Farg`ona Davlat universitet
Download 0.81 Mb.
|
15 TALIK
Gazlarda elektr toki. Metallar,yarim o`tkazgichlar va elektrolitlarda elektr o`tkazuvchanlikning
haroratga bog`liqligi.o`ta o`tkazuvchanlik to`g`risida tushuncha.Noananaviy energiya manbalari Reja: 1 Metallar,yarim o`tkazgichlar va elektrolitlarda elektr o`tkazuvchanlikning haroratga bog`liqligihaqida tushincha 2 Metallarning elektr toki ularda zaryadli zarralarning elektr maydondagi tartibli harakati bilan tushuntiriladi. Mandelshtam va Papaleksi, so‘ngra Tolmen va Styuart 1913-1916 yillarda o‘tkazgan tajribalari bu zarralar elektronlardan iboratligini to‘liq isbotladi. Keyinchalik rivojlangan Xoll effekti yordamida ham metallardagi o‘tkazuvchanlikning sababchisi metall hajmi bo‘ylab harakatlana oladigan elektronlar ekanligi tasdiqlandi. Yarimo‘tkazgichlar deganda fizikada dastlab to‘rt valentli Ge va Si moddalari tushuniladi, ularning fizik xossalari ayniqsa batafsil o‘rganilgan. Mendeleev jadvalida shu guruxda turgan olmos ham yarimo‘tkazgich hisoblanadi, lekin uni hosil qilish qiyinroq. Uch valentli elementlarni besh valentli elementlar bilan birikmalari А3B5 (GaAs, InSb, GaP, InP ...) yarimo‘tkazgichli kristallar hosil qiladi. Shu kabi A3B5 tipdagi birikmalar (ZnTe, ZnSe, CdTe, CdS) va boshqa tipdagi yarimo‘tkazgichlar ma’lum. Yarimo‘tkazgichlar borgan sari ko‘proq qo‘llanilayotgan sharoitda, kremniy Si tabiatda keng tarqalgan modda sifatida borgan sari ko‘proq qo‘llanilmoqda. Texnikada qo‘llaniladigan Si nihoyatda toza bo‘lishi kerak, undagi aralashma atomlarining soni kremniy atomlar sonining 10-8 qismidan oshmasligi kerak. Bunday tozalikni amalga oshiradigan texnologik jarayonlarni o‘zlashtirgan firmalar ko‘p emas, texnik kremniy esa qimmatbaho mahsulot hisoblanadi. 0‘zbekistonda Elektronika Instituti Koreya Respublikasi firmalari bilan birgalikda Respublika kremniy zaxiralaridan texnik kremniy olish bo‘yicha amaliy ishlar olib bormoqda. O`ta o`tkazuvchanlik hodisasi tashqi ta`sirlarga kuchli bog`liq.Masalan, materialning temperaturasining oshishi, elektr va magnet maydonlarning ta`siri tufayli moddaning o`ta o`tkazuvchanlik holati buziladi. Ushbu kurs ishimda moddalarning o`ta o`tkazuvchanlik holatidagi xossalari va ularga elektr va magnit maydonlarining ta`siri o`rganilib chiqiladi. Hozirgi paytgacha o`ta o`tkazuvchanlik hodisasi ustida keng miqyosda izlanishlar olib borilmoqda va bu hodisani tushuntirish borasida katta yutuqlarga erishilgan. O`rganishlar asosida hozirgi vaqtda yigirmadan ortiq sof metallar, yuzdan ortiq qotishma va ximiyaviy birikmalardan iborat o`ta o`tkazgichlar aniqlangan. Shu narsa qizikki, odatdagi temperaturalarda eng yaxshi o`tkazgichb bo`lib hisoblanadigan metallar absolyut nol temperaturada o`ta o`tkazgichlarga aylanmaydi. Metallning o`ta o`tkazuvchanlik holatiga o`tish temperaturasi kritik temperature Tk deb yuritiladi. Masalan, o`ta otkazgichlardan talliy, qalayi va qo`rg`oshin uchun kritik temperatura, mos ravishda 2.35K, 3.73K va 7.19K ga teng. O`ta o`tkazgich holatning asosiy xususiyati 1933-yilda V.Meyssner va R.Oshenfeld tomonidankashf qilingan va tashqi magnit maydonni o`ta o`tkazgich ichidan itarib chiqarish hodisasi Meyssner effektidan iborat. O`ta o`tkazgich ferromagnitga teskari ideal diamagnetik xossasiga ega. O`ta o`tkazgich ichida magnit maydon nolga teng. Meyssner effektini ichki maydonni o`zgarmasligidan iborat ideal o`tkazuvchanlikning zaruriy sharti deb hisoblash noto`g`ri ekanligini Maksvell tenglamalariga asoslangan analizdan ko`rinadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling