Faoliyatining umumiy tavsifi
-rasm. “Naxshab” mehmonxonasining tashqi interyeri.3
Download 1.66 Mb.
|
Naxshab
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. “ Naxshab” mehmonxonasining restorani. 4 4-rasm. “ Naxshab” mehmonxonasining restorani.
- 5-rasm. “ Naxshab” mehmonxonasida. 5
2-rasm. “Naxshab” mehmonxonasining tashqi interyeri.3
2.“ Naxshab” mehmonxonasining mijozlarga xizmat ko‘rsatish dasturi. Qarshi shahrida joylashgan “Naxshab” mehmonxonasi 2019-yildan boshlab keng qamrovdagi rekonstruktura ishlarini amalga oshirdi. Hozirda mehmonxonaning ichki dizayni, xizmat ko‘rsatish sifati qaytadan yangilandi. “Naxshab” mehmonxonasi mamlakatimizda o‘z faoliyatini 2009-yilda boshladi. Bugungi kunda mehmonxona xodimlari dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyuruvchi sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha standart darajada xizmat ko‘rsatib kelmoqda va O‘zbekistonning mehmonxona rivojiga katta hissa qo‘shmoqda. Alohida ta’kidlash joizki, hattoki Covid-19 virusi tufayli mamlakatimiz va butun dunyo davlatlarida iqtisodiy inqiroz jadal sur’atlarda keskinlashib borayotgan bir paytda “Naxshab” o‘zining iqtisodiy barqarorligini ushlab qola olmadi va o‘z daromadi tushib ketdi. Mehmonxonalarning “yulduzli” toifalarga bo‘linishi mijozlarning o‘ziga mos mehmonxonani tanlashiga yordam beradi. 2017-yildan boshlab O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatimizdagi mehmonxonalarni sertifikatsiyalash va tasniflash bo‘yicha mas’ul etib tayinlandi. Endilikda qo‘mita mehmonxonalarning tashqi va ichki ko‘rinishi, jihozlanishi, xizmat ko‘rsatishi darajasi va boshqa mezonlarga ko‘ra baholab boradi. Mehmonxona qayta ta’mirlanganidan so‘ng xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ham bir necha sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Rekonstruksiya jarayonidan so‘ng mehmonxonadagi xonalar, anjumanlar zali butunlay qaytadan ta’mirlandi. Bundan tashqari, turli xil mavzudagi anjumanlar, seminar hamda treninglar tashkil etish uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 3-rasm. “Naxshab” mehmonxonasining restorani.4 4-rasm. “Naxshab” mehmonxonasining restorani. Ushbu restoranda, asosan, nonushta tashkillashtiriladi. Nonushta vaqti 7:00 dan 10:00 gacha davom etadi. Nonushta stoli “Shvedskiy stol” ko‘rinishida bezatilgan bo‘ladi. 5-rasm. “Naxshab” mehmonxonasida.5 Ertalab mehmonlarni mazali va xilma-xil nonushta kutmoqda. Bufetda siz sut mahsulotlari, donli mahsulotlar, yangi xamir ovqatlar, turli pishiriqlar, mevalar, mevali ichimliklar, mazali va foydali taomlarning katta tanlovi, shuningdek, turli xil mahsulotlarni topasiz. Turli xil murabbo, asal, shokoladlarni ham uchratishingiz mumkin. Sizga yangi tayyorlangan maydalangan qahva, xushbo‘y va meva sharbatlari qo‘shiladigan xushbo‘y ko’k choyi ma'qul keladi. Bundan tashqari, individual imtiyozlarga ko‘ra, qo‘shimcha to‘lovlarsiz siz har xil turdagi omletlarga yoki o‘zingizning sevimli pishirilgan tuxumingizga buyurtma berishingiz mumkin. Hozirgi kunga kelib, mehmonxonalarning qo‘shimcha xizmat turlari 2000 dan ortgan va kun sayin yangilanib bormoqda. O‘zbekistonda mehmonxona qo‘shimcha xizmatlarining soni hozirda 400 tadan oshgan. Hozirgi kunda mehmonxonalar uchun eng muhim omil qo‘shimcha xizmatlarning yaratilishi va kengayishi bo‘lib, raqobatdosh korxonalar aynan mana shu qo‘shimcha xizmatlarining keng assortimentligi va sifati bilan o‘zaro raqobat olib bormoqdalar. 1-jadval
Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling