Fanning predmeti, mazmuni va vazifalari


Download 0.99 Mb.
bet8/18
Sana23.11.2020
Hajmi0.99 Mb.
#150525
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
kal kul yat siy a


A - amortizatsiya ajratmalari;

P - asosiy vositalarlarning to’liq boshlang’ich qiymati.

Yillik amortizatsiya ajratmalari (AO) miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:

Bu erda:


Rk – asosiy vositalarlar xizmat qilgan muddat davomida kapital ta’mirlashga sarflangan xarajatlar;

M - uskuna, mashina va qurilmalarni, ular xizmat qilgan davr mobaynida modernizatsiya qilishga sarflangan xarajatlar;

O - asosiy vositalarlarning qoldiq (likvidatsion) qiymati;

T - asosiy vositalarlarning xizmat qilish muddati, yil.

Amalda amortizatsiya mablag’lari asosiy vositalarlarni to’liq qayta tiklash (renovatsiya), kapital ta’mirlash va uskunalarni modernizatsiya qilish uchun alohida ravishda yo’naltiriladi. Bundan kelib chiqqan holda amortizatsiya normasi ikki qismdan - vositalarlarni renovatsiya qilish (Nv) hamda kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish (Nr) uchun ajratiluvchi mablag’dan iborat bo’ladi.

Birinchi holda amortizatsiya normasi quyidagi formula:

ikkinchi holda esa:

asosida aniqlanadi

Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalarlar asta-sekinlik bilan eskirishi sababli, ularning ish qobiliyatini ta’mirlash orqali tiklash zaruriyati tug’iladi. O’z vaqtida ta’mirlash asosiy vositalarlar muddatidan oldin ishdan chiqishining oldini oladi hamda ularning xizmat qilish muddati va unumdorligini oshiradi[1]. Asosiy vositalarlarni ta’mirlash kapital, o’rta va joriy turlarga bo’linadi. Bino va inshootlarni ta’mirlash o’z mazmuni, talab qilinuvchi muddat va mablag’larga ko’ra, mashina va uskunalarni ta’mirlashdan farq qiladi.

Masalan, mashina va asMa’ruza-uskunalarni kapital ta’mirlashda ular to’liq qismlarga bo’linadi va eskirgan qismlar almashtiriladi. Uskunalarni ikki marta kapital ta’mirlash orasidagi muddat ta’mirlash tsikli deb ataladi. Mashina va uskunalar, qoidaga ko’ra, maxsus zavodlarda ta’mirlanadi.

Amortizatsiya normasi darajasi asosiy vositalarlarning eskirgan qismini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan resurslar hajmini ifodalaydi. Amortizatsiya normasi yordamida asosiy vositalarlarning aylanma tezligi va ularni takror ishlab chiqarish jarayonini modellashtirish nazorat qiliinadi.

Amortizatsiya ajratmalari miqdori uch usulda hisoblanadi: bir maromli; bajarilgan ish hajmiga nisbatan sonlar summasi bo’yicha va qiymatni hisoblab chiqarish (kumulyativ) tezlashtirilgan usullar.

Amortizatsiya ajratmalari miqdorini bir maromli usulda hisoblash asosiy vositalarlarning bir maromda jismoniy va ma’naviy eskirishiga mo’ljallangan 2-jadvalga qaralsin.

Asosiy vositalarlarning ma’naviy eskirishi ko’p hollarda jadal kechadi. Shuning uchun boshqaruvchi amortizatsiya ajratmasini tez ma’naviy eskirayotgan asosiy vositalarlarnish- o’rnini qoplab oladigan darajada belgilashi lozim. Bu muammoni tezlashtirilgan amortizatsiya usuli yordamida hal qilish mumkin.

2-jadval

Amortizatsiya ajratmalari miqdorini bir maromli

usulda hisoblash

Asosiy vositalarlar ko’rinishdari

O’rtacha balans qiymati, mln. sum

Amortizatsiya ajratmalarining yillik normasi, %

Amortizatsiya ajratmalarining yillik miqdori, mln.sum(gr.2xgr.3)

1

2



3

4

Uskunalar



12

7,2


Binolar

350


5 -1

17,5


Transport

7

20



1,4

Jami:


26,1

Hozirgi kunda uskunalar qiymatining katta qismini dastlabki yillardayoq ishlab chiqarish xarajatlariga o’tkazishni ta’minlaydigan notekis amortizatsiya keng ko’llanilmoqda. Masalan, birinchi yil - 50%, ikkinchi yil - 30%, uchinchi yil - 20% o’tkaziladi. Bu korxonalarga Inflyatsiya sharoitda qilingan xarajatlarni tezroq qoplash va uskunalarni Yangilash imkonini beradi.

Sanoat korxonalarida amortizatsiya ajratmalari summasi mustakrnl ravishda korxonaning asosiy vositalarlarni takror ishlab chiqarish va takomillashtirish sarflanadi.

Asosiy vositalarlarni takror ishlab chiqarganing turli shakllari mavjud. Oddiy takror ishlab chiqarish shakli - bu eskirgan mehnat vositalarini kapital ta’mirlash. Bunda ta’mirlash xarajatlari bevosita mahsulot tannarxiga qo’shiladi[2]. Noishlab chiqarish vositalarlarini ta’mirlash uchun xarajatlar foyda hisobiga qoplanadi.

Asosiy vositalarlarni kengaytirilgan shaklda takror ishlab chiqarish deganda Yangi qurilishni amalga oshirish, korxona faoliyatini kengaytirish, uni rekonstruktsiya qilish, texnik qayta qurollanish xamda uskunalarni modernizatsiya qilish tushuniladi.

Bu shakllarning har biri aniq vazifani bajaradi, o’ziga yarasha ustunlik va kamchiliklari bor. Yangi qurilish hisobiga asosiy vositalarlarinish barcha elementlari zamon talabiga javob bera oladign korxonalar yuzaga keladi. Biroq hozirgi sharoitda ishlab chiqarishning susayishi bunda - ko’pchilik korxonalar mablag’ etishmasligi sababli faoliyatini to’xtatadilar. Rekonstruktsiya qilishda kapital xarajatlarning asosiy qismi eski ishlab chiqarish binolari va inshootlaridan foydalanish davrida vositalarlarning aktiv qismini takomillashtirishga yo’naltiriladi: Uskunalarga qilinayotgan xarajatlar hissasining ortishi mehnat unumdorligining ortshiga, ishlab chiqarishning kengayishiga va mahsulot tannarxining pasayipshga olib keladi.

Uskunalarni modernizatsiyalash deganda uskunalardag’i ma’naviy eskirishni to’liq yoki qisman bartaraf qilish va ishlab chiqarishga nisbatan zamonaviy konstruktsiYalarni joriy qilish tushuniladi.

Uskunalarni modernizatsiyalsh bir necha yo’nalishlarlarda olib borilishi mumkin:

• ishlayotgan mashinalarning konstruktsiyasini ularning texnik imkoniyatlarini oshiradigan qilib takomillashtirish;

•stanok va mexanizmlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash;

• uskunalarni dasturiy boshqarshiga o’tkazshi.

Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o’zgarishlar jarayonida egallab turgan o’rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo’lishimiz shart.”[3]

Uskunalarni modernizatsiya qilish iqtisodiy jihatdan samarali bo’lib, mehnat unumdorligi va yillik ishlab chiqarish hajmini oshiradi, mahsulot tannarxini kamayishiga olib keladi. Agar foydaning o’sishi modernizatsiya xarajatlari tufayli asosiy vositalarlar qiymatining o’sishidan yuqori bo’lsa rentabillik oshgan bo’ladi.

6.2.AMORTIZATSIYA BO’YICHA XARAJATLARNI HISOBLASH

Amartizatsion ajratmalar tashish jarayonida foydalaniladigan asosiy vositalarning narxiga bog’liq. Qanchalik asosiy fondlarning narxi yuqori bo’lsa, tashish tannarxida amartizatsion ajratmalar ulushi shunchalik yuqori bo’ladi. Amartizatsion ajratmalar asosiy vositalarning guruhlar va turlari bo’yicha hisoblanadi.

Yillik amartizatsion ajratmalar 2 usul bilan hisoblanish mumkin: haqiqiy xarajatlar bo’yicha va vositalarning balans qiymati bo’yicha hamda asosiy vositalarning alohida turlar uchun blgilangan yillik ajratmalr meyori bo’yicha

Haqiqiy xarajatlar bo’yicha amartizatsion ajratmalarni hisoblash

Ep=A/T


Bu yerda: A - qurilma narxi;

T - xizmat ko’rsatish muddati.

1 yilga to’g’ri keluvchi capital ta’mir uchun ajratmalar

Ekp=an/T


Mahsulot birligi uchun

E’kp=an/TP

Bu yerda: a - bitta kapital tamir narxi;

n-butun xizmat ko’rsatish muddatida kapital tamirlar soni;

p-o’rtacha yilda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.

Agar qurilma ikki turdagi kapital tamirga ega bo’lsa harajatlar qo’shiladi.

Yiliga amartizatsion ajratmalarning to’liq miqdor

Eam=Ep+Ekp/T

Mahsulot birligi uchun

E’am=(A+an)TP

Yillik ajratmalar meyorlari bo’yicha amartizatsion ajratmalarni hisoblash

qam=Eam 100/An=(A+an) 100/TAn

qp=Ep/An 100=A 100/TAn

qkp=Ekp 100/An=an 100/An

Eam=An qam/100.

МАВЗУ. ТЕМИР ЙЎЛДА ТАШИШ ТАННАРХИНИ ҲИСОБЛАШ

7-MA’RUZA

TEMIR YO’LDA TASHISH TANNARXINI HISOBLASH

Reja:

7.1. Temir yo’l transporti mahsuloti tannarxini hisoblash xususiyatlari



7.2. Temir yo’lda yuk va yo’lovchi tashish tannarxini hisoblash usuli

7.3. Tortish turlari bo’yicha tashish tannarxini aniqlash

Tayanch so’zlar va iboralar:

Keltirilgan tonna-km, ekspluatatsion 10 tonna-km, rejaviy tannarx, hisobat tannarxi, boshqaruv apparati xarajatlari, amortizatsiya, tashish turi, tortuv turi, taqsimlash.

7.1. TEMIR YO’L TRANSPORTI MAHSULOTI TANNARXINI HISOBLASH XUSUSIYATLARI

Temir yo‘l transportida yuklarni tashish va yo‘lovchilarni manzilga etkazish jarayoni shu sohaning mahsuloti hisoblanadi. Temir yo‘l transporti mahsulotini biror muddat ichida saqlab bo‘lmaydi. SHuning uchun xarajatlarning eng katta ulushi egri xarajatlarga to‘g‘ri keladi. Egri xarajatlarning taqsimlanishi esa murakkab jarayon hisoblanadi. Tannarxni hisoblashning murakkabligi yana bir omil bilan tushuntiriladi, ya’ni xalqaro yuk tashishda harakatlanuvchi tarkibning bir nechta davlat hududlaridan kesib o‘tishi bilan tushuntiriladi.

Temir yo‘l transportida xarajatlar va tannarxni hisoblashning murakkabligi quyidagi omillarga bog‘liq:

1-guruh. Temir yo‘lda yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va pochta tashiladi.

- Temir yo‘lda bir necha o‘n ming turdagi yuklar tashilgani uchun har xil turdagi vagonlar talab etiladi;

- Temir yo‘l tarkibida yuzlab korxonalar faoliyat yuritadi. ularning har biri bevosita yoki bilvosita yuk tashishda ishtirok etadi.

2-guruh. Temir yo‘lda bajariladigan texnologik jarayonlarning bir-biridan keskin farq qilishi. Ma’lumki texnologik jarayon boshlang‘ich, bevosita tashish va tugallash operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. Bunda xarajatning katta qismi boshlang‘ich va tugallash operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Muxtimada yuk tashishlarda temir yo‘l vagonlarining dengiz portlarida turli xil vaqt davomida turib qolishi.

3-guruh. YUk vagonlari faqat bitta yuk tashuvchiga biriktirilgan bo‘ladi. Masalan, 29 nomerli vagonlar O‘zbekiston temir yo‘llariga, 20 nomerli vagonlar esa Rossiya Federatsiyasiga biriktirilgan bo‘ladi. YUk vagonlari bir davlatga tegishli bo‘la turib ularning joriy ta’miri boshqa davlatlarning vagon depolarida amalga oshiriladi.

4-guruh. Markazlashtirilgan xarajatlarning mavjudligi. Ayrim texnologik jarayonlarni amalga oshirishda bir nechta davlatlar ishtirok etadi. Ular birgalikda poezdlar tuzish rejasi, poezdlar harakati jadvali, vagonlar aylanmasi, chegara stansiyalarda texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

5-guruh. Temir yo‘lda tashish jarayonini amalga oshirishda bilvosita (egri) xarajatlarning ulushi yuqori bo‘ladi. Masalan, avtomatika, signallashtirish, blokirovka qilish moslamalari, relslar, shpallar, temir yo‘l izlari, sun’iy inshoatlar, ta’mirlash xarajatlari va hakazo.

Temir yo‘l transportida tashish tannarxini hisoblash iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari mahsulotlari tannarxini hisoblashga qaraganda ancha murakkab. Bu moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida transportga xos bo‘lgan xususiyatlar, va uning murakkab texnologik jarayoni bilan tushuntiriladi.

Transport mahsuloti yuk va yo‘lovchilar tashish hisoblanadi. Mahsulot moddiy buyum shakliga ega emas, shuning uchun transport xarajatlarida xom ashyo va yarim fabrikatlar uchun xarajatlar mavjud emas. Buning natijasida xarajat elementlari bo‘yicha transportning ekspluatatsion xarajatlar tuzilmasi sanoat korxonalarining xarajatlari tuzilmasidan ancha farq qiladi, ularning xarajatlarida 70% ga yaqinini xomashyoga bo‘lgan xarajatlar egallaydi.

Transport ishlab chiqarish jarayoni keng territoriyada, bir qancha temir yo‘llar chegarasida bajariladi, u aniq, cheklangan kenglikda birlashmagan. Tarmoqning bu xususiyati temir yo‘llar faoliyatini boshqarish jarayoni va rejalashtirish, tahlil qilish uslublari va xarajatlarni nazorat qilishni murakkablashtiradi hamda alohida temir yo‘llar orasida xarajatlarni taqsimlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Tashish hajmini bajarish, ularning sifati va xavfsizligi ta’minlanishi uchun temir yo‘llar orasida o‘zaro uzviy aloqa – texnologik, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy, informatsion aloqalar bo‘lishi zarur.

Temir yo‘llar tashish jarayonining alohida texnologik operatsiyalarini bajarishda bir xil ishtirok etmaydilar. Bu bir qator temir yo‘llarning ekspluatatsion xarajatlari va tashish tannarxiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, alohida temir yo‘llarda marshrut poyezdlarini shakllantirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi, bunda tashish tannarxini oshishiga olib keladigan qo‘shimcha xarajatlar yuzaga keladi, biroq tarmoqning boshqa temir yo‘llarida poyezdni qayta tuzmasdan harakatlanishiga va tannarxni kamayishiga imkoniyat tug‘diradi.

Temir yo‘llar ishining texnologik jarayoni boshlang‘ich-tugatish operatsiyasi, jo‘natish va kelish punktlarida va butun harakatlanish yo‘lida poyezdlarni shakllantirish va qayta tuzish operatsiyasi, shuningdek harakat operatsiyasini o‘z ichiga oladi. Poyezdlarning harakatlanishi bo‘yicha xarajatlarni tashishda ishtirok etgan barcha temir yo‘llar hisobga oladi. Boshlang‘ich-tugatish operatsiyalari bo‘yicha, poyezdlarni shakllantirish, saralash va qayta tuzish bo‘yicha xarajatlarni yohud bitta temir yo‘l (yukni qabul qiluvchi yoki jo‘natuvchi), yoki butun harakatlanish yo‘lida poyezdlarni qayta tuzishni amalga oshirgan bir nechta temir yo‘llar hisobga oladi. Bunday shaklda temir yo‘llarning transport jarayonida ishtirok etishida bu xarajatlar temir yo‘llar orasida taqsimlanishi va tashish jarayonining operatsiyalari bo‘yicha tashish tannarxini hisoblash zarur.

Tarmoqning alohida temir yo‘llarida tashish jarayoni operatsiyalari bo‘yicha xarajatlarning solishtirma ulushi bir xil emasligi tashish tannarxining qiymati turlicha bo‘lishini keltirib chiqaradi.

Temir yo‘l transportining spetsifik tomoni shundaki, u iqtisodiyotning fond sig‘imi yuqori bo‘lgan tarmog‘i hisoblanadi. Asosiy fondlarning 70%ga yaqini doimiy qurilmalarni tashkil etadi.

Transport texnik vositalarining bunday tuzilmasi sababli uning xarajatlarida egri xarajatlar guruhi katta qismni egallaydi, ular o‘z navbatida temir yo‘llarning mahsulot turlari bo‘yicha hisob yo‘li bilan, ishning turli o‘lchovlari va ko‘rsatkichlariga proporsional taqsimlanadi. Egri xarajatlarni taqsimlash ko‘plab ma’lumotlarni, detalli va sermehnat hisob-kitoblarni talab etadi hamda shu bilan birga yetarli darajada aniq natijalarni bermaydi, chunki alohida temir yo‘llar va ularning korxonalari ishining aniq sharoitini to‘laqonli hisobga olish imkoniyatini bermaydi.

Kompaniya va termi yo’l uzellari bo’yicha rejalarni ishlab chiqarishda faqat keltirilgan 10 tkm tannarxni aniqlanadi. Keltirilgan tonna-km tkm va yo’l-km yig’indisidan tashkil topadi, bunda bagaj va pochta vagonlarining bosib o’tgan masofalari keltirilgan tkm.ga kiritilmaydi. Kompaniya bo’yicha keltirilgan tkmda tarif tkmlar, temir yo’l uzellari bo’yicha esa ekspluatatsion t-km hisobga olinadi.

Bundan tashqari kompaniya va uzellarning yillik hisobotlarini tayyorlashda nafaqat keltirilgan 10 tkm tannarxi, balki butun kompaniya bo’yicha yuk tashishning 10 tkm tannarxi, temir yo’l uzellari bo’yicha ekspluatatsion 10 tkm, 10 yo’l-km, bagaj tashihning 10 tkm va butun kompaniya bo’yicha tashishda 10 vagon-km tannarxi hisoblanadi.

Kompaniya va uning uzellari bo’yicha tortuv turlari bo’yicha yuk va yo’lovchi tashihsning rejaviy va hisobot tannarxi hisoblanadi. Hisoblarni amalga oshirish uchun boshlang’ich ma’lumotlar temir yo’l uzellari harajlatlarini tashish turlari bo’yicha, so’ngra tortuv turlari bo’yicha taqsimlash hisoblanadi. Tashish turlari bo’yicha temir yo’l uzellari xarajatlari xarajatlar nomenklaturasining alohida moddalari bo’yicha taqsimlanadi. Alohida holatlarda bitta ho’jalikka tegishli bir qancha moddalardagi xarajatlar umumiy guruhga birlashtirilishi mumkin, yoki aksincha bitta moddagi xarajatlar alohida xarajatlar elementlariga bo’yicha bo’linishi mumkin.

Tashish va tortuv turlari bo’yicha xarajatlarni taqsimlash “Temir yo’lda tashish tannarxi kalkulyatsiyasi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar”ga muvofiq amalga oshiriladi.

Temir yo’l uzellari xarajatlarni xarajarlat nomenklaturasidagi moddalar bo’yicha yo’lovchi va yuk tashishga taqsimlaydi. Bunda bagaj va pochta tashish xarajatlari yo’lovchi tashishga, xo’jalik poezdlari bo’yicha xarajatlarni esa yuk tashishga kiritiladi. Shundan so’ng xarajatlar tortuv turlari bo’yicha taqsimlanadi.

Bosh yo’llarni joriy ta’minlash va amortizatsiyasi bundan mustasno, bunda xarajatlar avval turli tortuv turidagi uchastkalarga taqsimlanadi (elektrlashgan va elektrlashmagan) so’ngra ushbu uchastkalarning har biri bo’yhicha yuk va yo’lovchi tashishga taqsimlanadi.

Temir yo’l uzelining yuk va yo’lovchi tashishga kiritilgan umumiy xarajatlarini ekspluatatsion tkm, yo’lovchi-kmlarga bo’lib, va natijani 10 ga ko’paytirib 10 ekpluatatsion tkm va 10 yo’l-km tannarxi aniqlanadi.

Temir yo’l kompaniyasi bo’yicha yuk va yo’lovchi tashish tannarxini aniqlash uchun barcha uzellarning shu tashish turlari bo’yicha xarajatlari qo’shiladi va ularga yuk yoki yo’lovchi tashishga kiritilgan kompaniya boshqaruv apparatining xarajatlari qismi qo’shiladi.

Yo’lovchi tashishga kiritilgan xarajatlarining umumiy miqdorini kompaniya bo’yicha yolovchi-km.larga bo’linadi, yuk tashishga kitirilgan xarajatlarni esa tarif tkm miqdoriga bo’linadi, so’ngra 10 ga ko’paytiriladi hamda mos ravishda 10 yo’l-km va 10 tarif tkm tannarxi olinadi.

7.2. TEMIR YO’LDA YUK VA YO’LOVCHI TASHISH TANNARXINI HISOBLASH

Yuk va yo’lovchi tashish xarajatlari quyidagi 3 usul bilan taqsimlanadi.

1. Barcha xarajat moddalaridan bevosita yo’lovchi yoki yuk tashishga tegishli bo’lgan to’g’ri xarajatlar ajratib ko’rsatiladi. Bu guruhga ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdoridan tahminan 45% ni tashkil qiluvchi ishlab chiqarish xarajatlari kiradi. (yo’lovchi, yuk ho’jaligi, konteyner va paket tashish ho’jaligi, MCH ho’jaligi, yuk va yo’lovchi vagonlarini joriy ta’mirlash, lokomotivmotivlarni (yukli harakatda) ekipirovkasi, yo’lovchi holatda lokomotivmotivlarning ishi bilan bog’liq xarajatlar, yo’lovchi poezdlarni, terma poezdlarni kuzatib borish, yuk va saralash stantsiyasida manyovr ishlari, yuk va yo’lovchi xo’jalikdagi bino va inshootlarni ta’miri).

2. Ishlab chiqarish xarajatlarining katta guruhi tashish turlari bo’yicha maxsus tanlangan o’lchovlarga proportsional taqsimlanadi. Asosiy o’lchovlar – poezd boshida va yana holdagi lok-km, tonno-km brutto, manevr lok-soatlar hisoblanadi.

Lokomotivmotiv-kmlarga proportsional stantsiyalarda poezdlarni qabul qilish va jo’natish; yolovchilarni qo’riqlash qorga qarshi kurash, STSB va aloqa qurilmalarini saqlash va ta’mirlash va ba’zi bir xarajatlarini taqsimlanadi.

Tonna-kmlarga proportsional bosh yo’llarni va doimiy qurilmalarni joriy saqlash, yer qatlami, sun’iy inshootlar, bosh yo’llarni ustki qismi amortizatsiyasi, bosh yo’llarning ustki qismi amortizatsiyasi, bosh yo’llarning ustki qismidagi materiallarni almashtirish bo’yicha xarajatlar taqsimlanadi.

Yo’lovchilar jamida xarajatlar tezligi katta bo’lgani uchun yo’lning eskirishi yuqori darajada bo’ladi, tashish turlari bo’yicha xarajatlarni ketirilgan tkm brutto o’lchoviga proportsional taqsimlanishi lozim keltirilgan tkm. Brutto miqdori yuk va ho’jalik yo’nalishdagi tm-brutto va yo’lovchi xarajatlagi tkm brutto 1,15 koeffitsientga ko’paytirilgan yig’indisiga teng.

Lok-soatlarga proportsional manevr lokomotivmotivlarni saqlash va ta’mirlash, stantsiya yo’llari joriy saqlash, ta’mirlash va amortizatsiyasi bo’yicha xarajatlar taqsimlanadi.

AJ bo’yicha xarajatlarning umumiy miqdoridan tahminan 25% tashish turlari bo’yicha ish o’lchovlariga proportsional taqsimlanadi.

3. Temir yo’l ho’jaligining barcha tarmoqlari uchun umumiy bo’lgan xarajat (tahminan ekpluatatsion xarajatlarning 30%) tashish turlari bo’yicha barcha yoki avvaldan taqsimlangan xarajatlarning ma’lum bir qismiga proportsional taqsimlanadi. Temir yo’l ho’jaligida barcha tarmoqlari uchun umumiy xarajatlar va davr xarajatlari yuk va yo’lovchi tashishiga tashish turlari bo’yicha taqsimlangan alohida ho’jalikdagi ishlab chiqarish ishchilarining ish xaqiga proportsional taqsimlandadi. Temir yo’l ho’jaligi barcha tarmoqlari uchun umumiy xarajatlar va davr xarajatlar yuk va yo’lovchi tashishga tashish turlari bo’yicha taqsimlangan alohida holidagi ishlab chiqarish ischilarining ish xaqiga proportsional ravishda taqsimlanadi.

4. Qilingan hisoblar natijasida uzelning umumiy xarajatlari miqdori tashish turlari bo’yicha taqsimlanadi tashish turlari bo’yicha uzel xarajatlaridan tashqari AJning markaziy boshqaruv apparatning ta’minlash bo’yicha xarajatlari taqsimlanadi.

Yo’lovchi tashish tannarxi bagaj va pochta tashish bo’yicha xarajatlari hisobga olgan holda hisoblanadi.

Yo’lovchi tashish tannarxini bagaj va pochta tashish tannarxini yo’lovchilar tashish bo’yicha harajarni yo’lovchi bagaj va pochta tashish xarajatlariga taqsimlab chiqish lozim.

Temir yo’l kompaniyasi ma’lumotlariga asosan bu kal’kulyatsiya 3 usul bilan aniqlandi.

1. Xarajatlarni ma’lum bir qismi bevosita yo’lovchi, bagaj va pochta tashishga kiradi (yo’lovchi tashish bo’yicha umumiy xarajatlar miqdorining 25%ga yaqini) (pochta tashish muassasasi).

2. Yo’lovchilar tashish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning 50% yaqini yo’lovchilar, bagaj va pochta orasida alohida o’lchovlarga proportsional taqsimlanadi. Eng katta qismi barcha tortuv turlarida (eletkropoezdlarni qoshib) yo’lovchi, bajag va pochta vagonlarining vagon-km.iga proportsional taqsimlanadi.

3. Yo’lovchi tashish bilan bog’liq xarajatlarning 25%ga yaqini avvaldan taqsimlangan ish xaqiga proportsional ravishda yo’lochi, bagaj va pochta tashishga taqsimlanadi.

Barcha yo’lovchi, bagaj va pochta tashishga taqsimlangan xarajatlarni qo’shish natijasida ularni tashish xarajatlari aniqlanadi. Olingan summani mos keluvchi tashish hajmiga bo’lib yo’lovchi, bagah va pochta tannarxi hosil qiladi.

Yo’lovchi poezdlarda yuk bagaji tashilishi mumkin. Uni tashish xarajatlar yo’lovchi tashish xarajatidan ajratilishi kerak va yuk tashish xarajatlariga qisman kiritilishi kerak. Yuk bagajini tashish bo’yicha xarajatlar yuk tashish va bagaj tashish orasida tkm hajmiga proportsional taqsimlanishi lozim.

Tortuv turlari bo’yicha tannarxni hisoblash.

Temir yo’l uzelining tortuv turlari bo’yicha tashish tannarxi tashish turlari bo’yicha tannarx kal’kulyatsiyasidan so’ng hisoblanadi. Yo’lovchilar tashish kiritilgan xarajatlar 3 tortuv turlari bo’yicha taqsimlanadi va elektr va teplovoz tortuvi uchastkalarida va elektropoezdlarga tashish tannarxi aniqlanadi. Yuk tashishga kiritilgan xarajatlar elektr va teplovoz tortuviga taqsimlanadi, so’ngra shu tortuv turlari bo’yicha yuk tashish tannarxi sihoblanadi.

7.3. TORTISH TURLARI BO’YICHA TASHISH TANNARXINI ANIQLASH

Tortuv turlari bo’yicha tashish tannarxi temir yo’l kompaniyasi uzellarining hisobot ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.

Tortuv tulari bo’yicha tashish tannarxni hisoblash “Temir yo’l tashish tannarxi kal’kul’yatsiyasi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarga muvofiq olib boriladi. Uslub ko’rsatmalarga muvofiq yo’llarni va doimiy qurilmalarni joriy ta’minlash, amortizatsiyasi bosh yo’llarning usti qismi materiallarni kamayishi bo’yicha xarajatlar avval elektrifikatsiya va elektrifikatsiya qilinmangan uchastkalardagi yuk oqimi zichligiga mos ravishda taqsimlanadi. So’ngra tashish turlari bo’yicha keltirilgan tkm bruttoga proportsional alohida elektrifikatsiya va boshqa uchastkalarga taqsimlanadi.

Xarajatlarni bunday tartibda kiritilishiga sabab tortuv tulari bo’yicha tashish tannarxiga tashish zichligi, yo’llari profil’ va bosh yo’llarning tehnik jihozlanganlik quvvati etakchilik qiluvchi nishablik va boshqa omillar katta ta’sir ko’rsatadi.

Tortuv tulari bo’yicha xarajatlarni ta’qsimlashda shu narsani hisobga olish kerakki, alohida xarajatlar borki, ular qaysi tortuv turidagi uchatkalarda tashish amalga oshirilayotganiga bog’liq emas. Bunday xarajatlarga boshlang’ich va tugatish operatsiyalari, manevr lokomotivmotivlarining ishlari bilan bog’liq xarajatlar kiradi. Mazkur xarajatlar mos ravishda yuk tashishda ekspluatatsion tkmga proportsional, yo’lovchi tashish yo’l-kmga proportsional, manerv lokomotivmotivlarining ishida vag-kmga proportional taqsimlanadi.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling