Farg‘ona – 2023 y Mundarija: Kirish


To‘laxon obrazi misolida davr muammolari tasviri


Download 58.44 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi58.44 Kb.
#1600194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KI Hamza

2.2. To‘laxon obrazi misolida davr muammolari tasviri
Hamzaning so‘nggi yirik pyesalaridan biri "Paranji sirlaridan bir lavha, yoki yallachilar ishi" (1926) dramaturgning har jihatdan to'lishgan mahoratidan guvohlik beruvchi tarixiy ahamiyatga ega ijtimoiy dramadir.
Muallifni ko'rsatishicha asar voqeasi 1882 yilda boshlanib, 1919 yili yakun topadi. Biroq amalda yuz beradigan voqea uzog'i bilan uch-besh yil ichida yakun topishining guvohi bo'lamiz. Bu pyesa bir necha bo'limdan iborat.
Demak, 1882 va 1919 yillar orasidagi davmi asarning barcha qismiga taalluqli deb faraz qilish mumkin. Zotan shunday farazni pyesadagi asar voqeasi tugamay qolganligi ham tasdiqlaydi.
Yurtda insonlarning oson bo'lmagan turmush sharoiti, yashash odatlari og'irlashdi. Eski feodal tartiblari yoniga yangi burjuacha yashash qoidalari qo'shildi. Hayotda pul, boylik orttirishga intilish insonlarni o'z qa'riga tortib, ularni jinoyat, axloqsizlik va tubanlik sari sudradi. Imkoni borlar hokim, chorasizlar ularga yem. Hayotning oddiy haqiqati shu edi.
"Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi" ning boshlanishidanoq asar qahramoni Masturaning xulosasi quyidagicha: "O'limdan boshqasini pul (ko'rsatib), mana shu pul bitiradi". Bu xulosaga Mastura birdan kelgan emas. Bungacha uning asardan o'rin olmagan avvalgi hayoti mavjud. O'sha hayoti, avvalgisi o'ziga tinch eri bilan totuv edi. Biroq bundanda shirinroq turmush va ishratning hayoli bilan band Mastura Mirzaraim qorani ko'radi-yu, qarori o'zgaradi. U Guljonga: "Ba'zi yigitni shunaqa mehrigiyolik yaratar ekan. Axir pochchangiz shunaqa edi. O'zi hunuk bo'lsa ham bir marta gaplashgandan keyin o'ldim qoldim. Noiloj tegdim. Bo'lmasa avvalgi erim kesgan guldek, gaplari bulbuldek edi-yu, ko'zimga pashshacha ko'rinmadi, qoldi... Oxiri uni buni bahona qilib, chiqdim-u, bunga tegdim. Shu ko'ylarga tushdim,"-deydi. Oqibatda Masturaning qaysi ko'ylarga tushgani quyidagi so'zlarida ravshanroq ochiladi: "Bir boshimga shu yer yutkurni deb behisob kelinchaklarni yo'ldan chiqarmadim. O'nga yetib beva-bechoraning qizini xarob qildim va pulini shu palakatning beliga tugdim. Bir vaqtlar shunday bo'ldiki, yonimda shuncha satanglar turib, kun bo'yi paranji yopinib, ko'chama-ko'cha xotin-qiz tanlaydi, oylab-yillab mening ishim, ularni yo'ldan urib, qo'yniga solish ..."
Bulardan ko'rinadiki, aslida pok vijdon va ahloqdan yiroq Mastura Mirzaraim qora tuzog'iga ilingach, ko'z ko'rib, quloq eshitmagan tubanlik sari yuzlanadi. Uning ko'ngil ko'chasining hayoli sarob bo'lib chiqadi-yu, amalda "mexrigiyoli" kimsaning xotini emas, qo'shmachisi, ayni vaqtda jinoyat yo'li bilan boylik orttirishdagi gumashtasiga aylanadi. Endi Mastura Mirzaraim qorani uchratmasidan avval va hozir xotin-qizlarni yo'ldan urishiga kelsak, unda bir tomondan ko'ngliga taskin beruvchi sabab, ikkinchi tomondan gunohlarini oqlashga bahona va niqob mavjud. Bular xotin - qizlarning jamiyat va oilalardagi ahvoli, ularning istak va xaq-huquqlarini hamma - shariatning riyokor peshvolaridan tortib, xalq rasm-rusimi, xatto ota-onalar tomonidan poymol etilishining oqibatidir. Ana shu sharoitda Mastura o'z qilmushlarini oqlab shunday deydi : "Mening qo'limdan besh yuzga yetib hufiyasi, satangi, akkabachchalari chiqdi. Yigirmaga yetib har yurtdan qiz qochirdim. Hammasi zo'rlik bilan erga tegib, ko'ngilsiz bo'lganlar, yaxshi ko'rgani bilan o'ynaganlar ... Hozirda yurtimizning yarmidan ko'pi akabachchalik bo'lsa, qolgani o'ynashlik. Nima qilsin, yaxshi ko'rganiga tegmagandan keyin noiloj xilvat topib o'ynaydi, yoki satanglik, akabachchalik bilan o'zini yupatadi. ... Shunday bo'lgandan keyin, xotin-qizda hech gunoh yo'q. Xo'p qiladi, ajab qiladi. Tuslik eshonni qarang, saksonga kiribdilar, oyoqlarini osmonga qilib qo'ysang, arang osmonni ko'radilar. Shu xollariga besh xotin; oldi o'n to'rt yashar ..."
Eriga ko'ngilsiz bo'lib xilvat topib sevganlari bilan o'ynaganlarni zino ekani, begunohlarni o'zining nayrang tuzog'iga ilintirish ham jinoyat ekanini yaxshi bilgan Mastura oxirat g'amini ham yeb qo'ygan. Bu haqda erining kinoyali qochirimiga Masturani javobini eslash o'rinli:

Download 58.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling