Фарғона Давлат Унверситети Иқтисодиёт тармоқлари


Kapital bozorida o‘rta va o‘zoq muddatli kreditlar bahosining shakllanishi


Download 455.03 Kb.
bet25/32
Sana17.06.2023
Hajmi455.03 Kb.
#1528058
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
Pul va bank.

Kapital bozorida o‘rta va o‘zoq muddatli kreditlar bahosining shakllanishi.
Kredit bozorining funksiyalari uning mohiyati va kapitalistik xo‘jalikda bajaradigan roli, shuningdek, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish bo‘yicha vaziflalar bilan belgilanadi.
Kredit bozorining beshta asosiy funksiyasini ajratib ko‘rsatish lozim:
- kredit orqali tovar muomalasiga xizmat ko‘rsatish;
- korxonalar, aholi, davlat, shuningdek, xorijiy mijozlarning pul jamg‘armalarini jamg‘arish va to‘plash;
- pul fondlarini bevosita ssuda kapitaliga aylantirish va undan ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish uchun kapital qo‘yilmalar ko‘rinishida foydalanish;
- davlat va iste’mol xarajatlarini qoplash uchun kapital manbalari sifatida davlat va aholiga xizmat ko‘rsatish;
- kapital markazlashuvini jadallashtirshi, kuchli moliya-sanoat guruhlari shakllanishiga ko‘maklashish.
Kredit bozorining aytib o‘tilgan funksiyalari ishlab chiqarishning kapitalistik usulini qo‘llab-quvvatlash, davlat-monopolistik kapitalizmi iqtisodiy tizimining faoliyatini ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Pul kapitali jamg‘arilishi va harakatini aks ettirar ekan, kredit bozori uning pul shaklidagi qiymati harakati, kredit resurslari va qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida turli pul fondlari hosil bo‘lishi va foydalanilishi bilan uyg‘unlikda bog‘langan bo‘ladi. Bozor vositasida kapitalistik ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga, uning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’siriga sarflanadigan pul fondlari harakati, hajmi va yo‘nalishini aniqlash va o‘lchash mumkin.
Kimoshdi savdolari turli usullar bilan: amerikacha va gollandcha tizim, shuningdek, qat’iy belgilangan foiz stavkasi bilan o‘tkazilishi mumkin. Kimoshdi savdosi o‘tkazishning amerikacha usulida talabnoma banklar tomonidan taklif etiladigan foiz stavkalari bo‘yicha qondirliadi. Rossiya Federatsiyasida bank talabnomalarida taklif etilayotgan foiz stavkasi Markaziy bank tomonidan taklif etilgan minimal stavkadan past bo‘lishi mumkin emas. Bunda foiz stavkasi minimal stavkaga teng bo‘lgan talabnoma sotilmagan kreditlar qoldig‘iga proporsional ravishda qondiriladi. Gollandcha usulda barcha talabnomalar qondirilgan talabnomalar ro‘yxatiga kiritiladigan oxirgi foiz stavkasi bo‘yicha qondiriladi. Qat’iy belgilangan foiz stavkali kimoshdi savdosida barcha talabnomalar qondiriladi. Biroq, bunday stavkada talabnomalar umumiy miqdori kimoshdi savdosiga taklif etilgan kredit hajmidan oshib ketganida talabnomalar qisman qondiriladi. Qondirilgan talabnomalar darajasi kimoshdi savdosi krediti umumiy hajmining talabnomalar miqdoriga nisbatiga mos keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 1996 yil 20- apreldagi 41-sonli Kredit resurslari kimoshdi savdosini o‘tkazish Tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida (O‘zRVB) moliyaviy vositalarni so‘mda va xorijiy valyutada joylashtirish bo‘yicha kimoshdi savdolari o‘tkazish tartibi belgilangan.
Kimoshdi savdolarida quyidagi turda operatsiyalar amalga oshiriladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan keyin - Markaziy bank) kreditlarini kimoshdi savdosida joylashtirish;
- depozit omonatlarini kimoshdi savdosida joylashtirish;
- banklararo kreditlarni kimoshdi savdosida joylashtirish.
Kredit resurslari kimoshdi savdosini amalga oshirishdan asosiy maqsad ichki moliya bozorini sog‘lomlashtirish va mustahkamlash hisoblanadi.

Download 455.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling