-Foyda solig‘i 15% miqdorda, sof foydaga solinadigan soliq (dividendga) 10% miqdorda;
-Ijtimoiy soliq mehnatga haq to‘lash fondidan 12% miqdorida;
|
- Xodimlarning oylik maoshlaridan:
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12% miqdorida;
Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari (ShJPB)- 0,1%.
Doimiy muassasa o‘z xodimlari kesimida ish beruvchi sifatida soliq agenti hisoblanadi, ya’ni xodimlarning oyligidan tegishli soliq to‘lovlarini ushlab qolib, byudjetga to‘lab beradi.
|
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i 15% miqdorida;
|
-Aksiz solig‘i - aksizosti tovarlar (xizmatdar) bo‘yicha soliq stavkalari Soliq kodeksining 2891, 2892 va 2893-moddalarida belgilangan.
|
Mol-mulk solig‘i
Noturar ob’ektlar- 1,5%
Normativ muddatlarda qo‘rilishi tugallanmagan ob’ektlarga nisbatan- 3%
Alohida toifadagi mulklar uchun - 0,5% (saqlashdagi ko‘chmas mulk ob’ektlari, temir yo‘llar,magistral va boshqalar).
|
- Yer solig‘i– qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun soliq stavkalari Soliq kodeksining 429-moddasida belgilangan.
|
- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq– belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari mutlaq miqdorda bir kub metr uchun soliq stavkalari Soliq kodeksining 445-moddasida belgilangan.
|
- Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – foydali qazilmalar guruhisoliq kesimida stavkalari Soliq kodeksining 452-moddasida belgilangan.
|