Faol tadbirkorlar innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili


Download 88.09 Kb.
bet8/16
Sana25.12.2022
Hajmi88.09 Kb.
#1064924
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1-2-3 IQTISOD

Iqtisodiy faoliyat - bu cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bо‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlitligidir.
Tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bо‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:

  1. ishlab chiqarish jarayoni;

  2. ayirboshlash jarayoni;

  3. taqsimlash jarayoni;

  4. iste’mol qilish jarayoni.

Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bо‘lmaydi.
Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar о‘rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bо‘lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi kо‘rinishi bо‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi. Taqsimot qancha adolatli va tо‘g‘ri bо‘lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir kо‘rsatadi, uni rag‘batlantiradi.
Ayirboshlash jarayoni – takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat taqsimoti oqibatida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga, yetkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarish, yetkazib berish bо‘yicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi о‘z tovarini sotib, о‘ziga kerakli bо‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Natijada turli xil yо‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat kо‘rsatuvchilar о‘rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bо‘ladi.
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda bо‘ladi: ishlab chiqarish iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish iste’molida ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Shaxsiy iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari pirovard foydalanilib, ular yо‘qotiladi va о‘rniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bо‘ladi.
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bо‘lishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funksional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Qamrov darajasiga qarab iqtisodiyot mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot darajalariga bо‘linadi. Mikro (kichik, mayda) iqtisodiyot –uy xо‘jaliklari, firmalar, kompaniya va alohida tarmoqlarning iqtisodiy hatti –harakatlarini о‘rgansa, makro(katta, yirik) iqtisodiyot – mamlakatning umumiy iqtisodiy faoliyatini о‘rganadi.

Download 88.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling