Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash reja: 1 Faoliyat tushunchasi


Download 118.5 Kb.
bet5/21
Sana22.06.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1650362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash

Onglilik va maqsadga muvofiqlik. Inson faoliyati oqilona, ongli va maqsadga muvofiq bo‘ladi. «Oqilonalik – inson faoliyatining barcha turlariga amalda xos bo‘lgan jihat»5, deb qayd etadi E.Kassirer. Oqilonalik insonning o‘z faoliyati maqsadlarini aqlga muvofiq tarzda belgilash va ularni erkin va ongli boshqarish qobiliyatini anglatadi. I.G.Fixte inson tabiat kabi zaruriyat taqozosiga ko‘ra emas, balki ongli niyat bilan ish ko‘rishini ta'kidlaydi. Ayni shu sababli tabiat va jamiyatni o‘zgartirish insoniyatning ma'naviy burchidir6.
Onglilik va maqsadga muvofiqlik – inson faoliyatini hayvonlar faolligidan farqlash imkonini beruvchi muhim xossalardir. Ammo ular «sof ko‘rinish»da mavjud bo‘lmaydi. Shu sababli onglilik va maqsadga muvofiqlikka zid bo‘lgan xossalarni inson faoliyatining talqini doirasidan chiqarish o‘rinli bo‘lmaydi. Xususan, insonning barcha faoliyati ham ongli bo‘ladimi, degan savol ustida mulohaza yuritib ko‘raylik. Amalda faoliyat ayrim ko‘nikmalar shakllanishini nazarda tutadi (kasbiy mahorat esa aksariyat ko‘nikmalarni avtomatizm darajasiga ko‘taradi); faoliyatda anglanmaydigan mayllar, mo‘ljallar, tajriba, o‘tmishda (aksariyat hollarda – bolalikda) olingan taassurotlar o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Faoliyat «onglilik – ongsizlik» qarama-qarshiligining birligidir, deb aytish uchun asoslar mavjud. Ziddiyatli vaziyatlar – mutlaqo ongsiz va ongga butunlay bo‘ysungan faoliyatni hayotda juda kam uchraydigan muayyan abstraksiya sifatidagina tasavvur qilish mumkin. Shuningdek, ongga to‘la bo‘ysunadigan harakat ko‘pincha samarasiz bo‘ladi.
Onglilik faoliyatning maqsadga muvofiqligini belgilaydi, chunki maqsadni qo‘yish o‘z ehtiyojlarini hamda mavjud vaziyatni bu ehtiyojlarni qondirish sharti sifatida anglashni nazarda tutadi. Maqsadga muvofiq faoliyat oldindan mo‘ljallangan muayyan natijaga qarab mo‘ljal oladi. Entoni Giddens o‘zining «Jamiyat tuzilishi» asarida inson faoliyati mo‘ljallanmagan natijasining ahamiyatiga e'tiborni qaratadi. Ammo faoliyat maqsadsiz bo‘lishi, ya'ni jarayonning o‘ziga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilishi ham mumkin. Albatta, ongsiz faoliyat mantiqsizdir, chunki hyech qanday maqsadni ko‘zlamaydi, lekin uning natijasi maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Masalan, suzishni bilmagan, lekin suvda oyoq-qo‘llari bilan tinimsiz harakat qilayotgan odam cho‘kmaydi. Ammo har qanday maqsadsiz faoliyat ham ongsiz bo‘lavermaydi (masalan, o‘yin).

Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling