Faoliyat ishlanma. Maktabga ekskursiya Qo`llash usullari


Download 31.61 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2023
Hajmi31.61 Kb.
#1415775
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Begzoda ijtimoiy





Faoliyat ishlanma.
Maktabga ekskursiya
Qo`llash usullari : kuzatish, ko`rsatish, tushuntirib borish, savol-javob
Kerakli jihozlar : mavzuga oid predmetli hamda ko`rgazmali rasm
Rivojlanish soxalari bo`yicha maqsadlar:
1. Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini rivojlantirish, bolalarda tevarak-atrofga bo`lgan axloqiy sifatlarini shakllantirish
2. Ijtimoiy hissiy rivojlantirish:
Jamoatda bolalarni shu jamoa a’zosi kabi shaxsiy sifatlarini shakllantirish. Guruhda bolalar o`rtasidagi do`stona munosabatlarni shakllantirish jamoada jipslikni ta’minlash. Bolalarda o`zini va o`zgalarga bo`lgan emotsional hissiy holatlarni ko`rsata olish.
3. Nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari. Yo`l harakati qoidalari haqida tasavvurlarini kengaytirish. Fikrlash faolligini kuzatish qobilyatini taxlil qilish va xulosa chiqarishni shakllantirish bolalar so`z boyligini oshirish.
4. Bilish jarayonini rivojlantirish :
Bolalarga yo`l harakati belgilarining ma’nolari bilan tanishtirishni davom ettirish bolalarda favqulotda xolatlarda o`zini tutish ko`nikmalarini shakllantirish.
Havf keltirib chiqarish mumkin.
Idish buyumlarini (oshxona anjomlari)
Maqsad: Oshxona idishlar va anjomlarini farqlashga nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish. Bolalarni Vatanni sevishga uni ardoqlashga kattalarga doimo hurmatda bo`lishga kichiklarga esa izzatda bo`lishga o`rgatish. Bolalarni nutqini o`stirish so`z boyligini rivojlantirish.
E’tiborga molik jixat: Bolalar oshxona idishlari va anjomlarini nomini vazifasini bilib oladilar.
Kerakli jixozlar: Oshxona anjomlari, qozon, tovoq, kapkir, cho`mich, kosalar, lagan, elak, hamr yoyadigan taxta, o`qlov, pichoq, tovoq, likopchalar.
Faoliyatning borishi:
Bolalar bugun men sizlarni bir joyga olib boraman. Bu bog`chamizni oshxonasi, bolalar bu yerda oshpaz opalarimiz inoq, axil kelishib sizlar uchun shirin taomlar tayyorlaydilar. Bolalar atrofdagi oshxona jixozlari bilan sizlarni tanishtiraman. Elektr, plita ya’ni qozondan yuz kishilik taom tayyorlanadi. Sabzavotlarni tozalaydigan qirqadigan asbob elektr termiz, pichoqlar, taxtakachlar bor ekan.
Tarbiyachi: Bolalar bugungi suhbatimiz qaysi mavzuda ekanligini tushunib yetdingizmi, demak bugun oshxona idishlari bilan tanishamiz. Oshxonada nima qilinadi.

Download 31.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling