Fan;Tadqiqot Metodologiyasi Mavzu;O’zbekistonda futbol sportini rivojlantirish


Download 218 Kb.
bet7/9
Sana18.01.2023
Hajmi218 Kb.
#1098810
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
behruz (2)

Ikkinchi yo‘nalish: havaskor futbolni ommaviylashtirish

III-bosqich

Tuman (shahar) bolalar-o‘smirlar sport maktablari futbol bo‘linmalari va xususiy futbol maktablari

1. Tuman (shahar) bolalar-o‘smirlar sport maktablari futbol bo‘linmalari va xususiy futbol maktablari o‘rtasida yosh toifasidan kelib chiqib belgilangan me’yorlar asosida “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalarini o‘tkazib borish.
2. “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida moliyalashtirish.
3. “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalari o‘tkazish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari (keyingi o‘rinlarda — futbol mahorat maktablari), xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalariga futbolchilarni saralab olish (seleksiya).

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq

10 — 14 yosh

Futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalarida iqtidorli va qobiliyatli futbolchilarning tarkibini shakllantirish.

Uchinchi yo‘nalish: havaskor futboldan boshlang‘ich professional futbol bilan shug‘ullanishga o‘tish

IV-bosqich

Futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari

1. Futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalarida yosh toifasidan kelib chiqib, belgilangan me’yorlar asosida “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini o‘tkazib borish.
2. “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalari o‘tkazish natijalari bo‘yicha hududiy professional futbol klublariga futbolchilarni saralab olish (seleksiya).
3. “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadb?rlarining kalendar rejalari doirasida moliyalashtirish.
4. Futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari futbolchilari tomonidan respublika hamda xalqaro miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etish.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq

11 — 17 yosh

Professional futbolchilarni professional futbol klublari uchun yagona dastur asosida tayyorlash.


Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling