Faoliyati sub’ektlarining huquqiy maqomiga ko’ra: a jismoniy shaxslar
Download 90.5 Kb.
|
Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning tijorat siri
xolding kompaniya shaklida tuziladi. Uni tarkibida bosh — ona korxona, atrofida tarmoq
korxonalar ma’lum maqsad yo’lida hamjihatlik bilan ish olib boradilar. Kontsern korxonalarning shunday birlashmasiki, u ishlab chiqarish, investitsiya — moliya, texnika va tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida birgalikda ish yuritishni ko’zlaydi. Kontsern bir tarmoq doirasida yoki tarmoqlararo (konglomerat) birlashmalar shaklida tashkil etiladi. Kontsern monopol turdagi birlashma bo’lib, investitsiyalarni samarali joylashtirish, bozordagi o’zgarishlarga qarab diversifikatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. Korxona birgina kontsernga a’zo bo’lishi mumkin, vaholanki, konsortsiumda unday emas. Qanday mulkchilikka asoslanishidan qat’i nazar, korxonani korporativ guruhiy manfaatlari mavjud. Korxona mulk shaklidan mustasno holda, ishlab chiqarish jamoasi uyushmasini tashkil etadi. Bu jamoa a’zolarini birlashtiruv manfaati bo’lib, faqat korxona doirasidagina, korxona normal ishlagandagina yuzaga chiqadi. Korxona jamoasi uch toifa kishilardan tashkil topadi. Korxona egalari, menejerlar (boshqaruvchilar), yollanib ishlovchilar. Ular turlicha mulkiy mavqega ega. Korxona egalari mulkdorlar, korxonadagi moddiy resurslar, yaratilgan tovarlar va pul mablag’lari ularga tegishli. Ammo korxona maqomiga qarab mulkdorlar tarkibi turlicha bo’ladi. Korxona egasi — tadbirkorlardan tashqari ularning sheriklari bo’lgan menejerlar, oddiy ishchi-xizmatchilar ham bo’lishi mumkin. Ular korxona ishida nafaqat mablag’i, mehnati va tadbirkorlik iste’dodi, boshqarish mahorati bilan qatnashadilar. Korxona ishida kapitaldan tashqari mehnat ham qatnashar ekan, olingan foyda omillar ulushiga qarab taqsimlanishi amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona xuddi shunday tovar chiqaruvchi xizmat ko’rsatuvchilar yoki shu tovarni o’rnini bosa oladigan tovar ishlab chiqaruvchilar bilan ularga qaraganda qulayroq sharoitga ega bo’lish hamda yuqoriroq daromad olish uchun kurashadi. Raqobatda g’olib chiqishda insoniy omil muhim rol o’ynaydi. Korxonaning raqobat kurashi natijasida tabaqalanishi kuchaya-di. U nihoyatda katta daromadga ega bo’lishi yoki sinishi mumkin. Raqobat kurashida yutib chiqishda tijorat siri muhim. Korxonaning tijorat siri Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling