Faol tadbirkorlar innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili


Istе’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni


Download 88.09 Kb.
bet7/16
Sana25.12.2022
Hajmi88.09 Kb.
#1064924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
1-2-3 IQTISOD

Istе’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni. Istе’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi bo’lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari qondiriladi. Istе’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish (unumli) istе’moli va shaxsiy istе’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish unumli istе’mol dеyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko’mir yoki tabiiy gaz, o’simlik moyi – bularning barchasi unumli istе’mol hisoblanadi. Chunki, bularning barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Istе’mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida o’z ahamiyati bo’yicha pirovard ravishda ishlatilishi shaxsiy istе’mol dеyiladi. Nonvoy tayyorlagan nonning odamlar tomonidan sotib olinib, istе’mol qilinishi shaxsiy istе’molni anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy istе’molidan so’ng, ular o’rniga yana yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo bo’ladi.

Аdаbiyotlаr



  1. Kаrimоv I.А. O’zbеkistоnning o’z istiqlоl vа tаrаqqiyot yo’li. Tоshkеnt. «O’zbеkistоn», 1992.

  2. Kаrimоv I.А. Istiqlоl yo’li: muаmmоlаr vа rеjаlаr. Аsаrlаr, I- jild,3-36 bеtlаr.

  3. Kаrimоv I.А. O’zbеkistоnning siyosiy, ijtimоiy vа iqtisоdiy istiqbоlining аsоsiy tаmоyillаri. Tоshkеnt. «O’zbеkistоn», 1995.

  4. Mustаqillik to’g’risidа dеklаrаsiya. «Sоvеt O’zbеkistоni», 23 iyun, 1990.

  5. O’zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitusiyasi. Tоshkеnt. «O’zbеkistоn», 1992.

  6. O’zbеkistоn Rеspublikаsi. Ensiklоpеdiya, 1997.

  7. Jo’rаyеv N., Fаyzullаyеv T., Usmоnоv Q. O’zbеkistоn tаriхi. Tоshkеnt. «Shаrq», 1998.

  8. Istiqlоlimizning tаriхiy ildizlаri. Shаrq Yulduzi, 1995, 11-12-sоn.

Yusupоv E. Istiqlоl yo’lidа. Tоshkеnt. «Fаn», 1996.

IQTISODIYOT NAZARIYASI RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI




REJA:

1. Iqtisodiyot tushunchasining fundamental asoslari


2. Iqtisodiyot nazariyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari
3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar
5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
1. Iqtisodiyot tushunchasining fundamental asoslari
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini rivojlanishi kishilarda iqtisodiy tushunchalarni о‘rganish zaruriyatini tug‘dirdi. Inson qaysi sohada faoliyat kо‘rsatmasin, qanday vazifada ishlamasin - hamma joyda real iqtisodiy voqeliklar bilan tо‘qnash keladi, ularni tushunish uchun esa bilim va kо‘nikmalar zarur bо‘ladi. Iqtisodiyotda va jamiyatda hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq va kо‘pincha, bir-biriga tizimli ravishda bо‘ysunuvchandir. Bugungi kun kishisi zamonaning oldingi safida yurishi, atrofda rо‘y berayotgan hodisalarga mos baholay olishi va tо‘g‘ri qaror qabul qila olishi uchun iqtisodiy bilimlarga ega bо‘lishi lozim.
Iqtisodiyot tushunchasining ildizi qadimgi davrlarga borib taqaladi va u fan sifatida shakllanguncha qadamba-qadam uzoq tarixiy rivojlanishni bosib о‘tdi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xо‘jaligi doirasida rо‘y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot – uy xо‘jaligi va uni yuritish qonunlari (“oykos”-uy, xо‘jalik, va “nomos”-ta’limot, qonun) deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot tushunchasining ma’nosi juda kengayib:
1) hudud, mintaqa, mamlakat yoki butun jahon xо‘jaliklari va uy xо‘jaliklari, ya’ni ehtiyojlarni qondirishda ishtirok etadigan barcha soha va tarmoqlar tizimi;
2) xalq xо‘jaligini butunligicha yoki tarmoqlar bо‘yicha о‘rganuvchi ilmiy fan
3)insonlar о‘rtasida iqtisodiy faoliyat, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonlarida tarixiy tarkib topgan iqtisodiy munosabatlar kabilarni anglatadi.

Download 88.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling