Farg‘ona – 2023 y Mundarija: Kirish
Download 58.44 Kb.
|
KI Hamza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farg‘ona – 2023 y Mundarija: Kirish
- Xulosa
- „Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari“
- “Yigla, Turkiston”, “Yaxshi holin yo‘qotgan oqibatsiz Turkiston”, “Dardiga darmon istamas”
- "Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asli taraqqiy vaqtida”, “Uyg‘on Turkiston, uyg‘onish vaqti keldi”
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona davlat universiteti ________________ fakulteti _____________ yo‘nalishi _____ – guruh talabasi ___________________________ ning “__________________________” fanidan Mavzu: “_________________________________________” Topshirdi: ____________________ Qabul qildi: ____________________ Farg‘ona – 2023 y Mundarija: Kirish ………………….………………….………………….……………. 3 I-bob. Jadid dramaturgiyasida obrazlar tasnifi. 1.1. O‘zbek jadid dramasining shakllanishi ….…….……………. ……………………………… 5 1.2. Jadid dramasida ayollar obrazining g‘oyaviy-falsafiy ahamiyati…… 13 II-bob. Hamza dramaturgiyasida “Paranji sirlari” ning o‘rni. 2.1. Dramaning badiiy xususiyatlari: obraz va talqin…………………… 17 2.2. To‘laxon obrazi misolida davr muammolari tasviri ……………….. 23 Xulosa ……………………………………………………………………… 30 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. ………………………………………. 33 Kirish Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlikka, adabiyotga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining 2017-yil fevral oyida “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosi bo‘yicha “Yosh kitobxon” va “Ilhom” kabi tanlovlar tashkil etilib, o‘tkazib kelinmoqda. Shu paytga qadar milliolab yoshlarni o‘z bag‘riga olgan bu bellashuvlar yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda xizmat qilayotir. SSR parchalanib ketganidan keyin jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomi qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, sanʼatshunos va pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va adabiy merosini oʻrganishda dastlabki natijalarni qoʻlga kiritishdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Avloniyning 2 jildli, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, Soʻfizodaning 1 jildli, shuningdek, Fayzulla Xoʻjayev, Munavvarqori, Polvonniyoz hoji Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan „Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari“ (Toshkent, 1999) albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning faoliyati darslik va qoʻllanmalarga kiritildi. Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘zbek ma’rifatparvarlardan biri bo‘lib, xalqni, millatni uyg‘otishga, ma’rifat ulashishga jonbozlik ko‘rsatgan. Hamza asarlarida milliy uyg‘onish mavzusi “o'lkani uyg‘otish", “xalqning kо‘zini ochish ” g‘oyalari xalqlar do‘stligi tamoyillariga zid ravishda ifodalanmaydi. Hamza xalqlar va millatlar do‘stligi tamoyillariga sodiq qolgan holda chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga salbiy munosabatda bo‘lgan. Hamzaning 1915-1916-yillarda nashr etilgan "Oq gul, “Qizil gul”, “Sariq gul”, "Yashil gul”, “Pushti gul”, ”Safsar gul” nomli she’riy to‘plamlarida, “Ilm hidoyati”, “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” kabi pyesalari va “Yangi saodat” nasriy asarida mustamlakachilik siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalari yorqin ko‘rinib turadi. Mehnatkash ommani bilim olishga, ma’rifatga chaqirish, milliy uyg'onishga da’vat ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik, millatparvarlik, yurtsevarlik g‘oyalari Hamza ijodining bosh yo‘nalishini tashkil etadi. Hamza o‘z davrining jarchisi sifatida “Yig'la, Turkiston”, “Yaxshi holin yo‘qotgan oqibatsiz Turkiston”, “Dardiga darmon istamas” kabi she’rlarida chor mustamlakachilari va mahalliy zolimlar zulmi ostida ezilib, qoloqlikka va jaholatga mahkum etilgan Turkiston o‘lkasini uyg‘onishga, ma’rifatga, taraqqiyotga cliaqiradi. "Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asli taraqqiy vaqtida”, “Uyg‘on Turkiston, uyg‘onish vaqti keldi”, - deb xitob qiladi: Turg‘il, darddan jismingni sog‘la, Turkiston, Donish о‘tiga bag‘ring dog‘la, Turkiston. Belga himmat kamarin bog‘la, Turkiston, Ma’rifatga yetmoqni chog‘la, Turkiston. Shu tariqa, ma’rifat fidoyisi bo‘lgan Hamza adabiyotning turli janrlarida ijod qildi. Shoir dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, nom qozongan. Bu masalani kursimiz davomida ko‘rib chiqamiz. Download 58.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling