Fanning predmeti, mazmuni va vazifalari


Download 0.99 Mb.
bet6/18
Sana23.11.2020
Hajmi0.99 Mb.
#150525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
kal kul yat siy a

Moddalar bo‘yicha yordamchi-ko‘makchi faoliyat ham taqsimlanadi. U 301 moddadan 760 moddagacha bo‘lgan moddalarni qamrab olgan.

Biroq, agar ekspluatatsion faoliyatda moddalar raqami ketma-ketlikda 1 dan 288 gacha bo‘lsa, yordamchi-ko‘makchi faoliyat bo‘yicha esa bu holat kuzatilmaydi. Yordamchi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xarajat moddalari – 350-376 gacha tashkil etadi, so‘ngra konteyner tashish va tijorat ishlari xo‘jaligi 421 dan 428 gacha keladi, keyin lokomotiv xo‘jaligi 475 dan 477 gacha boshlanadi, vagon xo‘jaligi 481-483 gacha, yo‘l xo‘jaligi 501-538 gacha bo‘lgan moddalarni o‘z ichiga oladi va hokazo, ya’ni avvalgi Nomenklatura bilan qiyoslaganda qayd etilgan xo‘jaliklarda qandaydir o‘zgarishlar yuz bergani uchun bu moddalar o‘z kuchini yo‘qotib mavjud bo‘lmay qoldi.

Ekspluatatsion xarajatlarni rejalashtirish bir xil turdagi xarajatlar, ya’ni iqtisodiy elementlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Mehnatga haq to‘lash fondi talab etiladigan xodimlar soni va bir ishchining o‘rtacha oylik ish haqisi bo‘yicha rejalashtiriladi. Xodimlar soni to‘rt usul bilan aniqlanadi:

1) ish hajmi va ishlab chiqarish me’yorlari bo‘yicha;

2) ish hajmi va ish birligining mehnat sig‘imi bo‘yicha;

3) xizmat ko‘rsatiladigan ob’ektlar va bir ob’ektga to‘g‘ri keladigan xodimlar me’yorlari bo‘yicha;

4) korxonalar soni va shtat jadvali bo‘yicha.

Yagona ijtimoiy to‘lov qonunchilik bilan belgilangan sug‘urta badallari me’yorlari bo‘yicha mehnatga haq to‘lash fondidan foizlarda pensiya fondiga, ijtimoiy sug‘urta fondiga, majburiy tibbiy sug‘urta fondlariga rejalashtiriladi. Yagona ijtimoiy soliqning umumiy miqdori 24 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari “Ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar” elementi bo‘yicha ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va kasbiy kasalliklar profilaktikasi uchun majburiy ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar hisoblanadi.

Moddiy xarajatlar rejaviy tashish hajmini (ish turlari, xizmatlar) bajarish uchun zarur bo‘lgan shu turdagi resurslar miqdori va tegishli resurs birligining narxi bo‘yicha rejalashtiriladi. Resurslar soni to‘rtta usul bilan aniqlanadi:

– belgilangan ish hajmi va o‘lchov birligining me’yorlari bo‘yicha;

– alohida guruh xodimlarining talab etiladigan soni va bir xodim uchun xarajatlar me’yorlari bo‘yicha;

– qurilma va jihozlar soni va qurilma birligi uchun xarajatlar me’yorlari bo‘yicha;

– korxonalar soni va ularning har biriga yaxlitlangan xarajatlar me’yorlari bo‘yicha.

Amortizatsion ajratmalari berilgan obyekt uchun uni foydali ishlatish muddati yoki bir turdagi obyektlar guruhi uchun yillik o‘rtacha amortizatsiya me’yoridan kelib chiqib aniqlanadigan amortizatsiya me’yoriga muvofiq amalga oshiriladi. Amortizatsiyani hisoblashning chiziqli va chiziqli bo‘lmagan uslubi qo‘llaniladi.

Chiziqli uslubni qo‘llashda amortizatsiya qilinadigan mulk obyektiga nisbatan bir oyga hisoblangan amortizatsiya summasi uning boshlang‘ich (tiklanish) narxi va berilgan obyekt uchun aniqlangan amortizatsiya me’yoriga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.

Boshqa xarajatlar o’z ichiga shunday xarajatlarni oladiki, ularning birortasi yuqoridagi iqtisodiy xarajat elementlariga kiritish mumkin emas. Masalan atrof-muhutni ifloslantiruvchi chiqindilar uchun to’lovlar, xizmat safarlarini to’lovlari, axborot va bank xizmatlari, ekologik, sog’lomlashtirish, madaniyat va hordiq chiqarish muassasalari, xayriya fondlari, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, jismoniya tarbiya va sport bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar misol bo’lishi mumkin. Bu xarajat elementi tarkibiga, shuningdek davlat byudjetiga temir yo’l korxonalaridan majburiy undiriladigan soliqlar va yig’imlar ham kiradi.

Temir yo’l transportida boshqa xarajatlar sifatida turli xil sudlar bo’yicha chiqqan chiqimlar, debitorlik qarzini fnulyatsiya (bekor qilish), avvalgi hisobot davri uchun yuz bergan zararlarni qoplash, o’g’irlik oqibatida yuz bergan kamomadni qoplash (agar aybdor shaxs topilmagan bo’lsa), shuningdek turli xil jarimalar, penyalarva boshqa jazolash ko’rinishidagi xarajatlar kiradi.

4.2. TARMOQ NOMENKLATURASINING TUZILISHI

“O’TY” AJ ning xarajatlar nomenklaturasi yuqorida aytib o’tilganidek xarajatlar ta kibi to’g’risidagi nizomga asosan tuzilgan. Tarmoq nomenklaturasining 1-qismi 2 ta bo’limdan iboratdir: A. Temir yo’l transportining ekspluatatsion faoliyati. B. Temir yo’l transportining yordamchi-ko’makchi faoliyati.

A bo’limi o’z ichiga turli xil xo’jaliklarning maxsus xarajatlarini (I-IX moddalar)va barcha temir yo’l tarmog’I uchun umumiy bo’lgan asosiy xarajatlarni (X modda)ni oladi.

B bo’limi o’z ichiga yordamchi ko’makchi faoliyatga mansub bo’lgan 9 ta moddani (XI-XIX) oladi. Birinchi qismning har bir bo‘limi (A va B) aniq bir ishlar, xizmatlar turlari bo‘yicha moddalarni o‘z tarkibiga olgan bo‘lib, temir yo‘lda tannarx va tariflarni tashish turlari, tortish turlari, yuk turlari bo‘yicha aniqlash uchun qo‘llaniladi.

Xarajatlar Nomenklaturasining 2-qismi davr xarajatlari deb nomlanadi va uning tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:

2.1. Sotish bilan bog‘liq xarajatlar

2.2. Ma’muriy xarajatlar

2.3. Boshqa operatsion xarajatlar

2.4. Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan ayriluvchi joriy hisobot davrining xarajatlari.

SHuni aytib o‘tish joizki yuqorida ko‘rsatilgan bo‘limlarning nomerlari xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizomning moddalariga mos tushadi. Har bir xarajatlar moddasiga izohlar va tushuntirishlar berilgan.

2.1. bo‘limi o‘z ichiga temir yo‘l kompaniyasi uchun mo‘ljallangan tovarlarni tashib berish xarajatlari. Uchinchi tashkilotlarning transport vositalarining turib qolishi yuzasidan kelib chiqqan jarimalar. Transport bozorini o‘rganish bo‘yicha xarajatlar (marketing va reklama xarajatlari) bu bo‘limda shuningdek umumiy ovqatlanish va savdo-sotiq tashkilotlarining xarajatlari ham aks etiladi.

2.2. bo‘limi o‘z ichiga boshqaruv personalini mehnatiga haq to‘lash va uni ijtimoiy sug‘urtalash xarajatlari, engil aviomashinalarni ijaraga olish, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash, boshqaruvning texnik vositalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, ma’muriy boshqaruv ehtiyojlar uchun zarur bo‘lanadigan xonalar bino va inshoatlarning ijarasi uchun haq, ma’muriy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy vositalarning ta’miri va amortizatsiyasi, shaharlararo telefon so‘zlashuvlar uchun to‘lovlar va boshqa xarajatlar kiradi.

2.3. bo‘limi o‘z ichiga temir yo‘l transportida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, axborot va auditorlik xizmatlari, sog‘liqni saqlash va dam olishni tashkil etish tadbirlari bo‘yicha xarajatlar, temir yo‘lda tashish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarishi natijasida yuzaga keluvchi xarajatlar (shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligiga yordamlashish va boshq.)

2.4. bo‘limi o‘z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi:

- temir yo‘lda yangi boshqaruv tizimlarini texnologiyalarini o‘rnatish, amalda tadbiq qilish xarajatlari,ratsionalizatorlik fikrlari bo‘yicha yangi g‘oyalarni va loyihalarni tadbiq qilish;

- boshqaruv tizimi texnologiyalarini takomillashtirish va yangisini joriy etish bo‘yicha xarajatlar, ixtiro va ratsionalizatsiya bo‘yicha xarajatlar.

Xarajatlar nomenklaturasining 3-qismi moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar:

- xorijiy valyutalar bilan bajariladigan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari;

- bank foizlari bo‘yicha to‘lovlar;

- qayta baholash bo‘yicha ko‘rilgan zararlar;

- boshqa moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar.

Xarajatlar nomenklaturasining 4-qismi favqulotda zararlar: noodatiy xarajatlarni qoplash bo‘yicha xarajatlar.

YOrdamchi-ko‘makchi faoliyat (B bo‘limi)ning XI bo‘limida stansiya, vokzal va poezdlarda yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar aks ettiriladi. XII bo‘limi – Qishloq xo‘jaligi xarajatlari alohida o‘simlikshunoslik va chorvachilik (sut va go‘sht etishtirish), ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar hamda chorvachilik mahsulotini qayta ishlash bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. XIII – XIX bo‘limlari bo‘yicha mos ravishda konteyner tashuvlari va tijorat ishlari xo‘jaligi, lokomotiv xo‘jaligi, vagon xo‘jaligi, yo‘l xo‘jaligi (yo‘lni ta’mirlash ustaxonalari va pitomnik, oranjeriyalar), elektrlashtirish va energetika xo‘jaligi, xalqaro tashishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar va ishlab chiqarishlarni va ularning xarajatlarini aks ettiradi. YOrdamchi-ko‘makchi faoliyat bo‘limida ham alohida davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va favqulotda zararlar ko‘rib chiqiladi.

МАВЗУ. ХАРАЖАТ ЭЛЕМЕНТЛАРИ БЎЙИЧА ХАРАЖАТЛАРНИ ҲИСОБЛАШ УСЛУБЛАРИ

5-MA’RUZA

XARAJATLAR ELEMENTLARI BO’YICHA XARAJATLARNI HISOBLASH USLUBLARI

REJA:


5.1. Mehnatga haq to‘lash fondi va yagona ijtimoiy to‘lov ajratmalarini rejalashtirish tartibi

5.2. Yoqilg‘i, elektr energiya va material xarajatlarini hisoblash

Tayanch so’z va iboralar:

Biznes-reja, xarajat elementlari, iqtisodiy belgilar, ekspluatatsiya xarajatlari, ishlovchilar kontingenti

5.1. MEHNATGA HAQ TO‘LASH FONDI VA YAGONA IJTIMOIY TO‘LOV AJRATMALARINI REJALASHTIRISH TARTIBI

Xarajatlarni me’yorlash, rejalashtirish va hisobga olish xarajat tarkibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq tarmoq nomenklaturasining barcha bo’limlari bo’yicha xarajatlarni guruhlash asosida amalga oshirilishi lozim:

1. Material xarajatlari;

2. Ish-xaqi xarajatlari;

3. Yagona ijtimoiy to’lov (soliq);

4. Asosiy vositalar va nomoddiy va aktivlar amortizatsiyasi;

5. Boshqa xarajatlar:

- ishlab chiqarishdagi ishchilarning asosiy ish xaqi;

- ishlab chiqaish ishchilarning qo’shimcha ish xaqi;

- yagona ijtimoiy to’lovlar;

- ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirish;

- instrumentlarni, moslamalarni eskirishi va boshqa maxsus xarajatlar

- qurilmalarni ta’minlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari

- seh xarajatlari;

- brak hisobiga yo’qotishlar;

- boshqa ishlab chiqarish xarajatlari;

- ishlab chiqarishdan tashkarida xarajatlar.

- Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi iqtisodiy elementlar bo’yicha guruhlanadi:

- xom-ashyo va asosiy materiallar;

- sotib olinadigan va komplektlochvi buyumlar, yarim fabrikatlar va - korxonalarning hizmati;

- yordamchi materiallar;

- tashqaridan yoqilg’i;

- tashqaridan energiya;

- asosiy va qo’shimcha ish xaqi;

- yagona ijtimoiy to’lov;

- asosiy fondlarning amortizatsiyasi;

- boshqa xarajatlar.

Maxsulot tannarxining o’zgarishiga tehnik-iqtisodiy omillarning ta’sirini aniqlash uchun xarajatlar umumiy miqdori shartli-doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linadi.

Shartli-doimiy xarajatlarga joriy davr davomida maxsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishida xarajatlarning absolyut miqdori o’zgarmagan xarajatlar kiradi. Ularga isitish, binolarni yoritish, seh va boshqaruv personalining ish haki, doimiy qurilmalar bo’yicha amortizatsion ajratmalar, umumho’jalik xarajatlari kiradi.

- Temir yo’l transportida progressiv turdagi tehnika va tehnologiyalarni joriy qilish;

- Tashish hajmining o’sishi, jumladan raqobat qiluvchi transport turlar bilan qo’shimcha tashishlar jalb qilishi;

- Transport ishi sifatini oshirish, jumladan ekspluatasion ish sifatini;

- Mehnat unumdorligini oshirish;

- Asosiy fondlardan foydalinigini va samaradorligini oshirish;

- Natural ko’rinishda tashish birligiga to’g’ri keladigan resurslar xarajati me’yorini qisqartirish.

Eksplatatatsion xarajatlar rejasi transport rejalaridan biri va temir yo’llar eksplutatsiyasi rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi. U tashish rejasi, harakatlanuvchi tarkib ishi rejasi, mehnat rejasi vat emir yo’l transportining umumiy ishlab chiqarish rejasining boshqa bo’limlari asosida ishlab chiqiladi. Eksplatatsion xarajatlar rjasining maqsadi – (transportni) rejalashtirilgan tashish hajmini bajarish uchun transportni zaruriy pul vositalari bilan taminlashdir. (ish haqi fondi, yoqilg’i, elektir energiya, material xarajatlari).

Eksplatatsion xarajatlar xarajatlar elementlari bo’yicha rejalashtiriladi

Ish haqi fondini aniqlash uchun talab etiladigan ishlovchilar kontengenti, o’rtacha oylik ish haqi hisoblanadi. Yagona ijtimoiy to’lov tashish bo’yicha ish haqi fondidan foiz hisobida aniqlanadi.

Tuzilmaviy korxonalarda ishlovchilar soni alohida guruhlar, kasblar va lavozimlar bo’yicha ishga chiquvchi va ro’yxatdagi tarkib sifatida aniqlanadi.

Ishga chiquvchi ishlovchilar tarkibi uch usul bilan aniqlanadi:

-rejaviy ish hajmi va ishlab chiqarish meyorlari bo’yicha yoki rejaviy mehnat sig’imi va vaqt meyorlari bo’yicha;

-obyektlar soni va bir obyektga to’g’ri keluvchi ishchi kuchining sarfi meyori bo’yicha;

-korxona soni va shtat jadvali bo’yicha;

Birinchi usul yukli xarakatda poyezd lokomotivmativlarining lokomotivmativ brigadalar kontengenti, poyezd brigadalari, lokomotivmativlarni joriy tamirlash, vagonlarni gepo tamiri, yo’l va inshootlarni tamirlash bo’yicha ishchilar, gruzchik, vagon kuzatuvchilari (provodniklar) va boshqa kasb egalarini aniqlash uchun qollaniladi. Bu usul bilan eksplatatsion kontingentning 20% ga yaqini vat emir yo’l ishchilarining tahminan 25% rejalashtiriladi.

Ish hajmi va mehnat sarfi meyorlari turli guruh va kasb ishchilari uchun turli o’lchovlarga belgilanadi. Masalan yukli harakatdagi lokomotivmativ brigadalarining soni (pbr) lokomotivmativlarning chiziqli bosib o’tadigan masofasi (lok km) orqali aks etadigan yillik ish hajmi va bitta lokomotivmativ brigadaning bir oulik ishlab chiqarish meyori (mS) bo’yicha aniqlanadi:

Pbr=MSl/12 mS

2-usul bilan temir yo’lning eksplatatsion kontingentining kata qismi (60%) va umumiy MHF=tahminan 50% aniqlanadi. Bu usul bilan yo’l va suniy inshoatlarni joriy tamirlovchi ishchilarning kata qismi, strelka o’tkazuvchi (strelochnik), lokomotivmativlarning ekipirovkasidagi ishchilar, vagonlarni texnik ko’rikdan o’tkazish punktidagi ishlovchilar, aloqa va signallashtirish xo’jaligidagi ishchilar, poyezdlarni qabul qilish va junatish stansiyalarida manyovr ishlaridagi ishchilar, primosdatchiklar va boshqalar hisoblanadi.

Ishchi kuchi sarfi meyorlari ish sharoiti, obyektning texnik jihozlanganligi, ish hajmi va intensivligini hisobga oladi. Bazi meyorlar markazlashgan holda belgilanadi va kompaniya buyruqlarida ko’rsatiladi, boshqalari esa korxonalarda ishlab chiqariladi.

Xodimlar kontengentini rejadagi ishning smenaliligi va kasblarning o’rindoshlik imkoniyati etiborga olinadi.

3-usul bilan korxonanig mamuriy boshqaruv shtati aniqlanadi: kompaniya, temir yo’l uzellarining, tuzilmaviy bo’linmalarining boshqaruv apparati, shuningdek boshqaruv apparatiga kirmaydigan sex persanali aniqlanadi.

Tashish jadvalida korxonaning guruhi (yoki klassi)dan bog’liq holda turli hil hodimlar soni belgilanadi, shuningdek oylik lavozim maoshi yoki oylik tariff stavka ko’rsatiladi.

Bu usul bilan ishlovchilar kontingentining 20%ga yaqini va umumiy MHFning tahminan 25% rejalashtiriladi.

Ish haqi o’z ichiga asosiy va qo’shimcha ish haqini oladi. Asosiy ish haqi tariff stavka va lavozim maoshilari bo’yicha to’lov, ishbay qo’shimcha (sdelnыy prirabotok) premiya va qisman qo’shimcha kiradi.

Qo’shimch ish haqiga tatil uchun to’lov, davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish vaqti uchun to’lov va boshqalar.

5.2. YOQILG‘I, ELEKTR ENERGIYA VA MATERIAL XARAJATLARINI HISOBLASH

Yoqilg’I, elektir-energiya, material va boshqa xarajatlar qo’yidagicha rejalashtiriladi: rejada belgilangan ish hajmi va mos o’lchov birligiga to’g’ri keluvchi harajatlar meyori bo’yicha, mavjud jihozlar, qurilmalar va ularning har bir o’lchovi bo’yicha to’g’ri keluvchi harajatlar meyori bo’yicha, alohida guruh ishlovchilarining talab etiladigan kontengenti va bir ishlovchi uchun harajatlar meyori (materiallar), ho’jalik bo’linmalari va ularning har biriga to’g’ri keluvchi harajatlar meyori bo’yicha.

Yoqilg’I va elektr-energiya harajatlari poyezdlar tortuvi va boshqa htiyojlar uchun alohida rejalashtiriladi.

Yoqilg’I (elektr-energiya) sarfi lokomotivmativ parkining ish hajmi, ish birligi uchun sarf meyori va 1 ta shartli yoqilg’ining o’rtacha narxi (1 kvt elektr-energiya narxi) asosida aniqlanadi.

T(E)=nEPlbrS/10000,

Bu yerda, n-10000 tkm brutto uchun yoqilg’I (lektr-energiya) sarfi meyori;

EPlbr-tkm brutto;

S-1t shartli yoqilg’I (1kv elektr-energiya)narxi.

Lokomotivmativ larning yakka holda bosib o’tgandagi yoqilg’I (lektr-energiya) sarfi:

T(E)=nlMSlS/100

Bu yerda: nl-chiziqli masofaning 100lok-kmga to’g’ri keluvchi yoqilg’I (lektr-energiya) sarfi meyori;

MSl-chiziqli masofa, lok-km.

Lokomotivmativlarlarning ishchi holatida to’xtab turishiga yoqilg’I (lektr-energiya) sarfi:

T(E)=nnpMTnpS/1

Bu yerda: nnp-lpkomativlarning ishchi holatda 1 soat turib qolishida yoqilg’I (lektr-energiya) sarfi meyori;

MTnp-lokomotivmativning ishchi holatda turib qolish, lok-soat.

Monyovr lokomotivmativlarining ishi uchun yoqilg’I (lektr-energiya) sarfi ularning ish hajmi va 1 soat manyovr ishi uchun harajat meyori bo’yicha rejalashtiriladi.

T(E)=nM MTM S/1

Bu yerda: nM-manyovr lokomotivmativlarining 1 soat ishiga to’g’ri keluvchi yoqilg’I (lektr-energiya) sarfi meyori;

MTM-manyovr ishi hajmi, lok-soat

Boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yoqilg’I (lektr-energiya) harajatlari (dizel ustanovka qilish, kranlar, v-nlarni isitish va yoritish, ishlab chiqarish binolarini isitish va yoritish, tamirlash ishlari uchun elektr-energiya sarfi) amaldagi yoqilg’I (lektr-energiya) meyorlari bo’yicha hisoblangan miqdor, uskunalar soni va quvvati, ularning ish vaqti, yoqilg’I (lektr-energiya) narxi bo’yicha hisoblanadi.

Bu harajatlar 2-usul bilan rejalashtiriladi, yani obyektlar soni va har bir birlikka to’g’ri keluvchi harajatlar meyori bo’yicha, huddi shunday yo’llar va doimiy qurilmalarnijoriy saqlash, STSB va aloqa qurilmalarini joriy saqlash, binolarning joriy tamiri va boshqalar uchun materiallar harajatlari hisoblanadi.

Ishlovchi kontengenti va bir ishlovchiga to’g’ri keluvchi xarajatlar meyori bo’yicha, yani 3-usul bilan maxsus kiyim, forma kiyim narxidan chegirma, komandirovka bo’yicha harajatlar, qo’l fanarlarini yoritish, mayda instrumentlarni joriy tamirlash harajatlari hisoblanadi.

Material xarajatlar tarkibiga materiallar, shu jumladan yo‘l ustki qurilmasi materiallari, asosiy vositalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, barcha turdagi energiya, yoqilg‘i, moylash materiallari, suv xo‘jalik tizimidan ishlatilgan suv kiradi. Material xarajatlariga shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hududida material resurslarni tashish bo‘yicha transport xarajatlari, material ashyolarining yo‘qotilishi yoki yaroqsiz holga kelishi, tez emiriladigan predmetlarning normativdan ortiqroq darajada emirilishi va boshqalar kiradi.

Material resurslarning narxi uni sotib olish narxi asosida shakllanadi. Bunda shuni inobatga olish lozimki tashqi iqtisodiy faoliyat va ta’minot tashkilotlari oladigan xizmat haqi tovar birjalaridagi brokerlarning xizmatlari, materiallarga nisbatan qo‘llanilgan bojxona boji va yig‘imlari, materiallarni boshqa yuridik shaxslar tomonidan tashib berganlik va saqlaganlik uchun to‘lovlar xarajatlari ham material xarajatlariga kiritiladi.

Temir yo‘l transporti mahsuloti (tashishlar) moddiy ashyoviy tuzilishga ega bo‘lmaganligi uchun temir yo‘l transportida tashish jarayoni uchun ishlatiladigan xom ashyo tushunchasi mavjud emas. SHu sababli tarmoq nomenklaturasining 1.1.1 moddasi “tashishlar bo‘yicha material xarajatlar” ishlatilmaydi. Bu modda sanoat ko‘rinishidagi yordamchi-ko‘makchi faoliyatning material xarajatlarini aks ettirishda (ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, metalni eritish va boshq.) qo‘llaniladi.

Show more...

5-MA’RUZA

XARAJATLAR ELEMENTLARI BO’YICHA XARAJATLARNI HISOBLASH USLUBLARI

REJA:


5.1. Mehnatga haq to‘lash fondi va yagona ijtimoiy to‘lov ajratmalarini rejalashtirish tartibi

5.2. Yoqilg‘i, elektr energiya va material xarajatlarini hisoblash

Tayanch so’z va iboralar:

Biznes-reja, xarajat elementlari, iqtisodiy belgilar, ekspluatatsiya xarajatlari, ishlovchilar kontingenti

5.1. MEHNATGA HAQ TO‘LASH FONDI VA YAGONA IJTIMOIY TO‘LOV AJRATMALARINI REJALASHTIRISH TARTIBI

Xarajatlarni me’yorlash, rejalashtirish va hisobga olish xarajat tarkibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq tarmoq nomenklaturasining barcha bo’limlari bo’yicha xarajatlarni guruhlash asosida amalga oshirilishi lozim:

1. Material xarajatlari;

2. Ish-xaqi xarajatlari;

3. Yagona ijtimoiy to’lov (soliq);

4. Asosiy vositalar va nomoddiy va aktivlar amortizatsiyasi;

5. Boshqa xarajatlar:

- ishlab chiqarishdagi ishchilarning asosiy ish xaqi;

- ishlab chiqaish ishchilarning qo’shimcha ish xaqi;

- yagona ijtimoiy to’lovlar;

- ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirish;

- instrumentlarni, moslamalarni eskirishi va boshqa maxsus xarajatlar

- qurilmalarni ta’minlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari

- seh xarajatlari;

- brak hisobiga yo’qotishlar;

- boshqa ishlab chiqarish xarajatlari;

- ishlab chiqarishdan tashkarida xarajatlar.

- Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi iqtisodiy elementlar bo’yicha guruhlanadi:

- xom-ashyo va asosiy materiallar;

- sotib olinadigan va komplektlochvi buyumlar, yarim fabrikatlar va - korxonalarning hizmati;

- yordamchi materiallar;

- tashqaridan yoqilg’i;

- tashqaridan energiya;

- asosiy va qo’shimcha ish xaqi;

- yagona ijtimoiy to’lov;

- asosiy fondlarning amortizatsiyasi;

- boshqa xarajatlar.

Maxsulot tannarxining o’zgarishiga tehnik-iqtisodiy omillarning ta’sirini aniqlash uchun xarajatlar umumiy miqdori shartli-doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linadi.

Shartli-doimiy xarajatlarga joriy davr davomida maxsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishida xarajatlarning absolyut miqdori o’zgarmagan xarajatlar kiradi. Ularga isitish, binolarni yoritish, seh va boshqaruv personalining ish haki, doimiy qurilmalar bo’yicha amortizatsion ajratmalar, umumho’jalik xarajatlari kiradi.

- Temir yo’l transportida progressiv turdagi tehnika va tehnologiyalarni joriy qilish;

- Tashish hajmining o’sishi, jumladan raqobat qiluvchi transport turlar bilan qo’shimcha tashishlar jalb qilishi;

- Transport ishi sifatini oshirish, jumladan ekspluatasion ish sifatini;

- Mehnat unumdorligini oshirish;

- Asosiy fondlardan foydalinigini va samaradorligini oshirish;

- Natural ko’rinishda tashish birligiga to’g’ri keladigan resurslar xarajati me’yorini qisqartirish.

Eksplatatatsion xarajatlar rejasi transport rejalaridan biri va temir yo’llar eksplutatsiyasi rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi. U tashish rejasi, harakatlanuvchi tarkib ishi rejasi, mehnat rejasi vat emir yo’l transportining umumiy ishlab chiqarish rejasining boshqa bo’limlari asosida ishlab chiqiladi. Eksplatatsion xarajatlar rjasining maqsadi – (transportni) rejalashtirilgan tashish hajmini bajarish uchun transportni zaruriy pul vositalari bilan taminlashdir. (ish haqi fondi, yoqilg’i, elektir energiya, material xarajatlari).

Eksplatatsion xarajatlar xarajatlar elementlari bo’yicha rejalashtiriladi

Ish haqi fondini aniqlash uchun talab etiladigan ishlovchilar kontengenti, o’rtacha oylik ish haqi hisoblanadi. Yagona ijtimoiy to’lov tashish bo’yicha ish haqi fondidan foiz hisobida aniqlanadi.

Tuzilmaviy korxonalarda ishlovchilar soni alohida guruhlar, kasblar va lavozimlar bo’yicha ishga chiquvchi va ro’yxatdagi tarkib sifatida aniqlanadi.

Ishga chiquvchi ishlovchilar tarkibi uch usul bilan aniqlanadi:

-rejaviy ish hajmi va ishlab chiqarish meyorlari bo’yicha yoki rejaviy mehnat sig’imi va vaqt meyorlari bo’yicha;


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling