Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash reja: 1 Faoliyat tushunchasi


Interiorizatsiya nazariyasining tanqidi


Download 118.5 Kb.
bet9/21
Sana22.06.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1650362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Faoliyatning o`zlashtirilishi va malakalarni egallash

Interiorizatsiya nazariyasining tanqidi. Shaxsning shakllanish jarayonida faoliyat qay darajada muhim rol o‘ynamasin, uni mutlaqlashtirish yaramaydi. Psixolog S.L.Rubinshteyn insonning kamol topishida faoliyat rolining mutlaqlashtirilishiga qarshi e'tiroz bildirar ekan, shunday deb qayd etgan edi: «Inson qobiliyatlarining rivojlanish jarayoni u yaratadigan narsalarning rivojlanish jarayoni emas, balki insonning kamol topish jarayonidir, chunki qobiliyatlar insonda narsalardan yaralmaydi»9. Inson tashqi ta'sirlarni tanlash va ularni o‘zining betakror, hyech kimnikiga o‘xshamaydigan individualligining ichki mantiqiga muvofiq qabul qilishda erkindir. Interiorizatsiya nazariyasi ijod omiliga putur yetkazadi, inson hayot faoliyatida qadriyatlarning rolini (ayniqsa san'at, din va axloq sohasida) inkor etadi, insonning ichki dunyosini soddalashtiradi. Shu sababli bola tarbiyasi bilan shug‘ullanganda uning individualligini hisobga olish, bunda uning ichki ruhlantiruvchi motivlariga tayanish, uni faoliyatga majburlamaslik, balki jalb qilish, uning imkoniyatlari va qobiliyatlarini aniqlash va ularga tayanish lozim.
Interiorizatsiya nazariyasining tanqidi shaxsning shakllanishiga faoliyatning ta'sirini rad etmaydi, balki uning imkoniyatlari chegarasini ko‘rsatadi. Zero, shaxsning shakllanishida faoliyatning rolini tushunish uchun insonning muayyan faoliyat turlariga bo‘lgan munosabatini belgilaydigan ichki xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Ichki xususiyatlar deganda avvalo shaxsning qobiliyatlari va irodasi zamirida yotuvchi tabiiy iste'dod nishonalari, oliy nerv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari (mijoz), umumiy ta'sirchanlik (ya'ni sezish va idrok etish individual qobiliyati), miya yarim pallasi asimmetriyasi va hokazolar nazarda tutiladi. Shaxsning ichki xususiyatlari nafaqat irsiy (genetik) va tug‘ma (embrional rivojlanish jarayoni bilan belgilangan) xossalar, balki shaxs hayoti, tarbiyasi, bilimi, hayot tajribasining o‘ziga xos holatlari ta'sirida shakllangan individual belgilar tushunchasini ham qamrab oladi.

Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling