Norezident daromadi tarkibiga nimalar kiradi?
|
O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar hamda O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi, huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari va iqtisodiy munosabatlarning boshqa sub’ektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa daromadlar O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiradi.
|
Norezident daromadi tarkibiga nimalar kirmaydi?
|
1) faqat tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilgan hamda faqat O‘zbekiston Respublikasida tovar sotib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovar olib kirish bilan bog‘liq tashqi savdo operatsiyalaridan olingan daromadlar.
2) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar (SKning 351-modda ikkinchi qismda ko‘rsatilgan daromadlar mustansno).
|
Soliqni kim to‘laydi?
|
Soliq norezidentga daromad to‘lovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi.
Soliqning ushlab qolinishi soliq to‘lovchining daromadlaridan bunday daromadlarning har bir to‘lovi paytida amalga oshiriladi.
|
|