Fan;Tadqiqot Metodologiyasi Mavzu;O’zbekistonda futbol sportini rivojlantirish
Download 218 Kb.
|
behruz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 O’zbek futboliga ajratilgan xarajatlarni natija bermayotgan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasi Prezenditening Farmoni 04.12.2019 kuchga kirgan sana 2021-yil. 2.O’zbekiston Respublikasi Prezendentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmoni 2-ilova.hamda 7-ilova. 3.13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-soni 4.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-dekabrdagi PF-5887 son farmonig 5.O’zbekiston Respublikasi Prezidnting 2022-yil 15-yanvardagi PF-52 sonli farmoni tahririda –Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son) 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmoniga 7-ilova 1 O’zbek futboliga ajratilgan xarajatlarni natija bermayotgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni So'nggi yillarda xalqimizning salomatligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish, manaviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o'yini bo'lgan va mamlakatimizda alohida o'rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. SHu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish (selekciya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol bo'yicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga ko'tarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni moddiy rag'batlantirish tizimini yaxshilash, o'tkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish kabi masalalar dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. O'zbekistonda futbolni aholi o'rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga etkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o'quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo'yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o'smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o'rtasida jahon va qita birinchiliklarini o'tkazish maqsadida: 1. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasining quyidagilarni O'zbekiston Respublikasida professional futbolni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari etib belgilash to'g'risidagi taklifi maqullansin: bolalar va o'smirlarning futbol bilan shug'ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, bu borada umumtalim maktablari, boshqa talim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo'yicha musobaqalarni muntazam ravishda tashkil etish; yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (selekciya) tizimini tubdan takomillashtirish, ularni bosqichma-bosqich professional tayyorgarlikdan o'tkazib borish orqali futboli rivojlanayotgan davlatlarning etakchi klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimini yo'lga qo'yish; futbol sohasiga xususiy investiciyalarni keng jalb etish va ularni rag'batlantirish, futbol sohasini bozor mexanizmlari asosida boshqarish, futbol klublarini xususiy sektorga o'tkazish hamda ular orasida sog'lom sport raqobati muhitini yaratish; futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo'lga qo'yish orqali “o'zbek futboli” maktabini yaratish; futbol sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilg'or ilmiy-metodik va innovacion texnologiyalarni joriy etish; futbol sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish. Download 218 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling