Faol tadbirkorlar innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili
Download 88.09 Kb.
|
1-2-3 IQTISOD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tayanch tushunchalar
Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bо‘lgan, ammo о‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi.
Ikki tomonlama yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yо‘l qо‘yilib, yanglish tasavvurga va notо‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.4 Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng о‘zlashtirish va qо‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bо‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul о‘zgaruvchi miqdorlar о‘rtasidagi bog‘liqlikni kо‘rgazmali qilib tasvirlaydi. Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi о‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bо‘ladi. Asosiy tayanch tushunchalar: Iqtisodiyot – cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bо‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi iqtisodiy tizim. Ehtiyoj - insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bо‘lgan zaruriyat. Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida tо‘plangan va mavjud bо‘lgan ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish, ularni iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan vositalar, qо‘r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xо‘jalikni samarali yuritish qonun – qoidalarini о‘rganishdan iboratdir. Iqtisodiy qonunlar - iqtisodiy hayotning turli tomonlarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar о‘rtasidagi takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning о‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchalar. Uslubiyat – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning prinsiplari, yо‘llari, qonun-qoidalari, aniq hadislari tizimidir. Ilmiy abstraksiya – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qо‘llaniladigan usullardan biri bо‘lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea-hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, fikrni asosiy о‘rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga qaratishdir. Download 88.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling