish zarur. investitsion innovatsion loyihalarni amalga oshirishda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq noaniqlik va xatarlarni pritsipial hisobga olish zarur. Investitsion loyihalar korxona ehtiyojlaridan vujudga keladilar. Investitsion loyihalarning yashash qobiliyatining sharti ularni korxonaning xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshishida asosan aks etadigan investitsion siyosati va strategik maqsadlariga mos kelishidan iboratdir. Investitsion loyihalarning samaradorligi investitsion tahlilning asosiy elementlaridan birini baholash bir necha investitsion loyihalardan eng samaraligini to‘g‘ri tanlashning asosiy quroli bo‘ladi. Investitsion loyihalarni baholash usullari hamma hollarda ham yagona bo‘lmasliklari mumkin, chunki investitsion loyhalar xarajatlarning ko‘lamlari, ulardan foydalanish muddatlari, hamda foydali natijalar bo‘yicha g‘oyatda katta xavflarga egalar. Katta kapital kiritmalarni atalb qilmaydigan, mahsulotni ishlab chiqarishni o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatmaydigan, hamda foydali foydalanishning nisbatan kichik muddatiga ega. Mayda investitsion loyhalarga hisoblashning oddiyroq usullarini qo‘llash mumkin. SHuning bilan bir vaqtda kattaroq investitsion xarajatlarni talab qiluvchi ko‘lamliroq investitsion loyihalar yangi qurilish, qaytadan qurish, mahsulotlarning tubdan yangi turlarini o‘zlashtirish omillarining katta sonini hisobga olish va buning natijasida murakkabroq hisoblashlarni o‘tkazish, hamda samaradorlikni baholash usullarini aniqlab olish zrurligini keltirib chiqaradi. Korxona xo‘jalik faoliyati natijasida investitsion loyiha qanchalik ko‘lamliroq va katta o‘zgarishlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, pul oqimlarini hisoblash va investitsion loyiha samaradorligini baholash usullari shunchalik aniqroq bo‘lishlari kerak. Investitsion loyihalarni amalga oshirishdan kelib chiqqan pul oqimlarini harakatlanishi bir qator yillar davomida o‘tganligi holati ularning samaradorligini baholashni qiyinlashtiradi. Investitsion loyihalarni vaqtning uzoqroq davri davomida tatbiq etilishi korxonaning iqtisodiy salohiyati va xo‘jalik faoliyati natijalariga ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish bilan ularning samaradorligini baholashdagi xato katta moliyaviy xatorlar va yo‘qotishlar olib kelishi mumkin. Iqtisodiyot faniga investitsion loyihalar samaradorligining loyihaviy va haqiqiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqning bir necha asosiy sabablari ma’lum. Sabablarning birinchi guruhiga investsion loyiha samaradorligini ayrim olimlar, ilmiy xodimlar va korxona mutaxassislarining sub’ektiv nuqtai nazarlari bilan asoslangan ongli ravishda oshirilishi va ularning moliyaviy resurslarni seklash uchun kurashlari kiradi. Bunday hisoblashlardan korxonalarda boshqaruvning tegishli tizimlarini tashkil qilish yo‘li bilan himoyalanish mumkin, ular korxona vazifaviy xizmatlar ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishga yoki investitsion loyihalarning samaradorligini baholash bilan bog‘liq hisoblashlarning ob’ektivligini tekshirishga mustaqil ekspertlarni jalb qilishga imkon beradilar. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling