Faoliyat turi: Ishlab chiqarish Faoliyat maqsadi
Download 118 Kb.
|
biznes reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat turi
- Mablag’larni qoplash muddati
- Marketing rejasi Mahsulotning talab hajmi
- SWOT tahlil. Baho siyosati
- Tovarni tarqatish sxemasi
Non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish biznesi Biznesni ifodalash Korxona o’rni: Dang’ara tumani Bog’ish MFY Ziynat ko’chasi 6-uy Korxona rahbari: Maxkamov Saidafzal Saidkamol-o’g’li Faoliyat turi: Ishlab chiqarish Faoliyat maqsadi: Hudud aholisini sifatli non va makaron mahsulotlari bilan ta’minlash asosida ularning talabini qondirish Korxona missiyasi: Mahsulot tavsifi: non va non mahsulotlari, makaron mahsulotlari Jalb qilinadigan moliyaviy mablag’: 200 mln so’m
“Agrobank” ATB Dang’ara filialidan “Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash” kredit turini tanlagan holda muddati 3 yilga va bunda imtiyoz davri 6 oy, foiz stavkasi 14 % bo’lib 100 mln so’mni jalb qilish ko’zda tutilgan. Mablag’larni qoplash muddati: 3 yilga berilan bo’lib, bunda imtiyoz davri 6 oy. Kreditni annuitet usulidan foydalanib to’lashni korxona maqbul topdi.
Marketing rejasi Mahsulotning talab hajmi: Dang’ara tumani Oqjar QFYda non va makaron ishlab chiqarish korxonasi mavjud emasligi uchun shu hududning aholisi va ushbu tumanda ham makaron mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi mavjud emas, ammo Qo’qon shahri Dang’ara tumaniga yaqin joylashgan bo’lib u yerda ishlab chiqarish korxonasi mavjud. Dang’ara tumani Oqjar QFYda 28 ta qishloq mavjud bo’lib, ushbu QFYda 6 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi, 13 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi 10 ta maktab, 1 ta texnikum, tikuvchilik korxonasi mavjud. Dang’ara tumani Bog’ish MFYda 1128 ta oila mavjud bo’lib 5000ga yaqin kishi istiqomat qiladi. Ushbu MFY da esa 1 ta maktab, 1 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta texnikum, tikuvchilik korxonasi mavjud. Biz ushbu hududda maktabgacha ta’lim muassasalari va tikuvchilik korxonasi bilan shartnoma tuzishimiz mumkin. Chunki ular uzoq masofadan non va makaron mahsulotlarini ortiqcha xarajatlar orqali buyurtma asosida sotib olishadi. Ammo bizda transport xarajati mavjud emasligi sababli mahsulot tannarxi ularnikidan yuqori bo’lmaydi va biz bilan shartnoma tuzishlari orqali kamroq xarajat qilishlari mumkin bo’ladi. Sotish bozorlari: ushbu hududdagi maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, tikuvchilik korxonasi va tumanning barcha hududlariga yetkazish va ular bilan shartnomalarni amalga oshirish mumkin. Raqobatchilar tavsifi: tumanda o’rganishlarimiz asosida raqobatchi korxona mavjud emasligi aniqlandi, ammo tumandagi boshqa ishlab chiqarish korxonalari, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, texnikumlar va boshqa korxonalar avvallari Qo’qon shahridan non va makaron mahsulotlarini sotib olishadi. Ammo biz yangi tuzadigan shartnoma narxlari orqali raqobatchilarimizdan ustun kelishimiz mumkin. SWOT tahlil. Baho siyosati: dastlab korxona baho siyosatining optimal xarajatlar siyosatini qo’llagan holda raqobatda ustunlikni ta’minlashi zarur. Va bunda mahsulotni sifat jihatdan yuqori ustunligi ham narxni shakllantirishga asos bo’lib xizmat qiladi. Shu sababdan korxona uzoq muddatni ko’zda tutgan holda narx belgilash siyosatini amalga oshirishni maqsad qilib qo’ydi. Reklama: bizning korxona joylashgan o’rni MFYning markazida joylashgan bo’lib, kata avtomobil yo’li o’tgan. Shu sababli to’xtovsiz inson va transport vositalari qatnovi mavjudligi reklama xarajatlarini kamaytiradi. Korxona yaqiniga asosiy reklama afishasi joylashtiriladi. Qolgan hududlarga ham reklama bannerlari o’rnatiladi. Tovarni tarqatish sxemasi: tayyor mahsulotni yetkazib berish xizmatini ta’minlash ham buyurtma miqdoridan kelib chiqib turli xil yengilliklarni kiritishimiz mumkin. Ammo asosiy shartnomachi tashkilotlarimizga o’zimiz yetkazib beramiz. Bunda har bir harakatimizni shartnoma tuzayotganda e’tiorga olgan holda shartnoma shartlarini ishlab chiqamiz. 4P: 4p marketing aralashmasi modelida to'rtta komponent mavjud: Product - bu mahsulot. Bu mahsulot siyosati va mahsulot bilan bog'liq barcha tadbirlar. Masalan, mahsulotni ishlab chiqish, dizayni, mahsulot sifati, qadoqlash, tovar nomi, sotishdan keyingi mijozlarga xizmat ko'rsatish, kafolatli xizmat ko'rsatish siyosati, tovarlarni diversifikatsiya qilish, xususiylashtirish, assortiment bilan ishlash. Price - narx. Bu kompaniyaning narx siyosati. Bu narx strategiyasini ishlab chiqish, narxlash usullarini tanlash, chegirmalar va bonuslar tizimini yaratish, kredit siyosati, yetkazib berishning moliyaviy shartlari va boshqa elementlarni o'z ichiga oladi. Place - joy. "Joy" deganda savdo nuqtalari tushuniladi. Endi bu element "sotish" deb nomlanadi. Bu tovarlarni tarqatish va uni ishlab chiqarish joyidan oluvchiga yetkazib berish bilan bog'liq barcha masalalarni o'z ichiga oladi. Bular tarqatish kanallarini aniqlash, savdo va filial tarmoqlarini qurish, sotuvchilarni o'qitish, savdo tizimini shakllantirish, shuningdek transport va saqlash shartlari, marketing logistikasi, inventarizatsiyani boshqarish va ombor logistikasi. Promotion – tarqatish(reklama). Bu kompaniyaning kommunikativ siyosati bo'lib, uning vazifasi xaridorni mahsulotning xususiyatlari to'g'risida xabardor qilish, shuningdek unga bo'lgan talabni shakllantirish va rag'batlantirishdir. Marketing aralashmasining ushbu elementiga sotishni rag'batlantirish, shaxsiy sotish, Brendlash, to'g'ridan-to'g'ri marketing, homiylik va boshqa vositalar kiradi. Oddiy qilib aytganda, kompaniyaning maqsadli auditoriya bilan aloqa qilishiga imkon beradigan har qanday narsa: iste'molchilar, yetkazib beruvchilar, sheriklar, raqobatchilar va xodimlar. Marketing miksning ma'nosi shundaki, ular elementlar ustida har tomonlama ishlaydi - ularning har biri maqsadga erishish uchun muhimdir. Ya'ni, birinchi darajali mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish yetarli emas. Shuningdek, siz uning narxini asoslashingiz, iste'molchi uning xususiyatlari va afzalliklari haqida qanday bilishini va uni qayerdan va qanday sotib olishi mumkinligini o'ylab ko'rishingiz kerak. Ishlab chiqarish rejasi Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling