Farg‘ona, Buxoro, Xorazm maktablari. I. G. Baxta 30-yillaming oxirida o‘zbek raqsining eng keksa ixlosmandlari


Download 28.03 Kb.
bet1/2
Sana03.05.2023
Hajmi28.03 Kb.
#1423598
  1   2
Bog'liq
O\'zbekiston milliy raqs sanati tugilishi Navrizbay


Mavzu: O‘ZBEK RAQS MAKTABLARINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI.

REJA:

1. Farg‘ona, Buxoro, Xorazm maktablari.

2. I.G.Baxta 30-yillaming oxirida o‘zbek raqsining eng keksa ixlosmandlari.

3. O'zbek raqs san’atining birinchi tadqiqotchisi I.G.Baxta XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi raqs san’ati.
XVIII asrda o‘zbek davlatchiligida tarqoqlik yuzaga kelib, Buxoro amirligi, Xiva xonligi va Qo‘qon xonliklari ajralib chiqadi. XIX asming birinchi yarmida har bir xonlikning ichida va xonliklar o‘rtasida ziddiyatlar :obora jiddiy tus olib boradi. Biroq, shunga qaramay adabiyot va san’at, xalq ijodiyoti yashashda davom etdi. Har bir xonlikning o‘z madaniyati bo‘lib, mana shu xonliklaming ajralishi natijasida o‘zbek raqs maktabining uchta maktabi tashkil topadi. Bular Farg‘ona, Buxoro, Xorazm maktablaridir. Bu to‘g‘ridagi ma’lumotlami shoirlaming ijodidan izlashga to‘g‘ri keladi. Chunonchi, Boborahim Mashrabning (1657-1711) lirik g‘azallarida ba’zan raqs va raqqosalar haqida qaydlar uchraydi.

Zebo sanamin gul yuzidin pardani ochdi, Olam hamma ко ‘z bo ‘Idi tomosho qilayin deb. Turluk-turlukjilvangga jonim berayin, Oltin-kumush yo ‘lingga barcha hayolim.


Bir boqib ко ‘z uchidin tanga keturdi jon qiz, Aylanib, yuz о ‘rgulib qildi yurakni qon qiz. Huru pari uyoladur, shamsu qamar xijil erur, Kim oni ко ‘rsa bandadur, zulfi siyosini ko‘ring
Baytlarni sinchiklab yaxlit tahlil qilinsa va bizgacha yetib kelgan raqqosalaming raqs harakatlari bilan solishtirib tasavvur etilsa, Mashrab yashagan XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asming boshidagi raqs san’ati, raqqosalar qiyofasi ko‘z oldingizda gavdalanadi.
Mumtoz maqom kuylari xalq musiqasi ham xalq hayotida katta o‘rin tutgan. Mirzo Sodiq Munshiyning “Daxmai shohon” dostonida yozilishicha, ashtarxoniy Abdulfayzxon (1711-1747) saroyida kanizlardan iborat mug‘anniylar to'dasi ish ko'rgan. L’lar chang, tanbur, rubob, daf (doira) chalib, qo‘shiq aytgan va raqsga tushgan.
Xonliklarda raqs san’ati an’anaviy mumtoz shakllarda, ham xalq san’ati sifatida o‘z mavqeini saqlab qolgan. Masalan Buxoroda mutaassiblik va jaholat kuchli bo‘lishiga qaramay raqs san’ati turli ko'rinishlarda yashagan. “Zang o‘yini”, “Maqom o‘yini” turkumlari, hatto qadimiy zardushtiylik e’tiqodi bilan bog‘liq paydo bo'lgan maydon o‘yinlari shundan dalolat beradi. Bulardan tashqari xalq orasida ham turli davrlarda yaratilgan yuzlab turli-tuman raqslar, o‘yinlar uchragan. “Qarsak o‘yini” turkumi, qo‘shiq bilan raqs uyg‘unlashgan sozanda dasturlari, mavrigixonlik1, aytishuvlar, lapar va boshqalar shular jumlasidandir.
“Maqom o'yini” shaxarlarda malakali raqqos va raqqosalar orasida, “Qarsak o'yini” esa qishloqlarda (ayniqsa, tog‘li xududlarda) xalq orasida shakllangan. “Qarsak o'yini” har biri o‘nlab raqslami o‘z ichiga oluvchi “Besh qarsak” va

“Mayda qarsak” dastalariga bo'lingan.


Xorazmda esa bu davrda “Maqom o'yin”, qayroq va zang bi Ian ijro etiladigan o‘yinlar, “Lazgi” raqs turkumi, o‘nlab qadimiy muqallid va pantomimalami o‘z ichiga olgan masxaraboz o'yinlari keng tarqalgan.
Tarixdan ma’lumki ko'hna Xorazm azaldan iltnu irfon beshigi, fan va madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lgan. Mustaqillik yillarida xalqimizning asl tarixini yoritish borasidagi tadqiqotlar, shonli va buyuk tariximiz haqida ko'plab ma’lumotlar bera boshladi.
Xiva xonligidagi san’at va madaniyat tarixi bo'yicha manbalar birinchi navbatda tarixiy xujjatlami o‘rganish natijasida to‘plandi. Xiva xonlari arxiv hujjatlari Rossiya xonlikni bosib olgach, 1873-yilda Peterburgga olib ketilgan. Keyinchalik ular olimlar tomonidan topilib o‘rganilgan va sharxlangan.
Xorazmning eng qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha, shu jumladan XVI-XIX asrlar birinchi yarmi tarixi haqida Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyi munosabati bilan chop etilgan “Xiva ming gumbaz shahri” kitobi ham tarixiy ma’lumotlarga juda boy asardir. Xorazm maqom raqsi sistemasida asl milliy xarakter xususiyatlari aks etadi. Unda xalqning tarixini, shavqatsiz tabiat va uni bo‘ysundirgan insonni dadil, chapdast, kuch-quwatli, sho‘xchan, yumomi ham, inson lirikasini ham nozik tushunadigan, miyig‘ida kulib turuvchi yoki mazax qiluvchi, kuldiruvchi va hayron qiluvchi, qo‘rqituvchi va qoyil qoldiruvchi insonni ifodalaydigan badiiy shakllar mujassam.
Qadimda Xorazmda zardushtiylik davlat dini edi. Shu sabab xalq o'yinlari va raqslari ham din bilan bog‘langan. Zardushtiylik dinining asosiy mazmuni yomonlik bilan yaxshilik o‘rtasidagi kurashdan iborat bo‘lgan. Axuramazda yaxshilik ma’budi, Axriman esa yovuzlik ma’budi. Poklanish marosimida insonlar Axuramazda va uning yordamchilaridan madad istab, yolvorib, sig‘inib Axrimanni mag'lub qilishni so‘raganlar. O‘rtada yonib turgan gulxan atrofida, barcha marosim qatnashuvchilari ishtirok etganlar.
Marosim ishtirokchilari olovni aylanib, turli xitoblar bilan “goh”2 lar ijro etilgan. Yomonlik xudosi bo'lgan Axrimanni haydab, quvlab, darralar bilan savalaganlar. O‘yin ishtirokchilari “jahuv-yohuv” deb marosim qatnashuvchilarini olqishlab turganlar. “Kisht-kisht-kisht” deb yomonlikni - Axrimanni surib chiqarganlar. Yomonlik ma’budi har zarb yeganda “oh- voh-ohh-voy”lab qocha boshlagan.
Marosim oxirida yaxshilikni g'alabaga undab davra ishtirokchilari “owa-owa”, “urxo-urxo” ya’ni “tez-tez”, “ur- uraver” degan ma’noda yaxshilikka madad, yomonlikka o‘lim tilab hamma birgalikda “alqovlar” ijro etganlar. Marosim yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alabasi bilan yakunlangan.
Keyinchalik ushbu marosimlarda ijro etilgan harakatlar ilk raqslaming paydo bo'lishiga olib kelgan. Zamonlar o‘tishi bilan qabila, sinf, davlatlar, shaharlar paydo bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlaming o‘sishi davr marosimlariga ham, xalq o‘yinlari va raqslariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan, uni murakkablashtirgan. Yangi mavzular, obrazlarolib kelgan. Natijada esa yangi tomosha va raqslar ravnaq topadi. Ibtidoiy davr marosimlarida omma ishtirok etgan bo‘lsa, endi bu marosim o'yinlari maxsus ijrochilar tomonidan ijro etiladi. Xorazmda o‘tkazilgan arxeologik qazishlar natijasida ko‘rgina qasr, saroy devorlarida cholg‘u asboblari, raqqosalar rasmlari bilan bezatilganligi ma’lum bo‘Idi. Bu Xorazmda raqs san’ati qadim zamondayoq paydo bo‘lganidan darak beradi.
Qadimdan diniy marosim, bayramlarida ijro etilib, zamonlar osha insonlarga tasuin beruvchi aiqovlar (gohlar)ning bizgacha ma’lum bir elementlari yetib kelgan. Ayniqsa, ichkari hovlida faoliyat olib borgan ayollar uni yani elementlar bilan boyitgan. “Jaxxk-jaxxu”, “Jaquva-jaquva”- “jaku-jaku”, “oohh-oohh” alqovlari “ohay-ohay”, “ovva-ovva”-“ovvahay- owa”, “kisht-kisht”-“kishtak-kishtak” kabi raqsga undovchi xitoblar mazmuni bilan bog'lab o‘z qo‘shiq, laparlarida foydalanganlar. Bu xitoblar xalfalar ijodidagi qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan.
XIX asming ikkinchi yarmi XX asming boshida o'zbek xoreografiyasining ikki yirik tadqiqotchilari GZafariy va I.Baxta sovet davriga oid qimmatli ma’lumotlar keltirdilar.

Download 28.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling