Фарғона Давлат Унверситети Иқтисодиёт тармоқлари
-jadval O’zbekistonda bog’dorchilikning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari
Download 85.01 Kb.
|
Qishloq xo’jaligi..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti
16.8-jadval
O’zbekistonda bog’dorchilikning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari
Yalpi meva rezavor meva hosili 1960 yilda 1940 yilga nisbatan 26,5 % ga kamaygan, 1990 yilda 1960 yilga nisbatan esa 6,5 marta ko’paygan. Uning ko’payishiga yoki kamayishiga bog’lar maydoni va gektaridan olingan hosil xar xil darajada tasir etgan. Jadvalda keltirilgan malumotlarning tahlili ko’rsatadiki, 1990 yilda 1960 yilga nisbatan yalpi hosil o’sishining 40 % ekin maydonining kengayishi, 60% esa gektaridan hosildorlikni oshishi hisobiga erishilgan. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan yalpi mahsulot qariyb 20 % ga ko’paygan; o’sish mutloq gektaridan hosildorlikni oshishi hisobiga erishilgan. Qayd etish lozimki, bog’zorlar hosildorligiga ko’pincha ob-havo tasir etadi. 2000 yil ob-havo tarmoq uchun boshqa yillarga nisbatan qulay keldi. Natijada 1999 yilga nisbatan gektaridan hosildorlik 20,4 sentnerga yoki qariyb 56 % ga oshdi. 2000 yilda aholi jon boshiga qariyb 33 kg meva-rezavor mevalar ishlab chiqilgan. Bu 1960 yilga nisbatan 2 marta ko’pdir. 2000 yilda 8,4 % mahsulot umumittifok fondiga sotilgan. Aholi jon boshiga 23 kg meva-rezavor meva istemol etilgan xolos. Istiqbolda bog’dorchilik mahsulotlarini ko’payishi gektaridan hosildorlikni 2-3 marta oshirish hamda o’rik, nok, gilos, anjir, anor, xurmo, shotut va boshqa Respublika sharoatida serdaromad maydonlarni kengaytirish maqsadga muvofikdir. Bog’dorchilik tovar mahsulotlarining rentabelligi keyingi yillarda bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida tashkil topadi. Bu ko’rsatkich asosan sotish baholarining nisbatan oshishi hisobiga erishilgan. Ko’pchilik xo’jaliklarda yildan-yilga 1 s mevaning tannarxining ko’tarilishi kuzatilmoqda. Bu holat asosan hosildorlik va mehnat unumdorligi darajasining pastligi hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash xarajatlarining ko’payishi bilan bog’liq. Sifatliroq va serdaromad mahsulotlarni ko’proq ishlab chiqarish maqsadida quyidagi real imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur: -hosildorligi hamda tovarlik xususiyatlari yuqori mevalar maydonini kengaytirish, yetarli miqdorda ko’chatlar tayyorlash, ularni asosan kuz oylarida ekish; -hosildorlikni oshirish uchun agrotexnologik jarayonlarni o’z vaqtida sifatli qilib bajarish; -xar ikki – uch yilda gektariga 20-40 chirigan go’ng, har yili 120-180 kg azot, 60-90 kg fosfor, 30-45 kg kaliy mineral o’g’itlarini solish; -hosilga kirgan bog’larni o’rtacha 4-5 marta 600-700 m3 hisobida sug’orish; yer osti suvi 1,5-2,0 m chuqur joylashgan joylarda yanvar oyida 2 marta yaxob suvini berish qulayrog’i tomchilab sug’orishni joriy etish; -kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni qisqa muddatlarda o’tkazish; -tovar mahsulotlarni bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari asosida tashkil topgan mavsumiy baholarda sotish, ularning nobud bo’lishni keskin kamaytirish va h.k. ХУЛОСА Sabzavotchilikda mineral o’g’itlar bilan mahalliy o’g’itlar (chirigan go’ng, sideratlar) birga qo’llanilsa, ularning samaradorligi yuqori bo’ladi; Sabzavot ekinlarining oziqlanishida molibden, marganes, bor, mis, rux, kobalt kabi mikroelementlardan foydalanish xam katta ahamiyatga ega. Ulardan foydalanish ekinlar hosildorligini 15-20% ga oshiradi, sifatini yaxshilaydi, kasalliklarga chidamliligini oshiradi; Ayrim sabzavotlar ko’chat shaklida ekiladi. Ularni o’z vaqtida tayyorlash va sifatini ko’tarish maqsadida yopiq maydon sabzavotchiligini tashkil etish zarur. Sabzavot ekinlarini boshqa ularga mos ekinlar bilan almashlab ekishni amalga oshirish lozim, ilg’or xo’jaliklar tajribasi shuni ko’rsatadiki bedapoyadan bo’shagan yerlar, polizlar, shuningdek, dukkaklilar karam, piyoz uchun eng samarali o’tmishdosh hisoblanadi. Sabzavot ekinlari ko’pi bilan 3-4 yilda oralatib ekilishi kerak. Mavzu: chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti Reja:
Download 85.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling