Faradey effekti magnitooptika effektlaridan biri. Doimiy magnit maydon


Download 122.24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.02.2023
Hajmi122.24 Kb.
#1194641


95. 
Faradey effekti — magnitooptika effektlaridan biri. Doimiy magnit maydon 
chiziklari boʻylab moddada tarqalayotgan yassi qutblangan elektromagnit nurlanish 
(mas, yorugʻlik) qutblanish tekisligining burilishidan iborat. 1845-yilda M. 
Faradey kashf etgan. Faradey effekti moddada magnit maydon chiziqlari boʻylab 
tarqalayotgan oʻng va chap doiraviy qutblangan elektromagnit toʻlqinlarning 
fazaviy tezligi birbiridan farkli boʻlishi bilan tushuntiriladi. Yassi qutblangan 
toʻlqinni oʻng va chap doiraviy qutblangan toʻlqinlar yigindisidan iborat deb 
qarash mumkin. Qutblanish tekisligining burilish burchagi 6 magnit maydon 
kuchlanganligi N va yorugʻlikning magnit maydonda oʻtgan yoʻli / ga 
proporsional: v=U1N, bunda V — moddaning xossalari, temperaturasi va 
nurlanishning toʻlqin uzunligiga bogʻliq boʻlgan proporsionallik koeffitsiyenti 
boʻlib, Verde doimiysi deb ataladi. Faradey effekti barcha elektromagnit toʻlkinlar 
uchun oʻrinli boʻlib, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 


92.kerr effekti 


89.yoruglikning qutublanishi-- yorugʻlik tolqinlari elektr E va magnit H maydoni 
kuchlanganliklari vektorlarining yorugʻlik nuriga tik tekislikda tartibli joylashuvi. 
Yorugʻlikning qutblanishi atamasini fanga I. Nyuton kiritgan, uning tabiatini J. K. 
Maksvell yorugʻlikning elektromagnit nazariyasida tushuntirib bergan. Fransuz 
fizigi E. Malyus Island shpati parchasi opkali Parijdagi Lyuksemburg saroyining 
botayotgan quyosh nurlaridan yaltirab turgan oynalarini kuzatib, kristallning 
maʼlum vaziyatda faqat bittagina tasvir koʻrinishini ajablanib payqadi. Shu va 
boshqa tajribalar asosida hamda I. Nyutonning yorugʻlikning korpuskulyar 
nazariyasiga tayanib, E. Malyus Quyosh yorugʻligida tartibsiz yoʻnalgan 
korpuskula (zarra) lar biror sirtdan qaytgandan yoki anizotrop kristalldan 
oʻtgandan keyin maʼlum yoʻnalishga ega boʻlib qoladi, deb faraz qildi. Bunday 
"tartiblangan" yorugʻlikni u qutbl angan yorugʻlik deb atadi. Yorugʻlik 
manbalaridan chiqqan yorugʻlik toʻlqinlari tartibsiz tarqaladi, yaʼni toʻlqinlar turli 
tekisliklarda tebranadi. Bunday toʻlqinli yorugʻlik tabiiy yorugʻlik deb ataladi. 
Tabiiy yorugʻlikdan farqli ravishda E va H vektorlarning oʻzaro perpendikulyar 
tashkil etuvchilari orasida doimiy fazalar farqi mavjud boʻlgan yorugʻlik 
qutblangan yorugʻlik deb ataladi. Yorugʻlik manbaining hamma elementar 
qismlaridan bir xil toʻlqinli yorugʻlik nurlari chiqsa, bunday yorugʻlikka toʻla 
qutblangan yorugʻlik deyiladi. Tabiiy yorugʻlik tarkibida chizikli, elliptik va 
doiraviy qutblangan yorugʻlik toʻlqinlari boʻladi. E ning uchi yoruglik nuriga tik 
tekislikda ellips chizsa, u holda yorugʻlik toʻlqinlari elliptik qutblangan yorugʻlik, 
aylana chizsa, doiraviy qutblangan yorugʻlik, E tekislikda doimiy yoʻnalishini 
saqlasa, bunday holatda chiziqli qutblangan yorugʻlik deb ataladi. Vakuumda 
yorugʻlikning tarqalishi uning qutblanganligiga bogʻliq boʻlmaydi. Agar yoruglik 
biror muhitda tarqalsa, yorugʻlikning yutilishi, tarqalish yoʻnalishi va tezligi uning 
qutblanganligiga bogʻliq boʻladi. Tabiiy yorugʻlikdan qutblangan yorugʻlik hosil 
qilish uchun qutblash asbobi (polyarizator)dan foydalaniladi. Yorugʻlikning 
qutblanishi moddalarning anizotropik xususiyatlarini oʻrganishga yordam beradi. 
Kristallooptikada kristallarning tuzilishi, mineralogiya va petrografiyada minerallar 
va togʻ jinslari qutblangan yorugʻlik yordamida oʻrganiladi. OOP [1] 


87.Gyuygens - FRENEL PRINSIPI — toʻlqin optikasining asosiy prinsipi; 
toʻlqinlar (yorugʻlik toʻlqinlari)ning tarqalishi haqidagi masalalarni yechish usuli. 
X. Gyuygens prinsipiga (1690) asosan fazoning tarqalayotgan toʻlqin yetib borgan 
har bir nuqtasi ayni shu paytda elementar sferik toʻlqinlar manbai deb qaraladi. Bu 
elementar toʻlqinlarni tutashtiruvchi urinma egri chiziq toʻlqinning yangi fronti 
hisoblanadi. Bu prinsip toʻlqinlarning tarqalishini aniqlaydi, lekin difraksiya 
hodisasini tushuntirib bera olmaydi. Bu kamchilikni O. J. Frenel 1818-yilda 
bartaraf qildi. U toʻlqinlarning amplituda va fazalarini hisobga olib, Gyuygens 
prinsipini elementar toʻlqinlarning kogerentligi va interferensiyasi toʻgʻrisidagi 
tushuncha bilan toʻldirdi. S sirt toʻlqin frontining maʼlum bir vaqtdagi tasviri 
boʻlsa, R nuqtadagi tebranishlarni aniqlash uchun S sirtning barcha elementlaridan 
R nuqtaga yetib keluvchi tebranishlarni qoʻshish kerak. AS elementidan R nuqtaga 
yetib keluvchi tebranishlar amplitudasi shu element oʻlchovlarining kattaligiga, g 
masofaga va a burchak kattaligiga bogʻliq boʻladi. Bu ikki prinsip birgalikda G.— 
F. p. deyiladi. G.— F. p.ni G. R. Kirxgof 1882-yilda matematik jihatdan asoslab 
berdi. G.— F. p. optikaning asosiy prinsiplaridan biri; uning yordamida difraksiya 
hodisasi bilan bogʻliq koʻpgina masalalar hal qilinadi. 


86.Yorugʻlik difraksiyasi - tor maʼnoda — yorugʻlikning noshaffof jismlar 
(ekranlar) chegaralarini aylanib oʻtish hodisasi (qarang Difraksiya); yorugʻlikning 
geometrik soya sohasiga oʻtishi (rasmga q.). Keng maʼnoda — toʻlqin optikasidan 
geometrik optikaga oʻtish chegaraviy sharoitlarida yorugʻlik toʻlqin xossalarining 
namoyon boʻlishi. Tuman tomchilarida yorugʻlikning sochilishi, optik sistemalar 
(mikroskop)da tasvirning shakllanishi va b. bunga misol boʻla oladi. Yo. d. 
yorugʻlik toʻlqin uzunligi X ga bogʻliq; u X,—"0 da yoʻqoladi. Qizil nur binafsha 
nurga nisbatan kuchliroq difraksiyalanadi. Bu hodisadan foydalanib, oq yorugʻlikni 
difraksiya spektriga ajratish mumkin. Yo. d.ningtaqribiy nazariyasini 1816-yilda 
O. Frenel yaratgan. Bu nazariyaga koʻra, Yo. d. ikkilamchi toʻlqinlar 
interferensiyasm natijasidir. Bu nazariyadan asboblar optikasida difraksion 
effektlarni hisoblashda keng foydalaniladi. Ekranlar sistemasi orqasidagi 
yoritilganlikni Frenel zonalari vositasida hisoblash usuli zonaviy plastinka 
Dumaloq ekran atrofida yorugʻlik nurlaridan hosil boʻlgan difraksion halqa. Frenel 
zonalari usuli difraksiya manzarasini faqat bir nechta zona tashkil qilgan holda 
samaralidir. Ushbu hollarni Frenel difraksiyasi yoki yigʻiluvchi nurlardagi 
difraksiya deyiladi. Agar S sirt zonaning kichik kismini tashkil qilsa yoki 
difraksiya uzokdan kuzatilsa (Fraungofer difraksiyasi), uni tushuntirish uchun 
muayyan nuqtaga yigʻiluvchi ikkilamchi toʻlqinlar fazalaridagi oʻzgarishlarni 
hisobga olish lozim. Yo. d.ning toʻliq nazariyasini 1882-yilda G. R. Kirxgof 
yaratgan. Yo. d. optika va fizikada katta ahamiyatga ega. Mas, u optik asboblar 
imkoniyatlari chegaralarini, mikroskoplar va teleskoplarning ajrata olish 
qobiliyatlarini, ochiq rezonatorlarning ayelligini va b.ni aniklashga imkon beradi. 
Lazerlarning yaratilishi Yo. d.ga oid yangi xrdisa va masalalarni yuzaga keltirdi. 
Bular jumlasiga qisman kogerent maydonlar difraksiyasi yoki nochizigʻiy optik 
muhitlardagi oʻzdifraksiya hodisasi va b. kiradi.[1] 

Download 122.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling