Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»
Download 0.54 Mb.
|
O\'zbek tilining sohalarda qo\'llanishi MAJMUA1
TARQATMA MATERIALLAR
1-variant: 1. Qanday nutq madaniy nutq hisoblanadi? 3. Fan qaysi fanlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi? 4. Tilni faqat aloqa vositasi deb tushunish to’g’rimi? 5. Hozirgi kunda fan oldidagi muhim vazifalar qaysilar? 2-variant 1. Har qanday til birligining to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi qanday aniqlanadi? 2. “Me’yor davr xarakteriga ega” degan fikrni qanday tushunish mumkin? 3. Umumiy va xususiy me’yorning farqini ayting. 4. Xususiy me’yor ko’rinishlari qaysilar? 5. Ta’lim va muloqotning kaliti – nutq bilan, tarbiya va muomalaning kaliti – xulq bilan deganda nimani tushunasiz?
Izoh: har bir so’z alohida-alohida qirqilib, konvertlarga joylanadi va har bir guruhga beriladi. BXBXB
Guruhlar o’zaro fikrlashib, jadvalni to’ldiradilar. O’qituvchi tomonidan xulosalanadi. TESTLAR Har bir mutaxassis, umuman, har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat bo’lgan jihatlar qaysi javobda berilgan? notiqlik san’ati sirlarini o’rganish, o’z fikrini bayon qilayotgan lisoniy materiallardan to’g’ri foydalanish, har bir til vositasini kerakli va lozim bo’lgan o’rinda mantiqan va grammatik jihatdan to’g’ri qo’llash nutq madaniyati va uslubiyati masalalarini tadqiq qilish notiqlik san’ati sirlarini o’rganish, nutq madaniyati va uslubiyati masalalarini tadqiq qilish til me’yorlarini yaxshi egallash, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilish Javoblarning qaysi birida nutq madaniyatiga noto’g’ri ta’rif berilgan? nutq madaniyati - til me’yorlarini egallamoq, ya’ni talaffuz, urg’u, so’z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilish nutq madaniyati - tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish nutq madaniyati - ifodali o’qish madaniyatini egallash demakdir. nutq madaniyati - talaffuz, urg’u, so’z ishlatish, gap tuzish qoidalariga e’tibor bermay, tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o’qish madaniyatini egallash demakdir. O’qituvchi nutqi madaniyatining fan sifatida tekshirish predmeti nimalardan iborat? Nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning kommunikativ (aloqaviy) fazilatlaridir. Turli kishilarning nutqi Bir kishining turli mavzuda so’zlagan nutqi Javoblarning barchasi to’g’ri Namunaviy nutq birinchi navbatda ___________ nutq bo’lishi kerak. Gapni kerakli jumla bilan to’ldiring. to’g’ri tuzilgan ma’noli tinglovchi shevasidagi bir kishining turli mavzuda so’zlagan Nutq to‘g‘riligi nimalarga asoslanadi? Adabiy til me’yorlariga to’la amal qilishga asoslanadi. Tinglovchi yashaydigan hudud tiliga asoslanadi Turli kishilarning bir mavzu doirasidagi suhbatiga asoslanadi To’g’ri javob yo’q Lisoniy vositalarni noto’g’ri qo’llash…. Nuqtalar o‘rnini kerakli jumla bilan to’ldiring. nutqni buzadi mantiqiylikka ta’sir qiladi ta’sirchanlikka ta’sir qiladi barcha javoblar to’g’ri Tilning so’z boyligini, uning sinonimlar, antonimlar, omonimlar sistemasini, har bir so’zning o’ziga xos ma’no va grammatik xususiyatlarini, ularning o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish orqali ta’minlanadigan nutqiy sifatlar qaysi javobda to’g’ri va to’liq berilgan? Nutqning tozaligi, ta’sirchanligi, ifodaliligi, qisqaligi kabi ko’pgina aloqaviy sifatlarni ta’minlaydi. Nutqning ifodaliligi, tushunarliligi kabi ko’pgina aloqaviy sifatlarni ta’minlaydi. Nutqning tozaligi, qisqaligi kabi ko’pgina aloqaviy sifatlarni ta’minlaydi. Nutqning sinonimlari, antonimlari, omonimlarini yaxshi bilishni ta’minlaydi. Lug‘atshunoslik bo’limi tilshunoslikda yana qanday atama orqali ifodalanadi? Leksikografiya Leksikologiya Semasiologiya Izohli lug‘at Nutq madaniyati bilan ruhshunoslikning munosabatini namoyon etuvchi javobni belgilang nutqning o’rinli-o’rinsiz ekanligini belgilash vaziyatlar va odamlar holatini hisobga olgan holda nutq tuzish tinglovchilar kayfiyatiga e’tibor berish barcha javoblar to’g’ri Nutq madaniyati bilan ruhshunoslik munosabatida ko’proq _________ hisobga olishi birinchi o’rinda turadi. Gapni kerakli jumla bilan to’ldiring. notiqning u yoki bu fikrini bayon qilishda odamlar kayfiyatini nutqning o’rinli-o’rinsiz ekanligini nutqning ilmiy atamalarga boyligini notiqning oliy ma’lumotli ekanligini Har bir notiq ko’zlangan maqsadga erishishi uchun nimalarga e’tibor berishi kerak? Notiqning nutqi qanday tuzilganda tilning qanday tasviriy vositalarini qaysi holatlarda, nutqning qaysi qismida ishlatganda tinglovchilar kayfiyatiga ta’sir qilinishi, ular kayfiyatini o’zgartirishini yaxshi bilishi lozim. Notiqning nutqi tinglovchilar qiziqishidan kelib chiqishi shart emas, u o’zi tanlagan mavzuga ko’proq e’tibor berish lozim Notiqning nutqi badiiy tasvir vositalariga boy bo’lishi kerak Notiq maqsadiga erishishi shart emas, u nutqini maromiga yetkazib so’zlasa kifoya «O’z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin». Javoblarning qaysi birida mazkur fikrning muallifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? I.Karimov Sh. Mirziyoyev A.Avloniy Bu fikr “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonundan olingan Nutq madaniyatining qaysi fanlar bilan aloqasi juda mustahkam? tilshunoslik, uslubiyat, notiqlik san’ati, matnshunoslik, ruhshunoslik, falsafa, adabiyotshunoslik tilshunoslik, estetika, ingliz tili, mantiqshunoslik, ruhshunoslik, falsafa, adabiyotshunoslik tilshunoslik, uslubiyat, notiqlik san’ati, matnshunoslik, ruhshunoslik, falsafa, biologiya tilshunoslik, tarbiya, fizika, notiqlik san’ati, matnshunoslik, ruhshunoslik, adabiyotshunoslik Nutq madaniyatining tilshunoslikning qaysi sohalari bilan aloqador? Leksikologiya, semasiologiya, uslubiyat, leksikografiya Puktuatsiya, semasiologiya, leksikologiya, leksikografiya Leksikologiya, grafika, uslubiyat, leksikografiya Nutq madaniyati alohida soha, u tilshunoslikka bog‘liq emas Nutqning madaniyligini ta’min etadigan kommunikativ sifatlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? to’g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik to’g’rilik, mantiqiylik, lug’aviy birliklardan to’g’ri foydalanish, mantiqiylik, punktuatsion bilimga egalik, ifodalilik, boylik, soflik notiqlik san’atini egallash Qanday sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan nutq madaniy nutq hisoblanadi? to’g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik to’g’rilik, mantiqiylik, lug’aviy birliklardan to’g’ri foydalanish, mantiqiylik, punktuatsion bilimga egalik, ifodalilik, boylik, soflik notiqlik san’atini egallash Rossiyada Pyotr I zamonida chiqarilgan farmonga ko’ra … jismoniy yoki nutqiy nuqsonga ega bo’lgan odam, har qancha yetuk mutaxassis bo’lmasin, dars berish uchun sinfga kiritilmagan. yetuk mutaxassis jismoniy yoki nutqiy nuqsonga ega bo’lishidan qat’i nazar dars berish uchun sinfga kiritilgan. yetuk mutaxassis jismoniy nuqsonga ega bo’lsa dars berishiga ruxsat berilgan, nutqiy nuqsonga ega bo’lsa dars berish uchun sinfga kiritilmagan. maktablarga yetuk mutaxassislar ishga olingan. O’qituvchining asosiy quroli qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? uning tili, nutqi darsliklari dars ishlanmasi diploma To’g’ri nutq … . Fikrni to’ldiring. – hozirgi adabiy til me’yorlariga rioya qilib tuzilgan nutq. – hozirgi adabiy til me’yorlariga rioya qilib tuzilmagan nutq. – tinglovchi yashaydigan hududga moslashtirilgan nutq. – varvarizmlar, dealektizmlar bilan boyitilgan nutq. O’qituvchi nutqi madaniyati faniga qaysi javobda to’g’ri ta’rif berilgan? amaliy jihatdan o’qituvchi nutqining xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan nazariy jihatdan o’qituvchi nutqining xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan o’qituvchi nutqining dars davomidagi madaniyligini tadqiq qiluvchi fan barcha javoblar to’g’ri Til me’yori - … nutq madaniyati nazariyasining markaziy tushunchasidir til madaniyati nazariyasining markaziy tushunchasidir fan madaniyati nazariyasining markaziy tushunchasidir nutq madaniyati nazariyasining yordamchi tushunchasidir Har qanday til birligining to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini aniqlab beruvchi me’yor qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? Adabiy til me’yori Nutqiy me’yor Til me’yori Mantiqiy me’yor Me’yor deganda nimani tushunish mumkin? til unsurlarining xalq o’rtasida ko’pchilikka ma’qul bo’lgan variantini qo’llash tushuniladi. nutq unsurlarining xalq o’rtasida ko’pchilikka ma’qul bo’lgan variantini qo’llash tushuniladi. til unsurlarining ziyolilar o’rtasida ma’qul bo’lgan variantini qo’llash tushuniladi. til unsurlarining xalq o’rtasida ma’lum bir qavmga ma’qul bo’lgan variantini qo’llash tushuniladi. Adabiy tili me’yori, dialektal me’yor, so’zlashuv nutqi me’yori, ijtimoiy tarmoqlar me’yori o’zbek tilining qaysi me’yor turiga kiradi? Xususiy me’yor Umumiy me’yor Lahja va shevalar me’yori Adabiy til me’yori Javoblarning qaysi birida “me’yor” tushunchasiga to’g’ri ta’rif berilgan? Ma’lum bir til jamoasida mustahkam qo’llanib kelayotgan lisoniy hodisalar yig’indisi Ma’lum bir nutq jamoasida mustahkam qo’llanib kelayotgan lisoniy hodisalar yig’indisi Nutqiy hodisalarning odamlar orasida mustahkam qo’llanib kelayotgan yig’indisidir. Ma’lum bir til jamoasida mustahkam qo’llanib kelayotgan fonetik hodisalar yig’indisi Javoblarning qaysi birida o’zbek adabiy tilining aniq me’yorlari to’g’ri va to’liq ko’rsatilgan? 1. Fonetik me’yorlar; 2. Talaffuz me’yorlari; 3. So’z yasash me’yorlari; 4. Morfologik me’yor; 5. Sintaktik me’yor; 6. Uslubiy me’yor; 7. Lug’aviy me’yor; 8. Punktuatsion me’yor; 9. Aksentologik me’yor; 10. Estetik me’yor; 11. Mantiqiy me’yor 1,2,3,4,5,6,7,8,9 1,3,5,7,9,11 2,4,6,8,10 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11 Adabiy talaffuz me’yoriga qaysi javobda to’g’ri ta’rif berilgan? Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me’yoriga muvofiq kelishidir. Til birliklarining yozma nutq jarayonida adabiy til me’yoriga muvofiq kelishidir. Nutq birliklarining og’zaki adabiy til me’yoriga muvofiq kelishidir. Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida sheva va lahjalar me’yoriga muvofiq kelishidir. Imloviy me’yor … yozuv me’yoridir. adabiy tilning madaniylik darajasini boshlab beruvchi asosiy mezondir. imlo qoidalariga muvofiq ravishda to’g’ri va xatosiz yozish malakasi. Barcha javoblar to’g’ri Tilshunoslikning nazariy jihatdan birmuncha mukammal ishlangan, so’z shakllari, qo’shimchalar, so’z birikmalari va gap tuzilishi ancha me’yorlashtirilgan bo’limi qaysi bo’lim? Grammatika Fonetika Leksikologiya Sintaksis Adabiy til uchun turlovchi, tuslovchi hamda so’z yasovchi qo’shimchalarning eng ma’qul variantlari shevalar bilan qiyoslangan holda tavsiya etilgan me’yor qaysi? Morfologik me’yor Sintaktik me’yor Fonetik me’yor Orfografik me’yor Inversiyaning haddan tashqari qo’llanishi qaysi me’yorning buzilishiga olib keladi? Sintaktik Morfologik Mantiqiy Grammatik Adabiy tilning xalq tilida mavjud bo’lgan so’z variantlaridan eng ma’qulini, ya’ni hamma uchun tushunarli bo’lgan ko’rinishlarini tanlab olib, me’yor sifatida taqdim etishi …. Leksik me’yor Morfologik me’yor Sintaktik me’yor Fonetik me’yor Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o’zgarishlar, yangiliklar eng avvalo, ….. o’z ifodasini topadi. Nuqtalar o’rnini kerakli atama bilan to’ldiring. leksikada fonetikada morfologiyada sintaksisda So’z ma’nolarining qaysi biri hozirgi o’zbek adabiy tili uchun me’yor ekanligini belgilash qanday me’yor hisoblanadi? Semantik me’yor Fonetik me’yor Grammatik me’yor Uslubiy me’yor Berilgan maqollarning qaysi birida insonning nutq tuzishga e’tiborli bo‘lishi da’vat etilgan? «O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir», «Qopib emas, topib gapir» «So‘z qadrini bilmagan o‘z qadrini bilmas», «Bulbul chamanni sevar, odam Vatanni» «Oz-oz o’rganib dono bo’lur, Qatra-qatra yig’ilibdaryo bo’lur», «Yetti o’lchab, bir kes» «Qopib emas, topib gapir», «Do’st achitib gapirar, Dushman kuldirib» «Odobning boshi tildir» maqoli qayd qilingan asar berilgan javobni belgilang. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” Yusuf Xos Hojib “Hibat ul-haqoyiq” Alisher Navoiy “Qutadg‘u bilig” Kaykovus “Devonu lug‘otit turk” So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin, Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin. Berilgan hikmatli so’z qaysi asardan olingan? Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asaridan Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridan Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug’atayn”asaridan Kaykovusning “Qobusnoma” asaridan Nutq davomida tinglovchilardan ayrimlari tez-tez soatiga qarab qo‘ysa, esnab o‘tirsa, kim aybdor bo’ladi? Notiq aybdor, demak, unda fikrlash san’ati bor, lekin omma e’tiborini tortish iqtidori yo‘q. Tinglovchi aybdor, demak, unda tinglash madaniyati mavjud emas. Notiq aybdor, demak, unda fikrlash san’ati yo‘q. Hech kim aybdor emas, nutq davomida bunday holatlar bo’lishi tabiiy Ta’lim va muloqotning kaliti – …..bilan, tarbiya va muomalaning kaliti – ….. bilan amalga oshiriladigan vosita. Nuqtalar o’rnini mos tushuvchi so’zlar bilan to’ldiring. nutq, xulq notiqlik, madaniyat kitob, odob so’zlashuv, so’z Javoblarning qaysi birida notiqlikka to’g’ri ta’rif berilgan? Notiqlik – dalillarga boy, asoslangan ta’sirli nutq bilan ishontirish san’ati. Notiqlik – xalq shevasiga mos ravishda tutilmay so’zlay olish san’ati Notiqlik –asosli fikrlar asosida ta’sirli insho yoza olish san’ati. Notiqlik – fonetik, grammatik, uslubiy me’yorlarga amal qilish san’ati Mutolaa so’zi qanday ma’noni anglatadi? Arabcha «o‘qish, o‘qib o‘rganish» Tojikcha «o‘qish, o‘qib o‘rganish» Arabcha «tushunish» Arabcha «qayta so’zlash» Qaysi javobda mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi bosqichlari to’g’ri ko’rsatilgan? Psixologik, semantik-struktural, retseptiv komponent Fonetik, leksik, sintaktik O’qib tushunish, tinglab tushunish, qayta so’zlash Barcha javoblar to’g’ri Mutolaaga to’g’ri ta’rif berilgan javobni belgilang. Mutolaa zamonaviy adabiyot rivojini ta’minlovchi vositadir Mutolaa o‘quvchi va badiiy asar munosabatini mustahkamlovchi vositadir Mutolaa o’qib tushunish, tinglab tushunish, qayta so’zlashdir A va B javoblar to’g’ri Qadimgi Gretsiya va Rimda shakllangan notiqlik nazariyotchilari javoblarning qaysi birida keltirilgan? Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel Demosfen, Kvintilian, Aristotel, Lomonosov Kvintilian, Aristotel, Lomonosov, Forobiy Beruniy, Forobiy, ibn Sino, Xorazmiy Sitseronning notiqlik haqida yozgan asarlari javoblarning qaysi birida to’g’ri ko’rsatilgan? «Notiq haqida», «Notiq», «Brut» «Ritorika», «Notiq», «Brut» «Brut», «Ritorika», «Notiq bilimi haqida» «Ritorika», «Notiq bilimi haqida» Rossiya tarixida notiqlik san’atiga bo’lgan e’tibor qachon kuchaydi? Pyotr I davrida Aleksandr I davrida Nikolay I davrida Rossiya tarixida notiqlik san’ati shakllanmagan 1.Yuqori doiradagi dvoryanlar orasida mavjud bo’lgan saroy notiqligi. 2.Diniy notiqlik. 3.Xalq notiqligi (Xalq qo’zg’oloni rahbarlarining) 4.Harbiy notiqlik 5.Diplomatik notiqlik. Keltirilgan yo’nalishlar haqidagi qaysi fikr to’g’ri? XVII - XVIII asrlar rus notiqligi yo’nalishlari XV - XVII asrlar arab notiqligi yo’nalishlari XVII - XVIII asrlar O’rta Osiyo notiqligi yo’nalishlari XX asr boshlaridagi rus notiqligi yo’nalishlari O’rta Osiyo nutq madaniyati asoschilari berilgan javobni belgilang. Beruniy, Forobiy, al-Xorazmiy, Kaykovus, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur Beruniy, Forobiy, al-Xorazmiy, Kaykovus, Yusuf Xos Xojib, Sitseron, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur va boshqalar. Demosfen, Kvintilian, Aristotel, Lomonosov Beruniy, Forobiy, Demosfen, Kvintilian, Aristotel, Lomonosov Balog’a(t) san’ati haqidagi qaysi javob to’g’ri? chechanlik, notiqlik Balog’atga yetish Xalq notiqligi Bunday san’at mavjud emas Buyuk qomusiy olim Beruniy qaysi fanni o’rganmaganlarga qarata «Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog’lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o’lchovi) va mantiq (logika)ni mutolaa qilganda edi, so’z zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bo’lardi», deydi? Mantiq Adabiyot Tilshunoslik Tarix Javoblarning qaysi birida Beruniy tomonidan ko’rsatib o’tilgan nutq ko’rinishlari to’g’ri berilgan? Nasr, nazm. Grammatik, fonetik Epik, lirik Beruniy asarlarida nutq ko’rinishlari haqidagi fikrlar mavjud emas 1082-1083-yillarda yaratilgan, 44 bobdan iborat, nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz gaplar aytilgan qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri keltirilgan javobni belgilang. «Qobusnoma» “Qutadg’u bilig” “Majolis un-nafois” “Boburnoma” «Xalq oldida gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Haloyiq sening so’z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar, ... har kishining aholi o’z so’zi ostida yashiringan bo’ladi». Berilgan fikrlar kimning asaridan olingan? Kaykovus «Qobusnoma» Beruniy «Geodeziya» Xorazmiy «Mafotixul - ulum» Yusuf Xos Xojib «Qutadg’u bilig» Turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo’lgan qaysi asarda so’zlarni to’g’ri tanlash va qo’llash haqida: «Bilib so’zlasa so’z bilig sanalur» deyilgan? Yusuf Xos Xojib «Qutadg’u bilig» Kaykovus «Qobusnoma» Beruniy «Geodeziya» Xorazmiy «Mafotixul - ulum» O’zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo’lgan Alisher Navoiyning 24-bobi voizlikka bag’ishlangan asari berilgan qatorni belgilang. «Mahbubul-qulub» «Muhokamat ul-lug’atayn» «Majolis un-nafois» “Farhod va Shirin” Alisher Navoiyning qaysi asarlari o’zbek tilida nutq tuzishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta hissa qo’shdi? «Muhokamat ul-lug’atayn», «Mahbub ul-qulub», «Nazm ul-javohir» «Muhokamat ul-lug’atayn», «Majolis un-nafois», “Farhod va Shirin” “Saddi Iskandariy”, «Mahbub ul-qulub», «Majolis un-nafois» «Nazm ul-javohir», “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy” Dunyo olimlari tomonidan XV asrning eng yaxshi prozaik asari deb tan olingan asar javoblarning qaysi birida berilgan? Z.M.Bobur «Boburnoma» Z.M.Bobur g’azallari A.Navoiy «Muhokamat ul-lug’atayn» Kaykovus «Qobusnoma» Tinglovchilarni ma’lum harakatga chorlovchi yoki ularda qandaydir g’oyalar, tasavvurlar tizimini uyg’otishga qaratilgan maxsus vazifa bajaruvchi nutq javoblarning qaysi birida to’g’ri berilgan? Notiqlik nutqi Tarbiyaviy nutq Ilmiy nutq Tinglovchi nutqi XV asrda Xirotda yashagan qaysi atoqli alloma nutq haqida quyidagi fikrni bildirgan: «Bilgilki, odamzotning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir. So’z hamma vaqt savob uchun ishlatilishi, to’g’ri va haqqoniy bo’lishi kerak. Agar shunday bo’lmasa, jim turgan ma’qul» Husayn Voiz Koshifiy Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher Navoiy Kaykovus Husayn Voiz Koshifiy suhbat qoidalarini qanday turlarga ajratadi? 2 turga: Yoshi ulug’larning suhbat odobi qoidalari va yoshlar suhbat odobi 3 turga: Yoshi ulug’larning suhbat odobi qoidalari, o’rta yoshlilar suhbati qoidalari va yoshlar suhbat odobi 2 turga: Kambag’al odamlar suhbat odobi va boylar suhbat odobi Husayn Voiz Koshifiy suhbat qoidalarini qanday turlarga ajratmagan Nutq madaniyati haqidagi qaysi hukm noto’g’ri? Nutq madaniyatining ikki xil ko‘rinishi bor: og‘zaki va yozma Og’zaki nutq insonlar o’rtasida axborot almashishga xizmat qiladi, yozma nutq esa axborot almashishga xizmat qilmaydi. Og’zaki nutqning so’z boyligi yozma nutqqa qaraganda kambag’al bo’ladi. Yozma nutq og’zaki nutqdan so’ng yozuv ta’sirida paydo bo’lgan Javoblarning qaysi birida og’zaki nutqning o’ziga xos xususiyatlari to’g’ri berilgan? Og’zaki nutq uchun yorug’lik talab qilinmaydi, tezkorlikda amalga oshadi, og’zaki nutqning so’z boyligi yozma nutqqa qaraganda kambag’al bo’ladi, og’zaki nutqda turli xil imo-ishoralar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Og’zaki nutq yozma nutqdan so’ng paydo bo’lgan, og’zaki nutqning so’z boyligi yozma nutqqa qaraganda kambag’al bo’ladi, og’zaki nutqda turli xil imo-ishoralar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Og’zaki nutq adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo’ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir, og’zaki nutq kabi kishilar o’rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas Og’zaki nutq uchun vaqt, makon va zaruriy qurollar kerak, og’zaki nutqning so’z boyligi yozma nutqqa qaraganda kambag’al bo’ladi Nutq texnikasi deganda nima tushuniladi? Jonli, tovushli nutq va uning barcha unsurlarini to‘g‘ri voqelantirish ko‘nikma va malakalarining jami Yozma nutqning ko’rinishi Og’zaki va yozma nutq jamlanmasi Talab darajasida shakllanmagan nutq Dastlab ovozi past, talaffuzi yomon, nafasi qisqa bo‘lganligidan chiroyli va ta’sirli nutq ayta olmagan, biroq oylab mashqlar qilish natijasida notiqlikning yuksak cho‘qqisini zabt etgan mashhur qadimgi yunon notig‘i kim? Demosfen Aristotel Kaykovus Sitseron Javoblarning qaysi biri nutqda yaxlit ohangning shakllanishida ishtirok etadigan unsurlar berilgan? Urg‘u, to‘xtam (pauza), mazmuniy-hissiy intonatsiya Bo’g’in, so’z, gap Tovush, urg’u, intonatsiya Urg’u, bo’g’in, so’z Yozuv ta’sirida paydo bo’lgan adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo’ysunuvchi nutq shakli javoblarning qaysi birida to’g’ri berilgan? Yozma nutq Og’zaki nutq She’riy nutq Mazmunli nutq Yozma nutq qanday qonun-qoidalar asosida shakllantiriladi? Imloviy, punktuatsion, uslubiy Fonetik, imloviy, uslubiy Leksik, grammatik, orfografik Imloviy, punktuatsion, sintaktik Yozma nutq doirasiga qanday matnlar kiradi? Ilmiy nutq, badiiy nutq, hujjatlar, ommaviy axborot vositalari uchun tuzilgan yozma matnlar Badiiy nutq, she’riy nutq, so’zlashuv nutqi uchun tuzilgam matnlar Hujjatlar, ommaviy axborot vositalari uchun tuzilgan yozma matnlar Ilmiy nutq, badiiy nutq, hujjatlar, so’zlashuv nutqi uchun tuzilgam matnlar Adabiy tilning yozma shaklida to‘g‘rilik sifatining ta’minlanishi uchun qanday me’yorga amal qilish lozim? Imlo va tinish belgilari Orfografik va orfoepik Sintaktik va punktuatsion Orfoepik va leksik Mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadigan va tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan me’yorni belgilang. Imlo me’yorlari Grammatik me’yorlar Punktuatsion me’yorlar Orfoepik me’yorlar Savodxonlikni ta’minlashning asosi hisoblanuvchi imlo qoidalari qaysi lug’atlarda o’z aksini topadi? Imlo lug‘atlarida Izohli lug’atlarda Ikki tilli lug’atlarda Frazeologik lug’atlarda Yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda zaruriy vosita qaysi javobda berilgan? Tinish belgilari Unli tovushlar So’z birikmalari Gap Javoblarning qaysi birida V.V.Vinogradov tomonidan ta’kidlangan tilning ijtimoiy vazifalari to’g’ri berilgan? Aloqa, xabar, ta’sir etish So’zlashuv, aloqa, his-tuyg’u Xabar, suhbat, dealekt Tilning ijtimoiy vazifasi mavjud emas Ilmiy uslubga berilgan qaysi ta’rif to’g’ri va to’iq? Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan vazifaviy uslubdir Ilmiy uslub so’zlashuv, texnika va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan vazifaviy uslubdir Ilmiy uslub fan, ishlab chiqarish va badiiylik bilan bog’liq bo’lgan vazifaviy uslubdir Ilmiy uslub og’zaki nutq bilan bog’liq bo’lgan vazifaviy uslubdir Publitsistik uslubning sintaktik xususiyatlarini toping. 1. So’roq gaplar ko’p ishlatiladi; 2. Uyushiq bo’lakli gaplar keng qo’llaniladi; 3. Undov gaplar ko’p ishlatiladi; 4. Kirish bo’lakli, kirish qurilmali gaplar keng qo’llaniladi; 5. Shaxsi umumlashgan gaplar ko’p ishlatiladi. 1,2,3,4,5 1,3,5 2,4,5 2,3,4 Adabiy tilning nutqiy imkoniyatlari to’laligicha qaysi uslubda namoyon bo’ladi? Badiiy nutq uslubida So’zlashuv uslubida Rasmiy uslubda Ilmiy uslubda Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling