Faoliyati sub’ektlarining huquqiy maqomiga ko’ra: a jismoniy shaxslar
Download 68.5 Kb.
|
Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Innovatsion
1.Ratsionalizatsiya strategiyasi. Yangiliklarni joriy qilishga, yangi texnologiyani sinab
ko’rishga harakat qiladi. Bunda ularni ko’pincha venchur1 kompaniyalar moliyaviy qo’llabquvvatlaydi. 2.Kvota (mahsulot ulushi)ni tabaqalashtirish strategiyasi. Bunda firma maksimal foyda olish maqsadida investitsiya qilib, mahsulot sotish bo’yicha bozorda tovar sotishdagi ulushini ko’paytirishga harakat qiladi. Tovarni narxini tushirib, talabni ko’paytirishni ko’zda tutadi. 3.Innovatsion strategiya. Bunda firma mahsulot va xizmatlarni yangilashni ko’zda tutadi. U mahsulotni yangilash yoki texnologiyani yangilash bo’lishi mumkin. Mahsulot yangilanganda xarajatlarni pasaytirish orqali foyda olish ko’payadi. 4.Bozorni boshqalar egallamagan segmentini to’ldirish. Bu yo’nalishda ilmiy izlanishlar olib borib, uning asosida ishlab chiqarishni tashkil etish. Masalan, dorivor o’simliklardan (boshqa erda o’smaydigan) turli dorilar tayyorlashni yo’lga qo’yish. Bu anchagina xatar bilan bog’liq. (Xatar — bu ko’zlagan daromadini ola bilmaslik yoki zarar ko’rish ehtimoli.) Bozor iqtisodiyotida individual tadbirkorlik o’ziga xos o’rin tutadi, lekin iqtisodiy faoliyatga nisbatan obro’li, barqaror, uzoq muddatli vaqtga mo’ljallangan, tashkil etish ko’lami jihatidan salmoqli shakli — korxonadir. Aynan u xo’jalik faoliyatining eng ko’p tarqalgan tipik shaklidir. Korxona qaysi mulkka taalluqli bo’lmasin firma, zavod, fabrika nomlari bilan ataladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalarni barpo etish, ular faoliyatini tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari, O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risidagi qonunida belgilab berilgan. Korxona xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida mulkchilikning biron shakliga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida maydonga chiqadi. Korxona bozor munosabatlarining sub’ekti sifatida qatnashibgina qolmay, uning ob’ekti hamdir. Korxona mulkchilikning muayyan ob’ekti bo’lib, uning qo’lida resurslar va yaratilgan mahsulot mavjud. Korxona iqtisodiy faoliyat jarayonida munosabatlarning sub’ekti sifatida maydonga chiqadi. Har qanday iqtisodiyot kabi bozor iqtisodiyoti ham murakkab tizim sifatida ichki tarkibga ega. Undagi turli bo’g’inlarning har biri ma’lum vazifani bajaradi. Korxona har qanday ishlab chiqarishning birlamchi, asosiy bo’g’inidir. Bozor iqtisodiyotida asosiy tarkibiy birlik, xo’jalik yurituvchi bo’g’in korxona (firma) hisoblanadi. Korxona (firma) ishlab chiqarish resurslarini rejali asosda, ma’lum nisbatda, kombinatsiyada birikishini ta’minlab, o’z manfaatini mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish yo’li bilan amalga oshiruvchi, xo’jalik yurituvchi bo’g’in «zveno»ni ifodalaydi. Firma ham, korxona ham xo’jalik yurituvchi huquqiy shaxs bo’lgani uchun xo’jalik faoliyatining ob’ekti bo’ladi. Shu bilan birga iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xo’jalik yuritish sub’ekti hamdir. Iqtisodiyotda, odatda firma ko’proq umumlashtiruvchi tushuncha sifatida ishlatiladi. Firma o’z ichiga bitta yoki bir necha korxona, ishlab chiqarish turini olishi mumkin. Korxona esa odatda bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga, bir xil narsa ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Barcha korxonalar faoliyatining majmui iqtisodiyotni tashkil etadi. Ishlab chiqarish omillari korxonada birikib, bu erda mehnat yuz beradi. Jamiyatning talab-ehtiyojini qondirishga qaratilgan moddiy mahsulotlar yaratiladi va har xil xizmatlar ko’rsatiladi. Firmalarni tasniflash (klassifikatsiya qilish) uchun iqtisodiy adabiyotda turli mezonlar olinadi. Ulardan eng asosiysi 2 ta: mulkchilik shakli, firmaning katta-kichikligi. Mulkchilik bo’yicha qarasak, ular 3 xil: a) individual yoki xususiy firma; b) sherikchilik asosida tashkil topgan firma; v) korporatsiya (aktsionerlik jamiyati). Korxona o’z mulkiga o’zi egalik qilishi uni erkin bo’lishi ga-rovidir. Korxona xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida iqtisodiy mustaqillikka ega. Nimani qancha, qanday usullar bilan ishlab chi-qarish, uni kimga, qaerda qanchadan sotishni, tushgan pulni qaysi maqsadda ishlatishni korxonaning o’zi hal qiladi. Barcha muammolarni echishda korxona bozorga qarab ish tutadi. U bozordagi resurslar narxi, o’zining tovarlari narxi, qilgan xarajatlariyu oladigan foydasi miqdoriga qarab ish tutadi. Narx-navo va xarajatlar miqdori korxonaga el qatori foyda olish imkonini bergandagina u faol ishlaydi. Bozordagi raqobat korxonani iqtisodiy sharoitga tez moslashib doimo manyovr qilishi — tovarlarni yangilash sifatini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi, investitsiya va innovatsiya bilan shug’ullanish, faol reklama siyosatini olib borish kabilarga undaydi. Korxonalar mulkiy maqomi, tashkiliy-huquqiy asoslari, xo’jalik yuritish uslublariga ko’ra xilmaxil bo’lib, asosiylari: — xususiy firma, shirkat firmalari, mas’uliyati cheklangan firma, davlat korxonasi, aralash firmalar. Hozirgi paytda korxonalarning keng tarqalgan shakli — aktsioner jamiyatlari yoki korporatsiyalardir. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling