Faoliyat tushunchasi. Faoliyatning tuzilishi: ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, vositalar


Download 98.62 Kb.
bet6/21
Sana18.06.2023
Hajmi98.62 Kb.
#1594774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Faoliyat turlari va ularni inson tomonidan o`zlashtirilishi

Faoliyatning unumliligi. Inson faoliyati unumli, aksariyat hollarda amaliydir, lekin unumsiz ham, noamaliy ham bo‘lishi mumkin. Masalan, rasm-rusumlarni bajarish unumsiz hisoblanadi (ammo ba'zan muayyan vazifalarni hal qilishga qaratilgan rasm-rusumlar amaliy xususiyat kasb etishi ham mumkin).
Moddiy va ma'naviy faoliyat. Moddiy faoliyatni soddalashtirib predmetlar bilan ish ko‘rish sifatida, ma'naviy faoliyatni esa – predmetlarning obrazlari bilan ish ko‘rish sifatida tasavvur qilish mumkin. Mavxum mulohaza yuritish orqali moddiy va ma'naviy faoliyatni «sof ko‘rinish»da, muayyan qarama-qarshilik sifatida tasavvur qilish mumkin. Ammo ma'naviyatdan xoli bo‘lgan moddiy faoliyat behudadir. Ma'naviy faoliyat «sof ko‘rinishda» mavjudmi? Ob'ektiv idealizm tizimida muayyan mutlaq va o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi g‘oya uning moddiy manbasidan tashqarida mavjud bo‘lishi tan olinadi. Ammo insonning real hayotidagi ma'naviy faoliyati moddiy faoliyatdan tashqarida mavjud bo‘lmaydi, amalda moddiy va ma'naviy faoliyat unsurlari turli darajada aks etgan faoliyat rang-barang shakllarining kontinuumi (lot. continuum – uzluksiz to‘plam)gina mavjuddir.
Moddiy va ma'naviy faoliyatning birligi faoliyat jarayoni ham, uning natijasi ham moddiy-ashyoviy substrat va ma'naviy mazmunning muayyan sintezidan iborat ekanligini anglatadiki, bu uning natijalarini ob'ektiv tarzda, inson xohish-irodasidan qat'iy nazar, ramzlar, ya'ni insonning ma'naviy dunyosi haqidagi axborot manbalari tizimiga aylantiradi. O‘z xususiyatiga ko‘ra faoliyat muayyan ideal yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, chunki u moddiy ko‘rinishda predmetni yaratadi, ramziy ko‘rinishda esa ma'naviy mazmunni – shaxsning bilimlari, qobiliyatlari, axloqiy mo‘ljallarini, uning mahorati va o‘z kasbiga munosabatini, shuningdek o‘z-o‘ziga va boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatini vujudga keltiradi. Shu sababli tabiiy ob'ekt insonning o‘zgartiruvchi faoliyati natijasida o‘zlashtirgan xossalar ramziy tarzda amal qiladi. Shu ma'noda, inson nafaqat moddiy, balki ramziy olamda ham yashaydi.

Download 98.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling