Faol tadbirkorlar innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili


Download 88.09 Kb.
bet12/16
Sana25.12.2022
Hajmi88.09 Kb.
#1064924
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-2-3 IQTISOD

4) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi о‘rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yо‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni kо‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bо‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini kо‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.


4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar


Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham о‘rganadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar о‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning о‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega bо‘lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning hohish-irodasiga bog‘liq emas.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi:
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez о‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar.
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, bozor iqtisodiyotida talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni.
3. Maxsus, о‘ziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qо‘shimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarni (ilmiy tushunchalarni) ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib beradi.

Download 88.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling