Faol tadbirkorlar innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari


Download 88.09 Kb.
bet11/16
Sana25.12.2022
Hajmi88.09 Kb.
#1064924
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-2-3 IQTISOD

3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti haqida turli iqtisodiy ta’limotlar namoyondalari va iqtisodchi olimlar turlicha yondashadilar. Hozirgi zamon yondashuvlaridan kelib chiqadigan bо‘lsak, umumiy tarzda iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xо‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini о‘rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining tо‘rtta asosiy vazifasi ajratib kо‘rsatiladi:
1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda о‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni о‘rab turgan olam tо‘g‘risidagi fikrlarimizni kengaytiradi;
2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy о‘sishni ta’minlash va shu asosda о‘sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga kо‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bо‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yо‘llarini topishdan iboratdir;
3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining о‘zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bо‘lib xizmat qiladi;

Download 88.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling