kõrinishimga qarab baho bergan. Telefonni unga ber. Anvar Holidaga telefonni uzatdi.
Holida yana Assalomu alaykum dedi. Oqilaxon ham qizim siz meni kõrinishimga
aldandingizmi? Men sizni kelinim deb hisoblay boshladim. Yaqinda toʻy boshlaymiz. Holida
biroz jim bõlib,song siz singlim va meni qabul qilasizmi deya oldi hayajonlanib. Albatta
qizim qabul qilaman. Singlingiz qizimga ham singil boʻlib yuradi. Nasib boʻlsa buyogʻi
qõshaloq tõy. Holida sekingina telefonni qaytarib Anvarga tutqazdi. Xuddi ayb ish qilgan
yosh boladay yerga qarab turaverdi. Anvar oyisiga bopti oyi uyga borganda gaplashamiz
deb telefonni õchirdi. Koʻrdingmi podadan oldin chang chiqarasan. Eshitmay ikkinchi
konglimda u bor,bu bor degan gaplaringni man sanga yosh bolamanmi? Yoq men onangizni
koʻrinishlaridan norizolar deb õylagandim. Tashqi koʻrinish aldamchi boladi azizam. Ha
shunday ekan. Yur aylanamiz. Anvar Holidani uchrashuvga taklif qildi. Ilk uchrashuv. Sayr.
Uyda esa Oqilaxonga Toshkentlik qudalar tomonidan ham rozilik javob berildi. Kelayotgan
haftaga unashtiruv qilishadigan bõlishdi. Bira tõla ikki kelin. Maktabda darslar tugagach
hamma õz uyiga. Jayrona hali mashgʻulotlariga borishi kerak. U yana chizmalar
chizishni,kulishni va sevishni boshladi. Ali uni qalbidan bir umrlik joy olgan boʻlsada,uni
unutib boʻlmasada inson õz ajali bilan õlishi,ungacha esa Alloh bergan umrni yashashga
majbur va bunga har bir inson koʻnikadi. Birpasda bir hafta õtdi. Chorshanba kuni
unashtiruv belgilangan. Qarindoshlar sarpo suruq qilib qudanikiga yoʻl olishgan ikkita tilla
baldoq va uzuk olib olishdi. Jayrona qaynisingil sifatida baldoqni taqib qõyishi kerak
kellinoyisiga. Shuning uchun Jayrona ham ular bilan birga ketayotgan edi. Bir
Toshkenlarni aylanib kelsinchi. Ularni uyiga borib unashtirib qoʻyishdida ortga qaytishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |