Ta’limi vazirligi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
2.010.Семасиология
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SEMASIOLOGIYA FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 110 000 – Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti Nukus – 2022 I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni “Semasiologiya” kursi bo‘yicha tuzilgan mazkur dastur o‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan. Unda semasiologiyaning asosi, turli sath birliklarining semantik aspekti, asosan, leksik semantika va mazmuniy sintaksis masalalari, hamda shu sohada qo‘lga kiritilgan jahon va o‘zbek tilshunosligidagi so‘nggi yutuqlar bo‘yicha nazariy bilimlar berib boriladi. II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi “Semasiologiya” fanining asosiy maqsadi talabalarga turli sath birliklarining semantik aspekti, jumladan, leksik va grammatik birliklarning ma`no xususiyatlarini shakldan abstraktlashtirgan holda chuqur o‘rgatishdan iborat. Shu munosabat bilan quyidagi vazifalar kelib chiqadi: - semasiologiyaning lisoniy ma`no haqidagi fan ekanligi, uning shakllanishi, taraqqioti, turlari xususida ma`lumot berish; - talabalarni fonosemasiologiya xususidagi munozarali fikrlar bilan tanishtirish; - leksik semantika, leksik ma`no va uni belgilovchi omillar, leksik birliklarning semantik strukturasi, polisemiya va uning turlari, leksik birliklarning til sistemasidagi semantik munosabatlari, semantik valentlik, semantik maydon nazariyalari haqida ma’lumot berish; - grammatik semasiologiya xususida, so‘zlarning turkumlarga ajratishning semantik aspekti, funksional-semantik maydon, gapning semantik tuzilishi, gapning kommunikativ, presuppozitsiya va modal aspektlari xususida bilim berish. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: “Semasiologiya” kursi bo‘yicha quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi lozim: - semasiologiya, uning turlari, fanning shakllanish taraqqiyoti; fonosemasiologiya; - leksik semantika; grammatik semasiologiya; so‘zlarning turkumlarga ajratishning semantik aspektlari haqida bilimga ega bo‘lishi; - leksik birliklarni semik tahlil qilish; - polisemantik leksemalarning ma’no taraqqiyotini tahlil qilish; - sintaktik birliklarning mazmuniy aspektlarini tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishi; - o‘z faoliyatida fonetik, leksik va sintaktik birliklarning ma’noviy jihatlarini to‘g‘ri idrok qilish va qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lishi lozim. Fan modulining dasturi (module syllabus) ” SEMASIOLOGIYA” fanining 2022/2023 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan SILLABUSI Fanning qisqacha tavsifi OTMning nomi va joylashgan manzili: Nukus davlat pedagogika instituti P.Seyitov ko‘chasi,raqamsiz uy Kafedra: O‘zbek tili O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibida Ta’lim sohasi va yo‘nalishi: 100 000 – Gumanitar 110 000 – Pedagogika 5111200 – o‘zbek tili va adabiyoti Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot: M.Xudayarova e-mail: Dars vaqti va joyi: Bosh bino, 3-qavat 310- auditoriya Kursning davomiyligi: 04.02.2019-20.05.2019 Individual grafik asosida ishlash vaqti: dushanba, juma kunlari 16.00 dan 18.00 gacha Fanga ajratilgan Soatlar Auditoriya soatlari Seminar:44 Mustaqil ta’lim:86 Ma’ruza: 18 Amaliy 46 Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi (prerekvizitlari): “Semasiologiya” kursi fanning boshqa sohalari umumiy tilshunoslik, hozirgi o‘zbek adabiy tili kabi fanlar bilan bog‘liq holda olib boriladi. Fanning mazmuni Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni: “Semasiologiya” kursi bo‘yicha tuzilgan mazkur dastur o‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan. Unda semasiologiyaning asosi, turli sath birliklarining semantik aspekti, asosan, leksik semantika va mazmuniy sintaksis masalalari, hamda shu sohada qo‘lga kiritilgan jahon va o‘zbek tilshunosligidagi so‘nggi yutuqlar bo‘yicha nazariy bilimlar berib boriladi. Talabalar uchun talablar Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: “Semasiologiya” kursi bo‘yicha quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi lozim: - semasiologiya, uning turlari, fanning shakllanish taraqqiyoti; fonosemasiologiya; - leksik semantika; grammatik semasiologiya; so‘zlarning turkumlarga ajratishning semantik aspektlari haqida bilimga ega bo‘lishi; - leksik birliklarni semik tahlil qilish; - polisemantik leksemalarning ma’no taraqqiyotini tahlil qilish; - sintaktik birliklarning mazmuniy aspektlarini tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishi; - o‘z faoliyatida fonetik, leksik va sintaktik birliklarning ma’noviy jihatlarini to‘g‘ri idrok qilish va qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lishi lozim. Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 18.00 gacha Nazariy mashg‘ulotlar mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat № Mavzular Ajratilgan soat 1 Semasiologiya fani va uning turlari. Fanning shakllanish taraqqiyoti. 2 2 Leksik semantika. Leksik ma’no va uni belgilovchi omillar. 2 3 Leksemaning ma’no strukturasi. 2 4 Leksik ma`no taraqqiyoti. 2 5 Polisemiya. Leksik ma’no turlari. 2 6 Leksik ma’noning paradigmatik munosabatlari. Semantik oppozitsiyalar. 2 7 Leksik ma’noning sintagmatik munosabatlari. Semantik valentlik. Leksik birliklarni semik tahlil qilish. 2 8 Maydon nazariyasi. 2 9 So‘zlarni turkumlarga ajratishning semantik aspekti. 2 Jami 18 s. Amaliy mashg‘ulotlar mazmuni va ularga ajratilgan soat № Amaliy mashg‘ulotlar mavzusi Ajratilgan soat 1. Semasiologiya fani va uning turlari. Fanning shakllanish taraqqiyoti. 4 2. Leksik semantika. Leksik ma’no va uni belgilovchi omillar. 4 3. Leksik ma’no qirralari 4 4. Leksemaning ma’no strukturasi. 4 5. Polisemiya. 4 6. Leksik ma’no turlari. 4 7. Leksik ma’nolarning paradigmatik munosabatlari. Semantik oppozitsiyalar. 6 8. Leksik ma’noning sintagmatik munosabatlari. Semantik valentlik. 4 9. Leksik birliklarni semik tahlil qilish. 4 10. So‘zlarni turkumlarga ajratishning semantik aspekti. 4 11. Maydon nazariyasi. 4 JAMI: 46 s. Seminar mashg‘ulotlar mazmuni va ularga ajratilgan soat № Seminar mashg‘ulotlar mavzusi Ajratilgan soat VII-semestr 1. Semasiologiyaning mantiqiy va psixologik aspekti. 2 2. Fonosemasiologiya. 4 3. Semalar tasnifi. 2 4. Semantik oppozitsiyalar. 4 5. Leksik-semantik guruhlar. 2 6. Lisoniy maydon va uning turlari 4 7. Funksional-semantik maydon 2 8. Semantik maydon. 4 9. Semantik maydonni belgilovchi mezonlar 2 10. Leksik ma’no taraqqiyoti. 2 11. Valentlik nazariyasi 2 12. Leksema mazmuniy planining o‘zbek tilshunosligidagi talqini. 4 13. Leksik-semantik munosabatlar. 2 14. Komponent tahlil qilish asoslari 2 15. So‘zlarni turkumlarga ajratishdagi muammoli holatlar. 2 16. Ma`no anglatishda sathlararo hamkorlik 2 17 Semantik omil va uning boshqa omillar bilan munosabati. 2 44 soat Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1. Semasiologiyaning mantiqiy va psixologik aspekti. 2. Fonosemasiologiya. 3. Semalar tasnifi. 4. Semantik oppozitsiyalar. 5. Leksik-semantik guruhlar. 6. Semantik maydon. 7. Leksik ma’no taraqqiyoti. 8. Valentlik nazariyasi. 9. Leksema mazmuniy planining o‘zbek tilshunosligidagi talqini. 10. Leksik-semantik munosabatlar. 11. So‘zlarni turkumlarga ajratish omillari. 12. Ma`no anglatishda sathlararo hamkorlik . 13. Mazmuniy sintaksisning pragmatika munosabati. 14. Sintaksisning tarkibiy qismlari. 15. Gapning denotativ aspekti. 16. Gapning nominativ aspekti. 17. Gap semantikasining propozitiv aspekti. 18. Predikat va predikativlik Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan. Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar Fan bo‘yicha kurs ishi namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan. Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi: joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg`ulotlarda og`zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin; yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi. Oliy ta`lim muassasasi rahbarining buyrug`i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o‘tkaziladi. Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. «Hozirgi o‘zbek tili» fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: Ya.N.-30 ball, J.N.-70 ball qilib taqsimlanadi. Ball Baho Talabalarning bilim darajasi 86-100 A`lo Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish. 71-85 Yaxshi Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish. 55-70 Qoniqarli Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish Tasavvurga ega bo‘lish. 0-54 Qoniqarsiz Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik. Bilmaslik. Fan bo‘yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi. Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. Talabaning fan bo‘yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R=V*O‘/100 bu yerda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda); O‘ -fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda). Fan bo‘yicha joriy nazoratga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Joriy JN turi bo‘yicha 55 bal va undan yuqori balni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi. Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig`indisiga teng. YaN turi kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi. JN nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy nazorat uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi. Talabaning semestrda JN turi bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakuniy joriy va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig`indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul`tet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakul`tet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug`i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi. Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakul`tet dekani, kafedra muduri, o‘quv-bolimi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi. № Ko‘rsatkichlar ON ballari Maks 1-ON 2-ON 1 Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma’ruza darslaridagi faolligi, konspekt daftarlarining yuritilishi va to‘liqligi. 10 0-5 0-5 2 Talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi va o‘zlashtirishi. 10 0-5 0-5 3 Og‘zaki savol-javoblar, kollokvium va boshqa nazorat turlari natijalari bo‘yicha 10 0-5 0-5 Jami 30 0-15 0-15 Talabalar JN dan to‘playdigan ballarning namunaviy mezonlari № Ko‘rsatkichlar JN ballari maks 1-JN 2-JN 3-JN 4-JN 1 Darslarga qatnashganlik va o‘zlashtirishi darajasi. Amaliy mashg‘ulotlardagi faolligi, amaliy mashg‘ulot daftarlarining yuritilishi va holati 15 0-5 0-5 0-5 0-5 2 Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi. Mavzular bo‘yicha uy vazifalarini bajarilish va o‘zlashtirishi darajasi. 15 0-3 0-3 0-3 0-3 3 Yozma nazorat ishi yoki test savollariga berilgan javoblar 10 0-2 0-2 0-2 0-2 Jami JN ballari 40 0-10 0-10 0-10 0-10 Yakuniy nazorat "Yozma ish" shaklida belgilangan bo‘lsa, u holda yakuniy nazorat 30 ballik "Yozma ish" variantlari asosida o‘tkaziladi. Agar yakuniy nazorat markazlashgan test asosida tashkil etilgan bo‘lib fan bo‘yicha yakuniy nazorat "Yozma ish" shaklida belgilangan bo‘lsa, u holda yakuniy nazorat quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi Talabalar ON dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari Jami YaN ballari 30 0-10 0-10 0-10 № Ko‘rsatkichlar YaN ballari maks O‘zgarish oralig‘i 1 Fan bo‘yicha yakuniy yozma ish nazorati 30 0-30 Jami 30 0-30 Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida belgilangan bo‘lsa, u holda yakuniy nazorat 30 ballik “Yozma ish” variantlari asosida o‘tkaziladi. Yakuniy nazoratda “Yozma ish”larni baholash mezoni Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 2 ta nazariy savol va 1 ta amaliy topshiriqdan iborat. Nazariy savollar fan bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar asosida tuzilgan bo‘lib, fanning barcha mavzularini o‘z ichiga qamrab olgan. Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-10 ball oralig`ida baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to‘plashi mumkin. Yozma sinov bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shiladi va yig`indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar: 1. Mirtojiyev M. Semasiologiya. – Toshkent, 2010. 2. Hakimova M. Semasiologiya. – Toshkent, 2008. 3. Nurmonov A., Mahmudov N. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. - Toshkent, 1995. Qo‘shimcha adabiyotlar: 1.Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmedov A., Solixo‘jaeva S. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi. -Toshkent: Fan, 1992. 2.Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 3. Safarova R. Leksik-semantik munosabat turlari. – Toshkent, 2001 4.http:/www.tdpu.uz/ Nizomiy nomidagi TDPU sayti. 5.http:/www. pedagog. uz/ Pedagogik ta’lim muassasasi 6. http:/www. ziyonet. uz/ Ta’lim portali Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling