Farg’ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 22. 103-guruh talabasi Hasanboyeva Fotimaning Tilshunoslik fanidan “Tilning paydo bo’lishi to’g’risidagi nazariyalar “ mavzusida qilgan taqdimoti


Download 62.44 Kb.
bet1/3
Sana20.01.2023
Hajmi62.44 Kb.
#1104589
  1   2   3
Bog'liq
Tilshunoslik

Farg’ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 22.152-guruh talabasi Rahimova Zulfizarning Tilshunoslik fanidan “Tilning paydo bo’lishi to’g’risidagi nazariyalar “ mavzusida qilgan taqdimoti

Mavzu: Tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar .

  • Reja:
  • 1.Til haqidagi dastlabki tushunchalar.
  • 2.Til qanday paydo bo’lgan.
  • 3.Tilning paydo bo’lishi haqidagi turli nazariyalar ularning talqini.

Tilning paydo bo’lishi masalasi - til qachon va qayerda paydo bo’lgan, dastlab nechta til bo'lgan, u yoki bu tillar qanday bo‘lgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgani yo‘q. Bu xususda ilmiy taxminlar mavjud, xolos. Ba’zi olimlarning fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo‘lgan. Ma’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o‘zgaruvchandir. Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lganini tasvvuur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtai nazardan o‘rganish mumkin emas.Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lishidan awalgi holati biz uchun qorong‘idir. Biz faqat yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti to ‘g‘risida yozma yodgorliklardan foydalanib fikr yuritishimiz mumkin. Lekin yozuv paydo bo‘lgandan keyingi tilni o‘rganish tilning paydo bo’lishi to ‘g‘risidagi muammoni yoritishga imkon bermaydi. Shunday bo’lsa ham , ba’zi olimlar bu masalaga oid o ‘z munosabatlarini, fikrlarini aytib o‘tishgan. Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilni qay tarzda kelib chiqqanligi ustida uzoq davr qizg‘in bahs yuritganlar. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki xil farazni o’rtaga tashlagan.

Demokrit va boshqalar (asrimizgacha bo‘lgan 460-370-yillar) tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlar (asrimizgacha bo‘lgan 427-347-yillar) narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish bor. Bu bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan, degan fikmi ilgari surishgan. Tarixda bu oqim anologistlar deb nom olgan. Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaralsa, narsalar bilan ulaming nomi orasida, umuman olganda hech qanday bog‘lanish yo’q.


Download 62.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling