Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi
Download 27.31 Kb.
|
Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi
E= K* Ig I + S
Bu yerda: E - sezish ( his qilish) jadalligi; I -qo'zg'atuvchining jadalligi; K va S -o'zgarmas qiymatlar. Qo'zg'atuvchi ta'sirining boshlanishidan sezishning paydo bo'lishigacha o'tgan vaqti latent davri deyiladi. Endi u yoki bu usul bilan xavfsizlik sharoitiga ta'sir qiluvchi U analizatorlarning ayrim tavsiflari bilan tanishib o'tamiz. Olimlarning aniqlashicha, kunduzi ko'rish to'rpardaning kolbachalariga, kechqurun yoki qorong'ida ko'rish esa tayoqchalariga bog'liq bo’lar ekan. Ko'zning ichki tomonida joylashgan to'rpardada yoruglik va ranglarni sezuvchi tayoqchalar va kolbachalar deb ataluvchi hujayralar juda ko'p bo’ladi. Ular o'n qavat joylashgan bo'lib, ko'rish organlari faoliyatida katta rol o'ynaydi. Narsalarning o'zinigina emas, rangini sezish ham kolbachalarga bog'liq. To'rpardadagi kolbachalar 3 xil bo'lib, ular asosiy ranglarni qizil, yashil va ko'k ranglarni sezadi. Ba'zi odamlar narsalar rangini ajrata olmaydi, bu kasallik daltonizm deb ataladi. Tayoqchalarda maxsus modda ko'rish purpuri xosil bo'ladi. Ko'rish purpuri yorug'lik ta'sirida parchalanib, qorong’ida qayta tiklanadi. Agar organizmga yetarli miqdorda A vitamin kirib turmasa, ko'rish purpuri xosil bo'lmaydi va odam kechqurun ko'rmaydigan bo’lib qoladi. Bunday holat shapko'rlik deb ataladi. Odam kuchli yorug'dan qorong'ilikka kirsa, ancha vaqtgacha hech narsa ko'rmasdan qoladi, chunki kuchli yorug’lik ta'sirida tayoqchalardagi ko'rish purpuri parchalanib, yo'qolib ketadi. Qorong'i joyda purpur astasekin xosil bo’la boshlaydi. Oradan 12-15 minut o'tgandan keyin odam atrofdagi narsalarni ko’ra boshlaydi. Ko'zning yorug'likda va qorong'ida ko'rishga moslashish qobiliyati adaptatsiya deyiladi. Ko'zning bar xil uzoqlikdagi narsalarni ravshan ko'rishga moslashishi - akkomodatsiya deyiladi. Qorong'iga moslashishda sezuvchanlik 40-50 minutdan keyin ayrim optimal darajasiga etadi, yorug'likda moslashishda esa sezuvchanlikning pasayishi 8-10 minut davom etadi. Ko’z bevosita ravshanlikni sezadi, u yorug'lik kuchining yoritilayotgan yuzaga nisbati bilan tavsiflanadi. Ravshanlikning o'lchov birligi qilib nita (NT) qabul qilingan; juda katta bo'lgan ravshanlik (yorug'lik)da 30000 NT dan ortiq bo'lganda, ko'rmaslik samarasi sodir bo'ladi. Gigiyenik jihatdan qulay bo'lgan ravshanlik 5000 NT gacha hisoblanadi. Fazoviy tavsiflarni qabul qilishni baholaganda ko'rish o'tkirligi asosiy tushuncha hisoblanadi. Ko'rish o'tkirligi - yoritilganlik, zidlik (mos kelmaslik), obyektning shakli va boshqa omillarga bog’liq bo'ladi. Yoritilganlikning ko'payishi bilan ko'rish o'tkirligi kuchayadi. Zidlikning kamayishidan ko'rish o'tkirligi ham kamayadi. Ko'rish o'tkirligi ko'z to'ridagi tasvir proyeksiyasining qayerda joylashganligiga bog’liqdir. Ko'z 7 xil asosiy ranglarni va ularning 100 dan ortiq ko'ri- nishdagi turlarini ajratadi. Ranglarni sezish 380 dan 780 gacha bolgan uzunlikdagi yorug'lik to'lqinlariga ta'sir qiladi. Uzunliklarning taxminiy chegaralari va ularga to'g'ri kelgan ranglar quyidagicha: 380 - 455 nm (siyoh rang); 455 - 470 nm (ko’k);470 - 500 nm ( havo rang); 500 - 550 nm (yashil); 550 - 590 nm (sariq); 590 - 610 nm (to’q sariq) va 610 - 780 nm (qizil) ranglardir. Ko’rish analizatori monoxromatik nurlanishning nisbiy ko'rinishi bilan tavsiflanadigan ma'lum spektral sezuvchanlikka egadir. Eng katta ko'rinish kunduz kuni va bunga sariq rang to'g'ri keladi; qorong’iga esa yashil - havo rang to'g'ri keladi. Oq rangdan qora rangga gamma o'tishlar axromatik qatorni vujudga keltiradi. Yorug’lik signalidan paydo bo'lgan sezish signalining yo'qolishiga yoki uning tavsifming o'zgarishiga qaramasdan, ma’lum vaqt ichida saqlanadi. Har xil tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, ko'rish inersiyasi 0,1 - 0,3 sekund oralig'ida bo'ladi. Ikki va uch o’lchovli bo’shliqda obyektlarni anglaganda ko’rish maydoni va chuqur ko’rish farq qilinadi. Ko’rishning biokulyar (ikki ko’z bilan) maydoni gorizontal yo’nalishda 120 ~ 160°; vertikal bo’yicha yuqoriga -55 - 60° va pastga -65 -72° o’z ichiga oladi. Rangni anglaganda ko’rishning o’lcham maydoni torayadi. Optimal ko’rish zonasi quyidagicha chegaralangan: yuqoriga - 25°, pastga - 35°, o’ngga va chapga 32° dan. Chuqur ko’rish bo’shliqni anglash bilan bog’liqdir. Mutlaq uzoqlikni baholash xatosi 30 metrgacha masofada o’rtacha umumiy masofaga nisbatan 12% teng. Tovush yoki havoning tebranishi tashqi eshitish yo’lidan o’tib, nog’ora pardani tebrantiradi. Bu tebranish eshitish suyaklariga o’tadi. Suyaklarda takrorlangan tebranish oval teshik pardasi orqali labirintdagi (ichki quloqdagi) perilimfaga, undan andolimfaga o’tib, Kortyev organi tolalariga keladi va ularni tebrantiradi. Tebranish natijasida eshitish nervi shohchalari ta’sirlanadi. Nerv uchlarida xosil bo’lgan qo’zg’alish eshitish nervi orqali bosh miya po’stlog’idagi eshitish analizatorlariga boradi va biz tovushni eshitamiz. Tovush signallari odamga ko’p qismdagi ma’lumotlarni yetkazib beradi. Ular yana xavfli signallarni uzatish uchun ham xizmat qiladi. O’z navbatida, akustik holat aniq miqdorda xavfsizlik sharoitini aniqlaydi. Download 27.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling