Faoliyatning umumiy psixologik tavsifi Reja
Download 37.83 Kb.
|
Faoliyatning umumiy psixologik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy va aqliy harakatlar.
Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo usha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga karab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farklanadi. Tashqi faoliyat shaxsni urab turgan tashqi muxit va undagi narsa va xodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa , ichki faoliyat – birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jaraenlarning kechishidan kelib chikadi. Kelib chikishi nuktai nazaridan ichki-aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chikadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ruy beradi, tajriba orttirib borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jaraenga aylanib boradi. Buni nutk faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni kattik tovush bilan tashqi nutkida ifoda etadi, keyinchalik ishida o’zicha gapirishga urganib,uylaydigan, muloxaza yuritadigan, o’z oldiga maksad va rejalar kuyadigan bo‘lib boradi.
Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi muvofiklik nuktai nazaridan ongi tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy–motor harakatlar mujassam bo‘ladi .Masalan, fikrlaetgan donishmandni ko’zatganmisiz?. Agar uylanaetgan odamni ziyraklik bilan ko’zatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bo’lgani bilan uning peshonalari, ko’zlari, hattoki, tana va kul harakatlari juda muxim va jiddiy fikr xususida bir tuxtamga kelolmaetganidan, yeki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat xis kilaetganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshiraetgan – misol uchun ,o’zum kuchatini ortikcha barglardan xalos etaetgan bogbon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u kaysi bargning va nima uchun ortikcha ekanligidan anglab bilib turib olib tashlaydi. Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli – tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot kilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z ichiga oladi.Bunday harakatlar kuyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: Download 37.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling