Faqat-sen pdf
insonichalik unga dalda bera olmaydi... Hech kim, nahotki sevgi shu bolsa, ayriliq bilan
Download 197.19 Kb. Pdf ko'rish
|
faqat-sen
insonichalik unga dalda bera olmaydi... Hech kim, nahotki sevgi shu bolsa, ayriliq bilan
yakunlansa,qalblarda armon boʻlib qolsa, shumi sevgi,shumi muhabbat??? Alining ota onasi Polshadan yetib kelishdi. Uni urf odatga koʻra koʻmib,chiqarishdi. Õğlining õlimiga chiday olmagan Alining onasi ancha kasalxonada yotib chiqdi. Ali bu dunyoni tark etgandan soʻng Alining otasi barcha aybni Nurmuhammad boboga agʻdardi. Siz qaramagansiz,shu yerga kelgandan keyin shunday boʻldi,sizni aybingiz,bu gaplar keksa kishiga ogʻirlik qildi. Har kuni Nurmuhammad bobo yigʻlardi. Oxiri bu gaplarga ishonib,õzi ham Alini õlimida õzini ayblaydigan boʻlib qoldi. Oradan 1 hafta õtgach, oldingi Jayronadan asar ham qolmadi. Kiyinishi,darslari,repititor hech narsaga qiziqishi qolmagan,xuddi õlik inson singari yashayotgan edi. Odamlarni gapini eshitmas,yaxshilab ovqatlanmas edi. Qurʼon tilovat qilishni buvisi õrgatgan edi. Juma kuni Alining qabriga chiqib Quron tilovat qilar, u yerda ancha vaqt qolib ketardi. Bu holatni ancha uzoqdan Ahmad kuzatib turardi. Lekin indamasdi. Ahmad Jayrona Alini sevib qolganligini tushunib yetgandi. Lekin õzi ham Jayronani sevgani uchun unga indamas,koʻproq yonida bõlishga intilardi. Alini õldirgani,odamlarni garovga olgani uchun ota bolalarga 55 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangandi. Lekin shu 55 yil Alini qaytarib bera oladimi. Jayronaning baholari umuman pasayib ketdi. Otasi qamoqdan chiqishi ham uni xursand qila olmadi. Repititorga umuman bormay qoʻydi. Koʻzlari qizarib ketardi,kechasi bilan yigʻlab chiqardi. Bir kuni Oqilaxon qizini yoniga oldi,gaplashib olmoqchi boʻldi. Qizim senga nima bõlgan ediki Alining õlimidan song õzgarib qolding? Axir sizlar doʻst edingiz xolosku,yoki biz bilmagan boshqa gap bormi? Oyi Jayrona onasiga qaradi,hali ham tushunmadingiz mi? Biz nafaqat doʻstlar,balki bir birini sevgan oshiqlar edik. Joyi jannatdan bolsin! Alining oxirgi gapi hali ham quloqlarim ostida jaranglaydi. Meni unutma. Qanday qilib unutaman? Ahmadchi? Unda u kim ? Onasi qizidan soʻradi. Jayrona xuddi quturgan qiz misol onasini billaklarini mahkam ushlab oldi. Qanaqa Ahmad? A qanaqa Ahmad,unday odam yoq, hayotimda tushundizmi? Yoq. Uning katta qizargan koʻzlarini koʻrib,onasi qorqib ketdi. Qizim qoʻlingni ol,qizim? Jayrona shundagina õziga keldi. Nima, õylab kor yaxshilab Jayrona, agar Ali tirik bõlganda shu holatingni korib xursand boʻlarmidi? Axir maktabga ham, repititorga ham birga borardingizku??? Uni ruhi shod boʻlishini istasang avvalgi holatiga qayt, bu turishingni korib,uning ruhi faqat qiynaladi. Jayrona biroz õyga tolib turdida keyin toʻgʻri aytasiz,endi õqishimni tiklayman, repititorga ham boraman, lekin Alini hech qachon unutmayman,har juma kuni uni koʻrishga boraman. Quron tilovat qilaman. Faqat uning ruhi shod bolsa bõldi. Ertasi kuni yuvinib,taranib,uzun sochlarini õrdi. Maktab kiyimlarini tartibga keltirdi. Kitoblarini,oq qoğozlari qalamlarini joylashtirdi. Maktabga borib joyiga õtirdi. Anchadan beri qoʻliga qalam olmagan edi. Chizma chizishga tushdi. Yoniga Ahmad õtirdi. Chizmangda xato bor,kelgin toʻgʻirlab beraman. Ali ham xuddi shunday derdi. Lekin bu Ahmad. Endigina qalamga qol chõzgan Ahmadning qolini siltab tashladi. Sen Alining õrnini bosa olaman deb õylayapsanmi? Hech qachon? Bor boshqa yoqqa õtir,yõqol bu yerdan Ahmadga õshqirdi Jayrona. Jayrona kundan kunga õzgarib ketayotgandi. Anvardan uning uchun ham sport ustozi topib berishini soʻradi. Õzini himoya qilish usullarini õrganmoqchi edi. Endi u boshqa Jayrona bõlmoqchi,qoʻrqmas,aqlli,qatʼiyatli,kuchli. Lekin hech qachon Alini unutmaydi,u bir umr qalbida yashaydi. Togʻga bordi, gulni qidirdi. Lekin Alidan song,xuddi Aliga õxshab Doʻstlik guli ham ğoyib boʻlgan. Yoq. Balki kimdir yulib ketgandir. Ali bilan borgan har bir joyga borib koʻradi. Alini qidiradi. Xuddi u kelib,yoniga õtiradiganday, qollaridan tutadiganday, shirin gaplari bilan ovutadiganday. Lekin bularning barchasi sarob,õlgan odam qaytib kelmaydi. Yoq,nega yomon insonlar yaxshi insonlarga nisbatan koʻproq umr kõrarkin? Nega bu hayot beshavqat. Jayrona sevganidan ayrildi. Lekin Ahmad Jayronani yõqotgisi kelmasdi. Doim ortidan kuzatib yurardi. U bosib õtgan yoʻllardan xuddi yosh bolakay singari Ahmad ham bosib õtardi. Kundan kunga unga boʻlgan sevgisi ortib borar,u azob cheksa,Ahmad ham azoblanardi.Lekin doimo bir narsadan umid qilardi, Jayrona yana uni yoniga qaytishiga,avvalgiday sevib qolishiga ishonardi. Alining õlimidan qiynalayotgan faqat Jayrona emas,balki bir kungina uni sevgilisi boʻlib turgan Sabina ham qattiq iztirob chekayotgan edi. Axir unga ham ilk bor qol chõzgan Ali ediku... Yordam bergan,yonida turgan Ali ediku... Alining Download 197.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling