Farg‘ona – 2023 y Mundarija: Kirish
Download 58.44 Kb.
|
KI Hamza
Mirzaraim qora - Gap bundaki, harom-harichdan peshona teri qilib, besh o'n so'm to'plaganki, oxir chog'imda xajga boraman deb ...
Mastura - Nega harom-harich bo'lar ekan? Sargardonning puli emas bu, aylanay! Do'ppi tikib to'plaganman, yaxshi yigit. Sizni deb qora bo'lgan bu yuzlarimni baytulloga surkamay o'lsam, ro'zi qiyomatda qanday bosh ko'taraman. Bundan chiqadiki, Mastura xatto to'y-tamoshalarda yig'ilgan sargardon-sadaqalarni peshona terining mahsuli emasligini yaxshi biladi. Do'ppi tikib topgan pullarini xaj qilishga atab bankka qo'ygan. Shunday qilib, u jinoyat yo'liga birdan emas, asta-sekin, bosqichma-bosqich kirgan. Boshlab eriga ko'ngilsiz bo'lganlarni nikohlaridan oldingi suyganlari bilan uchrashtirib, keyin qizlarni jazmanlari bilan qochirib, nihoyat qolganlarini aldab, o'g'irlab, sotgan. Oqibatda ayollar qismati, oriyati va faxshbozorining Mirzakarim qora bilan birga jallobiga aylangan. Bu bozorda nafaqat Mastura va Mirzaraim qora, balki turfa niyat-rejalar bilan ixtiyojini qondiruvchilar ish yuritadi. Ularning qilmish, xatti-harakatlarida paranji sirli o'rin tutadi. Ayol qadri, iffati va daxlsizligini himoyachisi sifatida hayotga kiritilgan paranjini pyesada aldov, jinoyat, qing'ir ishlarning niqobiga aylantirilgani va bu niqobdan yallachilar ham turli nayrang yo'llari bilan foydalanganliklari ochiladi. Shuning uchun ham asarning nomi "Paranji sirlaridan bir lavha va yallachilar ishi". Paranjining sirlariga Mastura satangdan tashqari Abdirayim qora, Norboyvachcha, O'lmasjon, Tojiboy-u To'laxondan tortib pyesaning qolgan hamma katta-yu kichik personajlari daxldor. Bu sirlardan har kim o'z maqsadi yo'lida turlicha foydalanadi, yoki qo'lga tushib, or-nomus va baxtidan ayriladi. Erk va muhabbat deb To'laxon paranji sirlarining tuzog'iga ilinsa, badbaxt bo'lsa, Mastura bilan Mirzarayim qora boylik ortdiradi, ko'ngli istagan buzuqliklarning ko'chasiga kiradi. Norboyvachcha mol dunyosining kuchi bilan aysh-ishrat qilib, o'zini hokimi davron biladi. Mol-dunyo ortdirib, huzur qiluvchilar zamon ularniki, puli borniki ekanini yaxshi biladilar. Hukumat ham, mavjud qonunlar ham, adolat istovchilar ham pul qarshisida hech narsa emasligini pisanda qiladilar. Pulning kuchini yaxshi o'zlashtirib olgan, lekin hukumat va uning qonunlari oldida biroz andishaga borib turgan Masturaga eri Mirzakarim qora shunday deydi: "Voy jinni ey, hali ham esing kirmaydi. Ishning o'zi laqqa baliq bo'lib yotipti-yu, bu o'rtada hukumatga balo bormi? Yo yurtda hukumat bormi? (Pulni shipga otib.) Mana hukumat. Mana gubernatori-yu, hokim, qo'rboshisidan tortib qozi-mozisi! Bir kambag'alning uyiga kuppa-kunduzi paranji yopinib, kirib o'n uch yoshlik qizini bulg'ab, o'ldirib, ko'mib turganining ustiga kirib tutdilar. Nima qildilar? Uch oygina qamab, ikki yuz so'mini shiqillatdilar-u, "o'zing qo'shib da'vo qilgansan! mastlik bilan o'ldiripti", tag'in allanima balolarni topib, bunga oq fotihani berib, u sho'ring qurg'urni uch yilga kesdilar" Oqibatda kechqurun "pochchasi bilan maslahat"ni bir joyga qo'ygan Mastura qanarasi laqqa jigarli bo'lgach, To'laxonni o'g'irlab Norboyvachchaga topshirsa, Mirzaraim qora uni foxishafurush Yodgorga sotadi. Yodgor Samarqanddagi islovatxonasiga olib borib, mijozlarga pullaydi. Ayni vaqtda o'zi ham To'laxonning xajrida uning vasliga yetolmay Mamatning qo'lida halok bo'ladi. Paranji sirlarining jabrdiydasi To'laxon pyesaning yetakchi ijobiy qahramonidir. Uning jabru-sitam, aldovlar bilan to'lib toshgan hayot yo'li pyesa oxirida ham nihoyasiga yetmay qoladi. U endi ellik uch yoshlik "oq soqolli" zo'ravon qotil Mamatning o'ljasiga aylanadi. Bir bolalik bo'lgandan keyin ona yurtiga olib borishga va'da bergan Mamat uni jabran boshqa shaharga olib ketadi. To'laxonning erk va muhabbat yo'lidagi istak-orzulari Hamzaning Maryamxon, Jamila va qator boshqa qahramonlariga bir jihatdan o'xshashligi bo'lsada ulardan tubdan farq qiladi. Uning hayotida ko'rguliklarning cheki yo'q. Sevgilisiga yetolmay nomusi barbod etilgan To'laxan joniga qasd qilmaydi. Qayta-qayta aldov va firiblar osha bo'lsa ham ro'shnolikka erishishdan umidini uzmaydi. Ma'naviy pokligiga ishonchi komil To'laxonning dilining tubida sevgilisi Rustam-u, tug'ilib o'sgan uyi, ota-onasi, ona shahri. Negaki, shu ko'ylarga tushishida o'zini ham aybli sanaydi. Nihoyat to'rtinchi Samarqand - islovatxona hujrasida o'z-o'ziga shunday deydi: "Bu iflos g'urbatxonaga rozi bo'lmay, nima qilayki, xudoyimning rahmati ota, ona, qavm-qarindosh, el-u yurt, sevgim tushgan, bo'yim tushmagan Rustambegimdan, hammaning dargohidan randa bo'ldim. Balki o'la-o'lgunchalikka ham, sizlar tugul, yurtimning qora bir siqim tuprog'ini ham nasib qilmas. Qildim, qildim, hammasini nodonligimdan o'zim qildim. Lekin sizlar ham sabab bo'lmay qolmadingiz ... (yig'lar.) Oh, darvozam ostonasini bir ko'rsam, armonim yo'q edi. (Bir oz yig'idan keyin o'zini yupatib.) Xayr, nima bo'ldim ko'rdim... Rustambekdan bir xabar kelsin-chi, unga qarab bir chora ko'rarman, axir." Ko'rinadiki, To'laxon o'zi singari Hamzaning avvalgi qahramonlaridan farqli o'laroq erk va muhabbatga erishishning to'g'ri yo'lini topa bilmaganlikda avvalo o'zini aybdor sanaydi. Ya'ni "qildim qildim, hammasini nodonlikdan o'zim qildim,"-deydi. "Lekin sizlar ham sabab bo'lmay qolmadingiz,"- deb, eski rasm-odatlarga mukkasidan ketib, farzandi baxti bilan yetarli hisoblashmagan ota-onasini e'tiborda tutadi. Ana shu holat To'laxonning onasi Hojarning o'tmushdagi ko'rguliklari va hozirgi hayotini tasvirlashda Hamza hayolini ham alohida band etadi. Noiloj, lekin eski odatlarga ko'nikkan Xojar o'ziga shunday deydi : "Nima qilay, azro'yi azal irodasi shu ekan. Bo'lmasa ko'ra-bilib guldek qizimni kulga tashlayinmi! Or-nomus o'limdan qattiq. Bitta o'ldim - kuydim degan mening o'zim edi. Besh yil, o'n yil yig'ladim, oxiri ko'rmagandek bo'lib ketdim. Buyam bir kunini ko'rar. ... Voy qizginamning umri g'am bilan xazon bo'ladi-da". Shu singari tushuncha uning eri, qishloqda o'rta dehqonlardan chiqib, boy bo'lib shaharlashgan Umrzoqboy qarashlaridan ham mustahkam o'rin olgan. Er -xotin asosan eski rasmu-odatlarga rioya qilgan holda boylik va obro' ortdirish hayoli bilan ish tutadilar. Umrzoqboy tutqaloq kasaliga mubtalo o'g'illik boyga noiloj qizini berayotganini xotiniga pisanda qilar ekan, "Xususan ikki marta veksilim protes bo'ldi. Hammadan pok ayriluvdik, shu sabab bo'lib xalos topdim, - Xo'p deb qo'yganman. Nomus kuch. Bir tomondan yolg'iz o'g'il, hamma davlat shunga qoladi. Nima ajali yetib o'lsa, bo'lganimiz bo'ldik. Qizing besh-olti kun yig'lab - sixtab ko'nikib ham qolar. O'tda, suvdami besh-olti kunda po'k etib unisi ham o'lsa, yana undan keyin o'zining xohlaganiga berarmiz, esidan ham chiqib ketar" Demak, er - xotinning nazarida farzandlarning o'z xoxishi, muhabbat, vafo tushunchalari e'tiborsiz, o'tkinchi, hayoldagi orzular bo'lib, maqsad boylik va obro'ga erishishdadir. Farzand taqdiri savdoga qo'yilgan buyumdek gap. Xojar - Qiz deganning hammasiyam shunaqa, yig'lab bir kun ko'nikib ketaveradi. Ish qilingki, men ham, siz ham yurtning osh-nonini yeb, siz to'nini kiygansiz. Men chit-u ro'molini olganman. Kiroyi to'y-fotihani loaqal oltidan olishga rozi bo'ling. Bo'lmasa, devonaga tashlab qo'ygan qizim yo'q. Download 58.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling