Fanning predmeti, mazmuni va vazifalari


Download 0.99 Mb.
bet2/18
Sana23.11.2020
Hajmi0.99 Mb.
#150525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
kal kul yat siy a

Mustaqil bo‘limga korxonalarning ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati natijasida olinadigan daromadlar ro‘yxati ajratilgan. Nihoyada, tovar-moddiy zahiralar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelajak davri xarajatlariga baho beriladi va soliqqa tortiladigan bazani aniqlash tartibi yoritiladi.

Temir yo‘l transportida ekspluatatsion xarajatlar hisobi va rejalashtirish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xarajatlari Nomenklaturasi bilan tartibga solinadi.

Nomenklatura ikki qismdan iborat. 1-qism «Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi» deb nomlanadi. Bu qismda quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi: temir yo‘l aksionerlik jamiyatining ekspluatatsion faoliyati.

Ishlab chiqarish tannarxi xo‘jalikning alohida tarmoqlari bo‘yicha hisoblanadi:

1. Yo‘lovchi, konteynerda tashish va tijorat ishlari xo‘jaligi (1-32mod.);

2. Lokomotiv xo‘jaligi.(41-140 mod.);

3. Vagon xo‘jaligi (151-180 mod.);

4. Yo‘l xo‘jaligi. (181- 204 mod.);

5. Fuqarolik inshootlari xo‘jaligi (205 –210 mod.);

6. Signallashtirish va aloqa xo‘jaligi (211-228 mod.);

7. Elektrlashtirish va energetika xo‘jaligi (229-235 mod.);

8. Hisoblash tovar kontoralari va tiklash poyezdlari (236-237 mod.);

9. MDH hududida xorijiy temir yo‘llar tomonidan tashishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar (238-239 mod.).

Nomenklaturada xarajatlar guruhlarga taqsimlanadi. Bu guruhlash asosiy (ekspluatatsion) va yordamchi-ko‘makchi faoliyatga taqsimlanadigan faoliyat turlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan ekspluatatsion xarajatlar asosiy va umumxo‘jalik xarajatlariga bo‘linadi. Har bir xo‘jalikning ishlab chiqarish jarayoni bilan uzviy bog‘langan, xo‘jalikning barcha tarmoqlari uchun umumiy bo‘lgan xarajatlar asosiy xarajatlar deb aytiladi. Lekin har bir xo‘jalik uchun xos bo‘lgan asosiy xarajatlarda xo‘jalikning barcha tarmoqlari uchun umumiy bo‘lgan xarajatlar ajratib ko‘rsatiladi.

Xo‘jalikning barcha tarmoqlari uchun umumiy bo‘lgan asosiy xarajatlar tarkibiga ishlab chiqarish personalining qo‘shimcha ish haqi xarajatlari, ta’til, davlat va jamoat topshiriqlarini bajargan davri uchun to‘lovlar, forma kiyimlarini chegirma narxi, boshqaruv apparati tarkibiga kirmaydigan xodimlarning xizmat safarlari xarajatlari, texnika xavfsizligi bo‘yicha xarajatlar va hokazo kiradi.

Umumxo‘jalik xarajatlari deb, korxonani boshqarish va ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarga aytiladi. Ular o‘z navbatida boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarisiz va boshqaruv apparatini saqlash bo‘yicha umumxo‘jalik xarajatlariga bo‘linadi.

Bu guruhga ishlab chiqarish uchastkalari (sexlari) personalining ish haqi xarajatlari, xizmat ko‘rsatish, umumxo‘jalik ahamiyatidagi bino, inshootlar va inventarlarni joriy ta’mirlash, umumxo‘jalik ahamiyatidagi asosiy vositalar amortizatsiyasi, kadrlarni tayyorlash bo‘yicha xarajatlar kiritiladi.

Tashish tannarxiga kiritilishiga nisbatan xarajatlar to‘g‘ri va egri xarajatlarga bo‘linadi.

To‘g‘ri xarajatlar bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri hisobga olinuvchi xujjatdan ma’lum bir tashish turining tannarxiga kiritilishi mumkin (masalan, yuk va saralash stansiyalarining xarajatlari hisob hujjatlaridan to‘g‘ri yuk tashish tannarxiga kiritilishi mumkin).

Egri xarajatlar bir necha turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisoblanadi. Bu xarajatlarni ma’lum bir turdagi mahsulot tannarxiga kiritish uchun ularni avval tashish turlari bo‘yicha taqsimlash zarur. Masalan, yo‘l xo‘jaligi xarajatlarini yuk va yo‘lovchi tashish tannarxiga kiritish kerak. Ularni avval u yoki bu turdagi ish ko‘rsatkichlariga proporsional bo‘lgan ish o‘lchovlariga taqsimlaydilar.

Xarajatlarning umumiy miqdorida egri xarajatlar salmoqli hajmni tashkil etadi.

Tashish jarayoni, yuk aylanmasini o‘sishi yoki kamayishi hisobiga xarajatlar miqdorini o‘zgarishiga bog‘liq holda xarajatlar tashish hajmiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmaganga (yoki shartli-doimiy) xarajatlarga bo‘linadi.

Bog‘liq xarajatlar deb, tashish hajmining o‘zgarishiga to‘g‘ri proporsional o‘lchanadigan xarajatlarga aytiladi. Bunday xarajatlarga poyezdlarni tortish uchun yoqilg‘i, elektr energiya, lokomotiv va vagonlarni ta’mirlash, ularni amortizatsiyasi va hakazo kiradi.

Shartli-doimiy xarajatlar deb, tashish hajmini o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgarmaydigan yoki kam o‘zgaradigan xarajatlarga aytiladi. Bu xarajatlarga temir yo‘lning doimiy qurilmalarini (tortuv nimstansiyalari, signallashtirish va aloqa qurilmalari, boshq.) joriy saqlash, ta’mirlash va ularni amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar kiradi.

Nomeklaturada temir yo‘lning ekspluatatsion va yordamchi-ko‘makchi faoliyatiga ko‘ra barcha bo‘limlar bo‘yicha xarajatlar stavkasi va o‘lchovlar ajratib ko‘rsatilgan. Nomenklatura jami 760 moddadan iborat, ulardan 288 tasi xo‘jaliklar bo‘yicha taqsimlanib, ekspluatatsion faoliyatga kiritilgan. Xo‘jalik ichida temir yo‘l transporti korxonalarida bajariladigan har bir ish turiga modda raqami beriladi va unda aniq bir ish turini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar va xarajat o‘lchovi ko‘rsatiladi.

Masalan, 1-modda – biletlarni sotish (1000 ta jo‘natilgan yo‘lovchilar), 2-modda - bagajni qabul qilish va topshirish (1t jo‘natilgan va kelgan bagaj).

Moddalar bo‘yicha yordamchi-ko‘makchi faoliyat ham taqsimlanadi. U 301 moddadan 760 moddagacha bo‘lgan moddalarni qamrab olgan.

Biroq, agar ekspluatatsion faoliyatda moddalar raqami ketma-ketlikda 1 dan 288 gacha bo‘lsa, yordamchi-ko‘makchi faoliyat bo‘yicha esa bu holat kuzatilmaydi. Yordamchi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xarajat moddalari – 350-376 gacha tashkil etadi, so‘ngra konteyner tashish va tijorat ishlari xo‘jaligi 421 dan 428 gacha keladi, keyin lokomotiv xo‘jaligi 475 dan 477 gacha boshlanadi, vagon xo‘jaligi 481-483 gacha, yo‘l xo‘jaligi 501-538 gacha bo‘lgan moddalarni o‘z ichiga oladi va hokazo, ya’ni avvalgi Nomenklatura bilan qiyoslaganda qayd etilgan xo‘jaliklarda qandaydir o‘zgarishlar yuz bergani uchun bu moddalar o‘z kuchini yo‘qotib mavjud bo‘lmay qoldi.

2.2. MAXSULOT TANNARXI TUSHUNCHASI, KO‘RSATKICHLARI VA UNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI

Tannarx - bu mahsulotni ishlab chikarishda ketgan xarajatlarning pul shaklida ifodalanishi. Tannarx - tashkilotning iqtisodiy faoliyatini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Tannarx majmuaviy ko‘rsatkich bo‘lib, ishlatilgan material va ish vositalarini xarakterlaydi, ish xajmini oshirishni belgilaydi, asosiy vositalarning ishlatish darajasi, samaradorlikni va tashkilotdagi ish sur’atini oshiradi. Tannarxning kamayishi juda katta ahamiyatga ega, chunki u resurslarni kam sarflab, tashkilot ish rentabelligini o‘sishga yordam beradi. Tannarxda tashkilotning butun faoliyati o‘z aksini topadi:

- ishlab chikarish jarayonini shakllantirish;

- xom ashyo, yokilgi, elektrenergiya, material va boshqa xarajatlarni kamaytirish tartibi;

- asosiy vositalarni va xarakat tarkibini ishlatish sifati va darajasi, shuningdek aylanma vositalarini ishlatish va boshkalar.

2.3. TEMIR YO‘LDA TASHISH TANNARXI

Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda transport muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistan Respublikasi transport kompleksining xizmat ko‘rsatish bo‘lagi 10% ni tashkil kiladi. Respublikada temir yo‘lda tashish asosiy o‘rinni egallaydi va yuqori tashish ko‘rsatkichiga ega; tashish tannarxi nisbatan arzon, yuqori tezlik va harakatning muntazamligi, iqlim sharoitga bog‘lik emasligi va atrof-muhitga kam ta’sir etishi bilan ham ustuvor turadi.

Xalk xo‘jaligining yirik sub’ektlarini to‘xtovsiz zamonaviy sharoitlarda ishlashi, mamlakatning xar bir regionida temir yo‘l transporti ishi bilan uzviy bog‘liq. Temir yo‘lga taalluqli bo‘lgan omillar va tashish tannarxining arzonligi mamlakat iqtisodiy rivojlanishini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda tashiladigan yuklar umumiy hajmining 23% temir yo‘l transporti ulushiga to‘g‘ri keladi, agar quvur transportida tashiladigan yuklar hisobga olinmasa, temir yo‘l transportiga 89% yuk to‘g‘ri keladi. Temir yo‘l transportida tashish tannarxi avtotransportga qaraganda 3-5 marta kam, havo transportiga qaraganda esa 12-15 marta arzon hisoblanadi.

Temir yo‘lda tashish ishida avtomobil va havo yo‘llarining tashish ishlaridan ancha kam mehnat sarfi talab kilinadi; bundan tashqari elektrpoezdning tortish kuchi ekologik jihatdan boshqa transport vositalaridan ancha toza, temir yo‘l boshkaruvi ishlarining yaxshilanishi mamlakat transport ishi xarajatlarini kamayishi va uning samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega.

Tashish tannarxini arzonlashtirishning mavjud yo‘llarini aniqlash uchun xarajatlarni aniq ajratilgan moddalar, xo‘jaliklar, ish turlari, ishlab chiqarish jarayoni va xarajat elementlari bo‘yicha to‘g‘ri rejalashtirilishi kerak. Bu borada, barcha transport turlariga bir xil yondashib, transport turlariga ko‘ra ularning tannarxi xam bir-birlaridan farqqilib turadi, bularni tashish tannarxining ko‘rsatkichlari va transport tariflarini o‘rganishda esda tutmoq lozim.

Tashish tannarxini hisoblashda, yangi texnika, texnologiyalarni samaradorligi xamda, transportning bo‘limlari, xo‘jaliklari, bajarilgan xizmatlarni baholashda, zararni aniqlashda texnik — iqtisodiy baholash muhimdir.

Temir yo‘lda tashish quyidagi tashish tannarxi bilan belgilangan:

10keltirilgan tonna-km, o‘rtacha tannarxi;

10 tonna-km tannarxi;

10 yulovchi-km tannarxi.

Temir yo‘lda yo‘lovchi tashish xajmi umumiy tashish xajmining 10%ni tashkil qiladi, shuning uchun o‘rtacha tannarxda uncha farq qilmaydi. Lekin «O‘TY» AJ da tashishning o‘rtacha tannarxi taxminan yuk tashishdan 3 barobar ortiq bo‘lib kelmokda. Anik sharoitdagi yuk tashishning tannarxini xisoblash uchun maxsus xisob usullari ishlatiladi. Tashish tannarxi kompaniya, uzellar bo‘yicha, yukning turi, poezd kategoriyasi, vagon turi, tashish uchastkalarining xolati, tortish kuchi turlariga qarab keskin farqqiladi. Temir yo‘lda yuk tashishning tannarxi yukning aylanishi darajasiga bog‘lik bo‘ladi. Yuk aylanishining kichik miqdorlarida ularning tannarxi keskin oshadi, shuning uchun tannarxning to‘liqmiqdori ko‘payadi va katta xajmdagi yuk aylanishidan qimmat bo‘ladi. Tashish tannarxi, shuningdek tortuv turiga xam bog‘lik. Yuqori kuchlanishli elektr xarakat tarkibini ishlatish mehnat unumdorligini oshishiga xizmat qiladi. Elektrovozlarning ta’mirlash ishlari va xizmat ko‘rsatish xarajatlari teplovozlarnikidan ikki marta kam.

Temir yo‘lda tashish tannarxiga asosan yuk aylanmasining o‘sishi ta’sir ko‘rsatadi. Chunki umumiy xarajatlar ichida tashish xajmi bilan bevosita bog‘lik bo‘lmagan xarajatlar ko‘p qismni egallaydi. Shuning uchun yuk aylanmasi kamayib ketsa, shartli - doimiy xarajatlarning ulushi umumiy xarajatlar ichida oshib ketadi, bu esa tashishni to‘lik tannarxini oshirib yuboradi.

Tashish tannarxiga tashish masofasi xam katta ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang‘ich va oxirgi ishlarni bajarishdagi xarajatlar yuk boradigan joylarni yirokligiga bog‘lik emas, shuningdek masofani qisqartirish tannarxini oshiradi. Shuning uchun temir yo‘llarda yuk tashishning tannarxi qisqa masofalar (25-50 km)da "O‘zbekistan temir yo‘llari" AJ bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan esa bir necha baravar yuqori.

Har bir tuzilmaviy korxona bajaradigan ish xarakteriga muvofiq tannarxni hisoblaydi. Masalan, vagon deposi bitta depo ta`miri bilan ta`mirlangan vagon, bitta ta`mirlangan konteyner, bitta yuvilgan yoki bug`langan sisterna tannarxini hisoblaydi.

Lokomotiv deposida yukli harakatda 1000 tkm brutto, yo`lovchi harakatida 1000 tkm brutto, xo`jalik harakatida 1000 lok-soat, manyovr ishida 1000 lok-soat tannarxi hisoblanadi. Stansiyalar uchun 1 tonna ortilgan va tushirilgan yuk tannarxi, bitta jo`natilgan vagon tannarxi hisoblanadi va hokazo.

Ekspluatatsiya xarajatlarini hisobga olish va hisobot shakllaridan kelib chiqib, tashish tannarxini tashish turlari, tortuv turlari bo`yicha hisoblashning alohida metodikasi mavjud. MTUda tashish turlari bo`yicha tashish tannarxini hisoblash uchun uchta uslub qo`llaniladi: 1) xarajatlarni mos keluvchi tashish turiga kiritish; 2) xarajatlar tashish turlari bo`yicha o`lchovlarga proporsional ravishda taqsimlanadi; 3) avval taqsimlangan asosiy xarajatlar yoki asosiy ish haqiga proportsional taqsimlanadi.

Yuk va yo`lovchi tashish tannarxini hisoblash uchun ekspluatatsiya xarajatlarini yuk va yo`lovchi tashishga ajratish bo`yicha jadval tuziladi. Bu yerda ikki tashish turiga ham kiradigan egri xarajatlarni taqsimlashda qiyinchiliklar tug`iladi. Ularni taqsimlash ikki usul bilan olib boriladi, ya`ni u yoki bu ish o`lchovlariga proporsional, yoki barchasiga proporsional yoki avval taqsimlangan xarajatlarning qismiga proporsional taqsimlanadi. Qolgan xarajatlar to`g`ri xarajatlar hisoblanadi yoki bevosita yuk, yoki yo`lovchi tashishga kiritiladi. Xarajatlarni taqsimlashning bu uslubi tortuv turlari bo`yicha yuk va yo`lovchi tashish tannarxi, yo`lovchi, bagaj va pochta tashish tannarxini aniqlashda qo`llaniladi.

Mintaqaviy temir yo`l uzellari bo`yicha tashish tannarxi yo`llar profili va liniyalarning joylashgan joyi, tashish hajmi va xarakteri, texnik qurollanganlik, ekspluatatsiya xususiyatlariga bog`liq holda o`zgarib turadi.

Profil va joylashgan joylarni ko`rib chiqishda nishablik va qiyaliklarni mavjudligi, ayniqsa poyezdning og`irligi va tezligiga ta`sir etuvchi hisobiy nishabliklarni; poyezdni tortish uchun yoqilg`i va elektr energiyani solishtirma xarajatiga ta`sir etuvchi og`ir profillarni, harakatlanuvchi tarkib va yo`lning ustki tuzilishini ta`mirlash va saqlash xarajatlarini; qo`shimcha saqlash xarajatlarini talab etadigan tonnel va ko`priklarni mavjudligini; poyezdlarni tortish uchun yoqilg`i va elektr energiyani solishtirma xarajatiga ta`sir etuvchi iqlim sharoiti, vagon va binolarni isitish, shpallar, aloqa liniyalari ustunlarini xizmat ko`rsatish muddati uchun xarajatlarni, shuningdek ish haqiga rayon va qo`shimcha koeffitsiyentlar, yoqilg`i, elektr energiya va materiallar narxini o`zgarib turishini hisobga olish kerak.

Tashish hajmi va xarakteri ta`sirini ko`rib chiqishda tashish zichligini; yo`nalishlar bo`yicha tashish hajmi nisbatini, vagonlarni bo`sh holda va lokomotivlarni zaxirada yurishi mavjudligini; yuk oqimi tuzilmasi va tannarxga ta`sir qiluvchi va o`zgarishiga olib keluvchi yuklangan vagonlarning dinamik yuklamasi miqdorini; yo`lovchi oqim tuzilmasi va vagon sig`imini; maxsus harakatlanuvchi tarkibni talab etuvchi yuklarni mavjudligini; yuk va yo`lovchi tashishda mavsumlar, oylar bo`yicha, shuningdek oy va sutka ichidagi tengsizliklarni; mahalliy ishni solishtirma ulushini hisobga olish zarur.

Texnik qurolanganlikni ko`rib chiqish ikki yo`llik uchastkalarni mavjudligi, stansiyalarning rivojlanganlik darajasi, tortuv turi va lokomotiv quvvati, yerning ustki tuzilishi va aloqa qurilmalarini quvvati bilan bog`liq.

Ekspluatatsiya xususiyatlari uzoq yo`nalishga harakatlanadigan poyezdlarni shakllantirish, yuk jo`natuvchilarning yo`nalish marshrutlarini shakllantirish bilan bog`liq.

Tashish tannarxini kamaytirishning ma`lum bir yo`llari mavjud. Tashish tannarxini pasayishi resurslar sarfini kamayishini bildiradi. Lekin tashish tannarxini o`zgarishini baholashda shuni hisobga olish zarurki, har doim ham tashish tannarxini kamayishi temir yo`l transporti ishini yaxshilanganidan darak bermaydi. Demak, tashish tannarxini iste`mol qilinadigan resurslar narxini kamayishiga nisbatan sekin sur`atlar bilan kamayishi resurslarni natural ko`rinishda iste`mol qilinishi ortganini bildiradi.

Tashish tannarxini o`sishi ham har doim transport ishini yaxshilanganligidan darak bermaydi. Masalan, maxsus vagonlarda yuqori tannarx bilan tashiladigan yuklar ulushini ortishi yuk tashish tannarxini o`sishiga olib keladi, biroq bu transport ishini samaradorligi kamayganini bildirmaydi.

Shuning uchun tannarxning o`zgarishini tahlil qilishda o`zgarish sabablarini aniqlash va ularni miqdoriy baholanishini amalga oshirish lozim. Tannarxning o`zgarishini baholashda tannarxning o`zgarishini tashishdan olinadigan daromadning o`zgarishi bilan taqqoslash kerak.

Tashish tannarxini kamaytirish ma`lum bir tadbirlarni o`tkazish yo`li bilan amalga oshirish mumkin. Bunday tadbirlar qatoriga tashish hajmini oshirish, harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, elektr energiya, yoqilg`i va materiallar sarfi me`yorini kamaytirish, ilg`or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ish sifatini oshirish kabi vazifalarni kiritish mumkin.Ularni quyida ko`rib chiqamiz.

Tashish hajmini o`sishi. Tashish hajmini o`sishi bilan xarajatlar ham o`sadi, lekin tashishga nisbatan sekinroq o’sadi. Bunga asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash, yangi texnikani qo`llash, tashish jarayonini takomillashgan uslublar bilan tashkil etish, katta quvvatga ega harakatlanuvchi tarkib ishini yo`lga qo`yish, ishchi kuchidan foydalanishni yaxshilash turtki bo`ladi. Tashishni ortishi xarajatlarga bir necha yillardan keyin, ya`ni qachonki lokomotivlar, vagonlarni ta`mirlashning barcha turlari, yo`llar ta`miri oshgandagina ta`sir qilishi mumkin.

Harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash. Ba`zi bir sifat ko`rsatkichlari bilan tannarx teskari aloqa sifatida bog`langan: poyezd og`irligi, vagonning dinamik yuklamasi, uchastka tezligi, vagon sig`imi, tarkibdagi vagonlar soni. Boshqa ko`rsatkichlar bilan esa to`g`ri bog`langan bo`lib, ularga vagonlarning bo`sh holda yurish foizi, lokomotivlarning yordamchi holda yurish foizi va boshqa ko`rsatkichlar kiradi.

Mehnat unumdorligini o`sishi. Odatda mehnat unumdorligini o`sishi bilan o`rtacha oylik ish haqi miqdori ham o`sadi.

Elektr energiya, yoqilg`i va materiallar sarfi me`yorini kamayishi ham tannarxning kamayishiga ta`sir ko`rsatadi.

Ilg`or texnika va texnologiyani joriy etish. Harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishni yaxshilash, mehnat unumdorligini o`sishi, moddiy xarajatlar solishtirma ulushini kamayishi, ishlab chiqarish xavfsizligi va mehnat muhofazasiga o`z ta`sirini o`tkazadi.

Ish sifatini oshirish harakatlanuvchi tarkibni sifatli ta`mirlash, lokomotivlarni rejadan tashqari ta`mirlash foizini kamaytirish bilan bog`liq, parkda qo`shimcha lokomotivlarni saqlash yoki yo`llarning holati yomonligi hisobiga poyezdlarning harakat tezligini chegaralash esa xarajatlarni oshishiga olib keladi.

1 Scot M.Dennis, Wayne K.Talley. Railroad Economics. Research in transportation economics volume 20.2007 by Elsevier Ltd.P5

Show more...

2-MA’RUZA

ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI

REJA:


2.1. Xarajat tushunchasi va uning turlari

2.2. Maxsulot tannarxi tushunchasi, ko‘rsatkichlari va uni kamaytirish yo‘llari

2.3. Temir yo‘lda tashish tannarxi

Tayanch so’z va iboralar:

Ishlab chiqarish xarajatlari, xarajatlar toifasi, xarajatlar tahlili, mahsulot tannarxi, tashishtannarxi, kamayib boruvchi qaytim qonuni, aniq sharoitlarda tashish tanarxini hisoblash.

2.1. XARAJAT TUSHUNCHASI VA UNING TURLARI

Ishlab chikarish xarajatlari - bu maxsulotni ishlab chikarish uchun sarflangan xom - ashyo va ish kuchi. Ularning xajmi maxsulotni ishlab chikarish uchun sarflangan ish vakti bilan ulchanadi.

Xarajatlarni ikkita kategoriyaga ajratib farqlash kerak:

1. Ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘lik xarajatlar - bu xom - ashyo, materiallar, yoqilgi, mahsulot tayyorlovchiga beriladigan ish haki, ishlab chiqarish texnikasining amortizatsiyasi va boshqalar;

2. Aylanish xarajatlari kategoriyasi mahsulotni sotish jarayoni bilan bog‘lik bulib, u o‘z navbatida ikki ko‘rinishda bo‘lgan xarajatlar turiga bo‘linadi:

- birinchidan, ko‘shimcha aylanish xarajatlari - mahsulot narxini oshiradigan va mahsulot sotilgandan keyingi saralash va tashish xarajatlari;

- ikkinchidan, sof aylanish xarajatlari - bu sotish, marketing, reklama qilish uchun qilingan xarajatlar.

Ayrim omillar ishlab chiqarishda, korxonalarda doimo qo‘llaniladi, ular ishlab chiqarish hajmiga bog‘lik emas. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘lik bo‘lmagan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Bularga misol tariqasida bank kredit to‘lovi, ijara to‘lovi, soliq - sug‘urta to‘lovlari, amortizatsiya ajratmalari, boshqaruv xarajatlari, qo‘riqlash xarajatlari va shunga o‘xshash.

O‘zgarib turuvchi ishlab chiqarish xarajatlariga xizmat ko‘rsatuvchi, ishlab chiqarishdagi mutaxassisga to‘lanadigan ish haki, xom ashyo va materiallar, yoqilg‘i, elektrenergiya va boshqalar uchun to‘lov kiradi.[1]

Xarajatlar tahlilini qisqa yoki uzoq muddatli vaqt intervalida o‘tkazish mumkin. Qiska vaqt oralig‘ida faqat o‘zgaruvchi xarajatlar o‘zgarsa, uzoq muddatli vaqt oralig‘ida o‘zgaruvchi xarajatlar ham, doimiylari ham o‘zgarishi mumkin. Qiska muddatda xarajatlarning o‘zgarishi qaytarish qonuniga bo‘ysunadi. Uning mohiyati shundaki, ishlab chiqarishda qandaydir bitta o‘zgaruvchi resurs ishlatilganda, uning foydaliligi avvaliga oshadi, keyin sekinlashadi, oxirgi mahsulot ma’lum bir bosqichda qisqaradi, oxirgi xarajatlar esa oshadi. Uzoq muddatli vaqt intervalida xarajatning o‘zgarishi ma’lum qonun doirasiga bo‘ysunadi. Firma, tashkilot ish hajmini tug‘ri tanlashga imkon beradi. Agar firma ishlab chiqarish hajmini kengaytirsa, boshlang‘ich bosqichda bu mahsulot birligiga nisbatan sarf- xarajatning samaradorligi yaxshi tarafga o‘zgaradi. Tashkilotning ishhajmi yanada oshirilsa, samaradorlik miqyosi zararli tomonga o‘zgaradi, o‘rtacha xarajatlar oshadi.

Barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, lekin asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar; korxonaning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararni hisoblashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar; daromad yoki foyda solig‘ini to‘laganga qadar olingan foyda yoki zararni hisoblashda hisobga olinadigan favqulodda zararlar.

«Nizomda» mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi berilgan. Unda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ishlab chiqarish yoki mahsulotni qayta ishlash jarayonida foydalaniladigan – tabiiy resurslar, xomashyo, yoqilg‘i, mehnat resurslari va ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni qiymatini aks ettirishi qayd qilingan.

Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etilishi bilan asoslanadigan bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi.

Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlanadi: ishlab chiqarish material xarajatlari, ishlab chiqarish tusidagi mehnatga haq to‘lash xarajatlari, yagona ijtimoiy to‘lov ajratmalari, ishlab chiqarish tusidagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, ishlab chiqarish ahamiyatidagi boshqa xarajatlar. Bu elementlar bo‘yicha ularning mazmuniga ko‘ra moddalar keltiriladi.

Davr xarajatlari – bu bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan sarf-xarajatlardir: boshqaruv bo‘yicha xarajatlar, mahsulotni yetkazish xarajatlari, umumxo‘jalik ahamiyatidagi xarajatlar.

Masalan, davr xarajatlariga boshqaruv personaliga kiruvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, boshqaruv apparatiga kiruvchi xodimlarga tegishli yagona ijtimoiy to‘lov ajratmalari, korxona va uning tuzilmaviy bo‘linmalarini boshqaruv apparati xodimlarini, moddiy-texnik bazasi, transport xizmatini saqlash va hokazo kiradi. Har bir ko‘rsatkich bo‘yicha moddalar va ularning mazmuni keltirilgan.

Mustaqil bo‘limga korxonalarning ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati natijasida olinadigan daromadlar ro‘yxati ajratilgan. Nihoyada, tovar-moddiy zahiralar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelajak davri xarajatlariga baho beriladi va soliqqa tortiladigan bazani aniqlash tartibi yoritiladi.

Temir yo‘l transportida ekspluatatsion xarajatlar hisobi va rejalashtirish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xarajatlari Nomenklaturasi bilan tartibga solinadi.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling