Farg`ona Davlat universitet
Download 0.81 Mb.
|
15 TALIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnit moment
Magnitomexanik hodisalar. Atom va molekularning magnit momentlari.Yerning magnit maydoni va quyoshda roy beradigan jarayonlarning unga tasiri
Reja: 1 Magnitomexanik hodisalar haqida tushincha 2 Magnit momenti haqida tushincha Magnitomexanik hodisalar — magnitli mikrozarralarning magnit momenti bilan mexanik momenti orasidagi bogʻlanishga doyr hodisalar. Atom yadrosi atrofida zarralar (elektron, proton, neytron)ning harakati tufayli atomda magnit momenti hosil boʻlishi bilan birga mexanik moment ham yuzaga keladi. Ferromagnit jismlarni magnit maydonta joylashtirilsa, atomlar magnit moment yoʻnalishini maydon yoʻnalishi boʻyicha oʻzgartiradi. Bunday oʻzgarish esa, oʻz navbatida, atomlarning mexanik momenti oʻzgarishiga olib keladi. Lekin jismning toʻliq mexanik momenti (harakat miqdori) oʻzgarmaydi, jism atomlarining mexanik momenti yoʻnalishiga teskari harakat miqdori momenti hosil boʻladi, u holda jism aylanma harakatlanadi. Buni solenoidda elastik ipga osilgan metall sterjenda kuzatish mumkin. Agar solenoiddan elektr toki oʻtkazilsa, metall sterjen magnitlanadi va aylanma harakatlanadi. Bunda harakat miqdorini ipning buralishidan aniqlanadi (tajribani 1915-yilda A. Eynshteyn va golland fizigi V. de Xaaz amalga oshirgan). Bu tajribada metall sterjen oʻz oʻqi atrofida tez aylantirilsa tashki magnit maydon boʻlmaganda ham (yaʼni solenoidda elektr toki boʻlmasa ham) sterjen magnitlanishini kuzatish mumkin. Bu effektni amerikalik olim S. Barnett 1909-yilda kuzatgan. Magnitomexanik hodisalar, ayniqsa, atom tuzilishini oʻrganishda muhim. Magnitomexanik hodisalar har xil jismlarning magnit xossalarini aniqlashga imkon beradi. Magnit moment - tok oqayotgan berk konturning, jismlar va modda zarralarining magnit xossalarini ifodalaydigan vektor kattalik. Elementar zarralar, atom yadrosi, molekula va atomlarning elektron qobiqlari Magnit momentga ega. Atom va yadro fizikasida Magnit momentining oʻlchov birligi qilib magneton olingan. Makroskopik sistemaning Magnit moment uning atom (molekula) lari yigʻindisiga teng. Makroskopik jismning magnit holati magnitlanganlikni ifodalaydi. Magnit moment tushunchasi magnit maydondagi moddalarda sodir boʻluvchi turli fizik hodisalarni tushuntirishda juda muhimdir.[1] Umuman olganda, formula {\displaystyle \mathbf {m} ={1 \over 2}\int \limits _{V}[\mathbf {r} ,\mathbf {j} ]dV,} bu erda {\displaystyle \mathbf {j} } - oqim zichligi, {\displaystyle dV} - hajm Elektr toki bilan tekis kontaktlarning zanglashiga olib keladigan bo'lsa, formula quyidagicha bo'ladi:      Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling