Фарғона Давлат Унверситети Иқтисодиёт тармоқлари


Download 85.01 Kb.
bet16/18
Sana17.06.2023
Hajmi85.01 Kb.
#1536326
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Qishloq xo’jaligi..

16.7-jadval
O’zbekistonda sabzavotchiliknig ayrim tarixiy davrlarida asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari.

Yillar

Ekin maydoni, ming ga

Yalpi sabzavot hosili, ming tonna

Gektaridan hosildorlik, s

Aholi jon boshiga

1913

16,1

129,0

80,1

29,0

1940

25,3

315,2

125,0

47,0

1960

38,7

383,7

96,0

46,0

1990

140,2

2842,5

192,0

140,0

2000

130,4

2637,3

173,1

109,0

2004

139,7

277,9

199,9




1960 yilda 1913 yilga nisbatan sabzavot yalpi hosili asosan uning maydonlarini kengaytirish hisobiga erishilgan. Yalpi hosil qariib 3 marta ko’paygan bo’lsa, mos ravishda ekin maydoni 2,4 marta kengaygan, gektaridan o’rtacha hosildorlik esa 20% ga yaqin oshgan.
1990 yilda esa 1960 yilga nisbatan yalpi hosilning ko’payishi ekin maydonlarining kengayishi va hosildorlikning oshishi hisobiga erishilgan. Sabzavot yalpi hosili 4 marta oshgan, uning maydoni 3,6 marta kengaygan, gektaridan o’rtacha hosildorlik esa 2,0 marta oshgan.
Aholi jon boshiga sabzavotlar ishlab chiqarish 1980 yilda 1913 yilga nisbatan 4,8 marta, 1960 yilga nisbatan esa 3 marta ko’paygan.
1990 yilda yetishtirilgan yalpi sabzavotning qariyb 23% i sobiq SSSR umumdavlat fondiga topshirilgan, davlat xarid baholarida sotilgan. Yalpi mahsulotning qolgan qismi respublika aholisi tomonidan iste’mol qilingan hamda kelasi yilda urug’lik hamda sotish va boshqa maqsadlar uchun saqlangan. Respublikaning mustaqil rivojlanish davri-2000 yilda 1990 yilga nisbatan sabzavotlar maydoni 9,1% ga qisqartirilgan, gektaridan hosildorlik 9,8%ga pasaygan, yalpi mahsulot esa 7,2% ga kamaygan. Bunday holat birinchidan, sabzavot ekinlari maydonlarini qisqartirish hisobiga sug’oriladigan g’alla maydonlarining kengaytirilishidan, ikkinchidan, sabzavotchilik uchun mineral o’g’itlarning kam miqdorda sotilishidan va ko’pchilik ekinlar uchun sifatli urug’larning yetishmasligidan va uchinchidan, tovar mahsulotlarning bir qismini jahon, ayniqsa Rossiya Federasiyasi bozorlarida sotish uchun qiyinchiliklarning kelib chiqishidan va boshqa sub’yektiv sabablardan yuzaga kelgan.
Mustaqil rivojlanish yillarida yalpi sabzavotning taxminan 85-90% i respublika aholisi tomonidan iste’mol qilinadi, ichki bozorlarda sotiladi, urug’lik uchun foydalaniladi. Uning sifat belgilari past qismi esa chorvachilikda ozuqa uchun foydalaniladi va h.k. Sabzavotchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni sotishning yuqori samaradorligini hisobga olib, uni istiqbolda ko’paytirish imkoniyatlaridan to’laroq va tezroq foydalanish dolzarb muammolaridan biridir.
Oxirgi yillarda sabzavotchilik tarmog’i asosiy mahsulotlarining rentabellik darajasi ko’pchilik, ayniqsa shaharlar atrofida joylashgan xo’jaliklarda, bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga mos ravishda o’zgarmoqda. Bu yutuqqa odatda erkin va shartnoma baholarining ko’tarilishi hisobiga erishilmoqda.
Ammo ko’pchilik shirkat va fermer xo’jaliklarda 1 s sabzavotning o’rtacha to’liq tannarxi yildan yilga ko’tarilmoqda. Bunday holat asosan mehnat unumdorligining pastligi, zararkunanda va kasallika qarshi kurash hamda urug’ xarajatlarining ko’payishi hisobiga sodir bo’lmoqda. Ilg’or xo’jaliklar va ilmiy-tekshirish institutlari tajriba natijalarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, yuqori va sifatli hosil olish va uning tannarxini pasaytirish uchun quyidagi real imkoniyatlardan to’laroq foydalanishga e’tibor berish lozim:
Ko’pchilik sabzavotlarning suvga talabchanligi, uning ildiz sistemasining tuproqda yuza joylashishi va kam rivojlanganini hisobga olib, uni o’z vaqtida va belgilangan me’yorda sug’orishni tashkil etish, masalan, bosh piyozni 18-20 marta 500-600 m.kub hajmida; sarimsoqni 7-10 marta 500-600 m.kub hajmida; pomidorni 15-16 marta 600-700 m.kub hajmida; bodringni 12-14 marta 550-600 m.kub hajmida va h.k. Qisqa muddatlarda sug’orilsa hosildorlik yuqori va sifatli bo’ladi;
Sabzavot ekinlarini tabiiy va sun’iy unumdorligi yuqori uchastkalarga joylashtirilishi lozim; kuchli sho’rlanagan yerlarda hosildorlik keskin pasayib ketadi;
Sabzavot ekinlari tuproqdan hosil bilan birga ko’p miqdorda ozuqa moddalarini olib chiqishini hisobga olib, o’simliklarning o’sish va rivojlanish davrida ozuqa moddalariga bo’lgan talabning keskin tafovutini hisobga olib va h.k. ularni oziqlantirish ilmiy asoslangan miqdorlarda va muddatlarda amalga oshirilishi zarur;
Sabzavotchilikda mineral o’g’itlar bilan mahalliy o’g’itlar (chirigan go’ng, sideratlar) birga qo’llanilsa, ularning samaradorligi yuqori bo’ladi;
Sabzavot ekinlarining oziqlanishida molibden, marganes, bor, mis, rux, kobalt kabi mikroelementlardan foydalanish xam katta ahamiyatga ega. Ulardan foydalanish ekinlar hosildorligini 15-20% ga oshiradi, sifatini yaxshilaydi, kasalliklarga chidamliligini oshiradi;
Ayrim sabzavotlar ko’chat shaklida ekiladi. Ularni o’z vaqtida tayyorlash va sifatini ko’tarish maqsadida yopiq maydon sabzavotchiligini tashkil etish zarur.
Sabzavot ekinlarini boshqa ularga mos ekinlar bilan almashlab ekishni amalga oshirish lozim, ilg’or xo’jaliklar tajribasi shuni ko’rsatadiki bedapoyadan bo’shagan yerlar, polizlar, shuningdek, dukkaklilar karam, piyoz uchun eng samarali o’tmishdosh hisoblanadi. Sabzavot ekinlari ko’pi bilan 3-4 yilda oralatib ekilishi kerak.
Sabzavot ekinlarining hosildorligi va sifatini oshirish uchun eng muhim omil davlat standart (GOST) reyestridan o’tkazilgan sifatli, toza, sog’lom unuvchanligi yuqori nav, elita, 1 klass urug’larini ekish maqsadga muvofiqdir;
Tovar mahsulotlarini erkin va shartnoma, bozor iqtisodiyotining qiymat, talab va taklif qonunlari talablari asosida tashkil topgan baholarda sotish va h.k.
Bog’dorchilikning meva va rezavor kabi asosiy mahsulotlari tarkibida inson organizmi uchun o’ta foydali bo’lgan shakar (glyukoza va saxaroza)lar, amino kislotalar, oqsillar, moylar, mineral tuzlar, vitaminlar, fermentlar, kolloidlar, oshlovchi moddalar, peksin va boshqa xushbo’y moddalar mavjud. Ularni ilmiy asoslangan me’yorlarda (80-90 kg) yil davomida iste’mol qilish yuqori kalloriyali (go’sht, yog’, non va boshqalar) mahsulotlarni hazm qilish darajasini yaxshilaydi. Insonlarning salomatligini mustahkamlaydi, umrini ham uzaytiradi. Bog’dorchilik 75-80 turdagi mahsulotlar beradi, ular quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Urug’li mevalar (olma, nok, bexi, do’lana va boshqalar);

  2. Danakli mevalar (o’rik, shaftoli, olxo’ri, gilos va boshqalar);

  3. Rezavor mevalar (qulupnay, malina, smorodina va boshqalar);

  4. Subtropik mevalar (anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tutlar, zaytun va boshqalar);

  5. Sitrus mevalar (limon, mandarin, apelsin, va boshqalar);

  6. Yong’oq, bodom, pista va boshqalar;

  7. Har xil tropik mevalar(banan, ananas va boshqalar)

Turli xil bog’dorchilik ho’l mahsulotlarining biokimyoviy tarkibi va inson organizmi uchun foydalilik darajasi keskin farq qiladi. Masalan, yong’oq va pistadan boshqa mevalarda oqsil va moy juda kam. Ko’pchilik to’liq pishgan mevalarda shakarlar va uglevodlar ham turli darajada tashkil topadi.
Turli xil mahsulotlarning inson organizmiga foydaliligida ham tafovutlar bor.
Meva-rezavorlarni ho’l shaklida istemol qilish eng yuqori samara beradi. Ammo, ularni hosildan-hosilgacha saqlash xarajatlarni ko’paytiradi, ularni anchagina qismi buzilib qoladi va sifat belgilari pasayadi.
Bog’dorchilik mahsulotlaridan yil davomida foydalanishni amalga oshirish maqsadida ularni qayta ishlash zaruriyati tug’iladi. Ularning anchagina qismi oziq-ovqat sanoatida qayta ishlanadi. Konserva, povidlo, jem, murabbo, marmelad, konserva, sharbat, meva suvlari va kompotlari, vino va boshqa alkogol ichimliklar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
Shakarlilik darajasi yuqori bo’lgan mevalarning anchagina qismi quritiladi.
Meva-rezavorlarni qayta ishlash ularni uzoq muddatlarda saqlash, iste’mol qilish hamda uzoq masofalarga tashish xarajatlarini kamaytirishga sharoit yaratadi.
Daraxtlarni barglari chorva ozuqasi va organik o’g’it, shoxlari xam poyalari yoqilg’i, qurilish va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi va urug’laridan moy, dorivorlar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
Bog’dorchilik samaradorligi yana shundaki, ularning ko’pchiligida uzoq (15-20 dan 80-90 )yillar davomida hosil beradi. Ildizlari baquvvat chuqur joylashgan, qurgoqchilikka birmuncha chidamli, tuproq unumdorligi nisbatan past, notekis yerlarda xam rivojlanadi.
Bog’dorchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sermehnat va serdaromad hisoblanadi. Bog’dorchilikni intensiv rivojlantirish mehnat, yer, suv va boshqa resursdar potensialidan foydalanish samaradorligini oshiradi va x.k
Madaniy bog’dorchilik O’zbekistonda taxminan milodgacha V asrlardan rivjlana boshlagan. Ammo ob’yektiv va sub’yektiv sabablarga ko’ra uning sosial iqtisodiy samaradorligidan uzoq yillar barqaror foydalanilmagan. I jahon va graj-danlar urushi yillarida bog’dorchilik mahsulotlari keskin kamayib ketdi. Masalan, 1913 yilda 79,2 ming tonna, aholi jon boshiga esa 1,8 kg meva va rezavor mevalar ishlab chiqilgan. 1924 yilda 1913 yilga nisbatan yalpi mahsulot qariyb 25 % ga kamaygan. Grajdanlar urushidan keyin ayniqsa, sug’oriladigan yerlarni kengaytirish yillarida bog’dorchilikni rivojlantirish birmuncha tezlashtirildi (16.8-jadval)

Download 85.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling