Faoliyati sub’ektlarining huquqiy maqomiga ko’ra: a jismoniy shaxslar
Download 90.5 Kb.
|
Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat korxonalari
- Aralash firmalarga
- Konsortsium odatda
aktsiyadorlik jamiyatlari yoki korporatsiyalardir. Bu aktsiyadorlarning uyushmasi bo’lib,
uning a’zolari biznes ishi yo’lida jamiyatga birlashadilar. Jamiyatga qo’yilgan kapitalga qarab, maxsus qimmatbaho qog’oz — aktsiya chiqaradilar. Aktsiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanadi va foydadan o’z hissasiga muvofiq — dividend oladi. Aktsioner jamiyatlarining yopiq va ochiq turlari bo’ladi. Yopiq jamiyat aktsiyalari faqat ma’lum guruh kishilari, masalan, korxona ishchixizmatchilari o’rtasida tarqatiladi. Ochiq jamiyatda esa uning aktsiyasi barcha xohlovchilarga sotiladi. Davlat korxonalari davlat mulki bo’lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonadir. Bozor iqtisodiyotida davlat tadbirkorligi mavjud bo’lganidan davlat korxonalari ham mavjuddir. Bu korxonalar markaziy va mahalliy hokimiyatga qarashli bo’ladi. Ular birgalikda davlat sektorini tashkil etadilar va iqtisodiy-ijtimoiy hayotda ishlab chiqarishning eng muhim va mas’uliyatli vazifalarini bajaradi (mudofaa, aloqa, transport va boshqalar). Aralash firmalarga ikki nuqtai nazardan qarash mumkin: a) turli mulk shakliga asoslangan milliy korxona; b) milliy va xorijiy kapital asosida vujudga keltirilgan qo’shma korxona. Ularning kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi ham shunga qarab taqsimlanadi. O’zbekistonda hozirgi paytda xorij kapitali ishtirokida tuzilgan 1000 dan ortiq qo’shma korxona, 400 atrofida aralash mulkka asoslangan milliy korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Firmalar shoxobchasi (filiali) yirik firmalarning tarkibiy qismi bo’lib, turli joylarda ish yuritadi. U mustaqil emas, bosh firmaning bir qismi. Ish ko’lami hududiy jihatdan kengaygan sharoitda firma bo’limlari tashkil etiladi. Bu ayniqsa, xalqaro korporatsiyalarga xos bo’lib, ular turli mamlakatlarda o’z bo’limlarini ochadilar. Korxonalar ishlab chiqargan mahsuloti, ish ko’lamiga qarab: kichik korxona (biznes), o’rta korxona (biznes) va yirik korporatsiya (biznes)ga ajratiladi. Buning uchun mezon qilib firmada ishlovchilar soni yoki firmaning ishlab chiqarish va savdo-sotiq hajmi qabul qilingan. AQShda ishlovchilar soni necha kishidan iboratligiga qarab, korxonalar 5 toifaga bo’linadi: 1) o’ta kichik korxona (10 kishi), 2) juda kichik korxona (20 kishi), 3) kichik korxona (99 kishigacha), 4) o’rta korxona (500 kishigacha), 5) yirik korxona (500 dan ziyod kishi). Respublikamizda sanoat va qurilishda 50 kishigacha, boshqa ishlab chiqarishda 25 kishigacha, fan va ilmiy xizmat ko’rsatish sohasida 10 kishigacha, chakana savdoda 5 kishigacha bo’lgan korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi. Kichik korxonalar yirik korxonalarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Ular quyidagilar: a) tez muddatda qurilishi; b) kapital aylanish tezligining yuqoriligi; v) talabning o’zgarishiga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini tezda o’zgartirish imkoniyati; g) mabodo, korxona bozor iqtisodiyoti sharoitida sinsa ham mulk egasi ko’radigan zarar yirik korxonaga qaraganda kamligi va boshqalar. Shuning uchun ham xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishda kichik korxonalar shubhasiz ustunlikka ega. Hozirgi paytda AQSh da iste’mol mollari ishlab chiqaradigan umumiy sanoat ishlab chiqarishning 48%, Yaponiyada 51%, Frantsiyada 45%, Germaniyada 25% i kichik korxonalar hissasiga to’g’ri keladi. AQShda 18 million atrofida kichik korxona mavjud. Respublikamizda ham ularning afzalligini hisobga olib, kichik korxonalar barpo etishga katta ahamiyat berilyapti. Mamlakatimizda hozir 500 mingdan ortiq kichik korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Ma’lumki, Osiyoda, jumladan respublikamiz aholisiga mayda tovar ishlab chiqarish, hunarmandchilik an’analari xos. Bu xususiyat respublikamizda xususiy mulkchilikka asoslangan individual, oilaviy ishlab chiqarish kichik biznesni rivojlantirish imkonini beradi. Ularning asosiy kamchiligi moliyaviy resurslarning etishmasligi. Turli-tuman mulkchilik sharoitida qaysi mulk turiga asoslangan, qanday iqtisodiy faoliyat yuritish afzal ekanligi aniq shart-sharoitdan kelib chiqib aniqlanadi. Uni quyidagi mezonlar asosida solishtirish mumkin: 1. Xo’jalik yuritish turini tashkil etish osonmi yoki qiyinligi. 2. Mulkiy mas’uliyat va boshqarishni amalga oshirish darajasi. 3. Bozordagi talabni o’zgarishiga moslashish darajasi. 4. Fan-texnika taraqqiyotini ta’minlay olish, ishlab chiqarish sifatini yaxshilash imkoniyati. 5. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish darajasi. Xususiy mulkchilikka asoslangan xususiy-oilaviy fermer xo’jaligi ko’pchilikni diqqatini shunisi bilan jalb etadiki, uni tashkil etish oson, ko’p mablag’ talab etmaydi. Mulk egasi eng avvalo o’z bilimi, tajribasiga tayanadi. Bozordagi talabga tezda moslasha oladi. O’zi xohlagancha xo’jaligida o’zgarishlar qila oladi. Daromad uning o’ziga tegishli. Qonun bo’yicha cheklashlar minimal darajada. Bu xo’jalik yuritishning eng kata kamchiligi mulkiy mas’ulicht mulk egasining bo’ynida bo’lgani uchun, barcha faoliyatga o’zi javob beradi. Bordi-yu, sinsa- bankrot bo’lsa, qarzlarni o’zi to’laydi. Buni natijasida ayrim paytlarda uy-ro’zg’or buyumlarini ham sotishga to’g’ri keladi. Ikkinchidan, xo’jalik yuritish uchun zarur bo’lgan daromad va mablag’larini kamligi, cheklanganligidir. Shirkat, kooperativ, kichik jamoa xo’jaliklarini yuqoridagi xo’jalik shakllaridan afzalligi shundaki, bir necha mulk egalarining qo’shilishi omillarni ko’paytiradi. Bozorga tez moslasha oladi. Bu xo’jalik turida ham ko’pincha daromad, ishlab chiqarishni tashkil etish, kengaytirish uchun mablag’ etishmaydi. Xususiy — korporativ mulkka asoslangan aktsionerlik jamiyatlari bu kamchilikdan xoli. Fan-texnika taraqqiyotiga katta ta’sir o’tkazadi. Pay mulkdan umumiy maqsadda yagona boshqaruv orqali foydalaniladi. Shu bilan birga har bir paychini o’z mulki boshqarishda qatnashishini ta’minlaydi. Korxona xo’jalik faoliyatining pirovard natijasiga qarab, har bir mulk egasi o’z ulushini oladi. Aktsiya egalarining javobgarligi cheklangan. Agar korxona bankrot bo’lsa, u o’z aktsiyasi miqdorida mulkini yo’qotadi, xolos. Xohlaganda aktsiya sotib olib mulk egasi bo’ladi yoki aksincha, sotib mulk egalari safidan chiqadi. Bunday xususiylik bilan umumiylikning afzalliklari qo’shilishi xususiy va umumiy o’zlashtirishning asosiy tamoyillarini bir butun qilib biriktiradi. Korporatsiyalar katta miqdorda pul sarflab biron mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgach, yangi mahsulot ishlab chiqarishga tezda moslashishi qiyin. Biznesning korporativ shaklida ba’zi bir suiiste’mol qilish uchun imkoniyat mavjud. U hech qanday qiymatga ega bo’lmagan qimmatbaho qog’ozlarni sotishi va sotib olish uchun baza bo’lishi mumkin. Undan tashqari, tipik aktsiya egasi korxona faoliyatiga ta’sir ko’rsata olmaydi. Ko’pchilik o’zining ovoz berish huquqidan foydalanmaydi. Undan tashqari, soliq ikki marta: foydadan hamda dividenddan olinadi. Mulk va xo’jalik yuritish shakllarini qiyoslar ekanmiz, hech qaysi shaklini har taraflama afzal deya olmaymiz. Biridagi afzallik ikkinchisida yo’q. Biri ikkinchisining o’rnini bosa olmaydi. Milliy iqtisodiyotda har birining o’z o’rni, ahamiyati borki, undan kelib chiqib davlat har bir mulk va xo’jalik shaklini rivojlanishi uchun sharoit yaratishi lozim. Hozirgi sharoitda iqtisodiy faoliyat yuritish uchun turli korxonalarni ittifoq (assotsiatsiya)larga birlashuvi jarayoni yuz bermoqda. Rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan, bizda ham hozirgi paytda vujudga kelayotgan assotsiatsiya shakllaridan biri konsortsiumdir. Konsortsium korxonalarning maxsus tashkil etilgan birlashmasi bo’lib, uning ishtirokchilari o’z mustaqilligini saqlab qoladi, ammo muayyan maqsad yo’lida birlashadilar. Odatda, konsortsium moliyaviy ishlar yuzasidan tuzilib, unga davlat, banklar, moliya, investitsiya kompaniyalari, yirik firmalar, har xil pul fondi tashkilotchilari uyushadi. U katta mablag’ talab etadigan ishlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi. Konsortsium odatda Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling