boʻlmagach Sanjar Anvarga qarab ha sportchi,yana bu chempion emish, Holida haqida ayt.
Anvar yalt etib Sanjarga qaradi,koʻzlarini olaytirdi. Chunki Anvar hali Holidani yoqtirib
qolgan,yoki qolmaganini bilmasdi. Undan tashqari Holidani ham koʻnglida kim borligini
bilmasdi. Jayrona jimgina akalarining shumliklarini kuzatib,kulib oʻtirardi. Demak,Anvarni
ham yoqtirgani bor onasi qoshini uchirdi. Qoʻshaloq toʻy qilamiz, arzonroq ham tushadi.
Otasi Sobit Ilhomov ham maʼqulladi bu fikrni. Aslida oilasi uni yana qabul qilganiga
xursand edi. Ertasi kuni maktabda Ahmad qandaydir boshqacha,gʻamgin,darslarga
qatnashmay bir nuqtaga tikilib oʻtirardi. Jayronaga bir marta ham qaramadi. Ketishda ham
sumkasini taqib hammadan oldin chiqib ketdi. Kurs mashgʻulotlariga ham bormadi. Uni
oʻrniga boks mashgʻulotlariga qatnashdi. Tinmay boks qopi bilan ishladi. Ikkinchi kuni
ham,uchinchi kuni ham,bir hafta bu holat takrorlanaverdi. Soʻng Jayrona butkul
yolgʻizlanib qolganini tushundi. Doimiy yonida yuradigan bir insonni ham koʻnglini
oʻgʻritdi. Tushida ham Ali unga yuz burib ketardi. Bir kuni Jayrona Ahmad bilan yarashish
uchun uning doʻkoniga to oldi. Doʻkon yoniga yetib borganda ichkaridan bir qiz bilan
chiqib keldi Ahmad. Qizning qoʻllarida bir nechta paketlar, Ahmad esa unga qarab 3 dona
shokoladni koʻrsatib tirjayib turibdi. Jayronaning qoʻllari mushtga tugildi. Qanday oʻsha
yerda paydo boʻlib qolganini ham bilmay qoldi.Borib oʻsha qizni qoʻlidagi paketlarni tortib
olib otib yubordi. Olmalar ekan paketdagi. Qiz olmalarni Birma bir terib ola boshladi.
Jayrona Ahmadga qarab bir haftada yangi qiz topib olibsanda,oldingi qiliğingni
boshlabsanda yana. Boyagi qiz olmalarni terib oldida,paketlarni bir qõliga oldida,
Jayronani yelkasidan ushlab õziga qaratdi. Jayrona qaragan ham ediki yuziga tarsaki
Do'stlaringiz bilan baham: |