Farg`ona Davlat universitet
Download 0.81 Mb.
|
15 TALIK
Atmosferadagi issiqlik muvozanati o`zgarishining sayyora iqlimiga ta`siri, parnik effekta
Reja: 1 Atmosferaning issiqlik muvozanati haqida ma`lumot 2 Parnik effekta nima Atmosferaning issiqlik muvozanati– atmosferaga kelgan va undan chiqqan issiqlik tengligi. Atmos-feraning nurlanish balansi R, atmos-ferada suv bugʻlari kondensatlanishi tufayli ajralib chiqqan issiqlik hr (h – kondensatsiya yashirin issiqligʻi, g– yogʻinlar yigʻindisi), yer sirtidan turbulent almashinuv natijasida atmos-feraga berilgan issiqlik R, havoning gorizontal yoʻnalishda koʻchishi (advek-siya) tufayli kelgan issiqlik oqimi (A) Atmosferaning issiqlik balansi b.ni tashkil qiladi. Issiqlikning advektiv koʻchishi odatda ek-vatordan qutblarga qarab yoʻnalgan boʻladi, shuning uchun bu jarayon tufayli yuqori ken- gliklardagi havo issiqlik oladi, quyi kengliklarda esa issiqlik yoʻqotadi. Atmosfera sirkulyatsiyasi va okean sir-kulyatsiyasi tufayli havo temperaturasi uzluksiz ravishda quyi kengliklarda pasaymaydi, yuqori kengliklarda koʻtarilmaydi, ya’ni issiqlikning advektiv koʻchishi nati-jasida muvozanatlashib turadi. Shunga koʻra butun atmosferaning oʻrtacha yillik temperaturasi turgʻun boʻladi. Yerda hayot mavjud bo’lishi uchun eng zarur quvvat manbai Quyosh radiatsiyasi — Quyoshning yer atmosferasiga kirib keluvchi elektromagnit nurlari hisoblanadi. Quyosh energiyasi fasllar almashuvi bilan bog’liq barcha atmosfera jarayonlari, shuningdek, ob-havo sharoitlari o’zgarishi sababchisidir. Quyosh energiyasining yarmiga yaqini biz Quyosh nurlari deb tushunadigan spektrning ko’zga ko’rinuvchi qismidir. Bu radiatsiya atmosferadan erkin o’tib keladi, uni quruqlik va okeanlar yuzasi yutadi va isiydi. Ammo Quyosh radiatsiyasi ming-minglab yillar davomida har kuni yer yuzasiga tushib turadi. Nega unda yer qizib ketmaydi va kichik bir Quyoshga aylanib qolmaydi? Hamma gap shundaki, yer ham, suv yuzasi ham o’zidan boshqa bir shaklda energiya tarqatadi: ko’zga ko’rinmas infraqizil nur yoki-issiqlik chiqaradi. O’rtacha olganda, yerga Quyosh nuri sifatida qancha energiya kelsa, kosmik fazoga infraqizil nur sifatida shuncha quvvat chiqib ketadi. Shunday qilib, sayyoramizda issiqlik muvozanati hosil bo’ladi. Hamma gap aynan qanday temperaturada muvozanat saqlanib turishidadir. Agar atmosfera bo’lmaganida yer yuzasidagi o’rtacha temperatura -23 darajani tashkil etgan bo’lardi. Atmosferaning yer yuzasidagi infraqizil nurlarni yutadigan himoya vositasiga ega ekani amaldagi o’rtacha temperaturaning +15 darajada bo’lishini ta’minlaydi. Temperaturaning ko’tarilishi atmosferada “parnik effekti” yoki issiqlik to’planishi bilan bog’liq. Atmosferada karbonat angidrid gazi va suv bug’lari ko’payishi bilan u ham kuchayib boradi. Bu gazlar infraqizil radiatsiyani yaxshi yutadi. Bunday jarayon kichik bir ko’rinishda oddiy poliz teplitsasida ham ro’y beradi. Unda gazlarni yutuvchi narsa vazifasini Quyosh nurini to’siqsiz o’tkazadigan shaffof plyonka bajaradi, ammo u pastdan yuqoriga yo’nalgan tuproq haroratini yaxshi o’tkazmaydi. Keyingi yillarda atmosferada karbonat angidrid gazi kontsentrasiyasi tobora ko’p yig’ilib qolmoqda. Buning sababi qazib olinayotgan yoqilg’ilar hamda yog’ochning yildan-yilga ko’plab yoqilayotgani bilan bog’liq. Buning oqibatida yer yuzasidagi havoning o’rtacha harorati har yuz yilda 0,5 daraja ko’tarilib bormoqda. Agar kelgusida ham yoqilg’i yonishi va havoda parnik gazlari kontsentrasiyasining oshish sur’ati saqlanib qolsa, ayrim hisob- kitoblarga ko’ra, yangi asrda iqlim yanada isib ketishi mumkin. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling