Fargʻona davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tili yo‘nalishi 4-kurs 19. 84-guruh bitiruvchisi Sotvoldiyeva Sharofatxon Abdivahob qizining


Download 45 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi45 Kb.
#1610497
Bog'liq
3-taqriz (1)


Fargʻona davlat universiteti filologiya fakulteti
o‘zbek tili yo‘nalishi 4-kurs 19.84-guruh bitiruvchisi
Sotvoldiyeva Sharofatxon Abdivahob qizining
‘’ A.Oripov asarlarida anemonimlarning ifodalanishi ” mavzusidagi
bitiruv-malakaviy ishi


T A Q R I Z


Sotvoldiyeva Sharofatxonning A.Oripov asarlarida anemonimlarning ifodalanishi ” mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishi Abdulla Oripov asarlarida ifodalangan anemonimlarga bag‘ishlangan
Unda qiziqchilar nutqining o'ziga xos xususiyatlari, qiziqchilar nutqida qaysi vositalarni qo'llash bilan tinglovchilarda kulgi uyg‘otishi mumkinligi haqida kichik tadqiqot olib borilgan.
Ushbu bitiruv-malakaviy ish uch asosiy bob, umumiy tavsif va xulosani o'z ichiga oladi. Ishning umumiy tavsifida mavzuning o'rganilish darajasi, dolzarbligi, tadqiqotning maqsad va vazifalari, obyekti kabi masalalar yoritilgan.
Bitiruv-malakaviy ishning birinchi bobi "Qiziqchilar nutqining lingvostilistik tabiati" deb nomlangan bo'lib, unda nutqning lingvostilistik aspekti, o‘zbek qiziqchilik san'ati tarixi, rivoji, taniqli so‘z ustalarining so‘z qo‘llash mahorati, so‘z o‘yinlari va ularning qiziqchilar nutqidagi o‘rni haqida fikr yuritiladi.
Ishning ikkinchi bobi "O‘zbek qiziqchilari nutqida hajviy vaziyat yaratishning fonostilistik hamda leksik-stilistik xususiyatlari" deb nomlangan. Ushbu bobda fonostilistika, leksik-stilistika haqida umumiy ma'lumotlar hamda qiziqchilar nutqida ifodalanadigan fonostilistik va leksik-stilistik usul va vositalar haqida so‘z boradi.
Bitiruv-malakaviy ishning uchinchi bobi "O‘zbek qiziqchilari nutqida kulgi qo‘zg‘atuvchi morfologik hamda sintaktik usul va vositalarning ahamiyati" deb nomlanadi. Ushbu bobda morfologik, sintaktik-stilistika haqida umumiy ma'lumotlar va qiziqchilar nutqida ifodalanadigan usul va vositalar bo‘yicha ayrim mulohazalar bayon etilgan.
Ishning xulosa qismida tadqiqot natijalari yuzasidan ilmiy-nazariy xulosalar bayon qilingan. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ushbu tadqiqotda o'zbek tilshunosligida stilistika yuzasidan qo'lga kiritilgan yutuqlarga suyanib, quyidagi yangiliklarga erishilgan:
- qiziqchilar nutqida qo'llanilgan uslubiy vositalar yuzasidan muhim fikrlar bayon qilingan;
- fonostilistik, leksik, morfologik hamda sintaktik-stilistik usul va vositalar so‘z ustalarining nutqidan olingan misollar asosida tahlil qilingan;
- so'z ustalari nutqida qoʻllangan sinonim, antonim va omonim so‘zlar semantik jihatdan tasnif qilingan.
Mavzuni yoritish jarayonida talabaning juda koʻp izlangani, tadqiqot ishiga aloqador koʻplab nazariy adabiyotlarga murojaat qilgani ma'lum ma'noda ishning muvaffaqiyatini ta'minlagan.
Shuningdek, oʻrinli tanlangan misollar ham mavzuning yoritilishida katta ahamiyat kasb etgan. Aytish mumkinki, talaba o'z oldiga qoʻygan maqsadiga erishgan.
Koʻrsatib oʻtilgan yutuqlar bilan birga, ishda ba'zi kamchiliklarga ham yoʻl qo‘yilgan.
Ishda ayrim texnik kamchiliklar, uslubiy g'aliz jumlalar uchraydi:
1) qiziqchilar nutqidan keltirilgan ba'zi misollar to‘liq tahlil qilinmagan;
2) ishning ba'zi o‘rinlarida uslubiy, orfografik xatolar uchraydi;
3) ishning ayrim oʻrinlariga ilmiy yondashilmagan;
4) ba'zi olimlarning fikriga munosabat bidirilmagan.
Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bitiruv-malakaviy ishining qimmatini pasaytirmaydi, u tugallangan ish sifatida bitiruv-malakaviy ishlar oldiga qoʻyiladigan talablarga toʻla javob beradi.
Ushbu tadqiqot hozirgi tilshunoslikdagi murakkab hisoblangan mavzuni oʻzida qamrab olgani, o‘z o‘rnida ma'lum yangilik bo‘lgani uchun mazkur bitiruv-malakaviy ishi bugungi kun talablariga to‘liq javob beradi. Yuqoridagilarga asoslangan holda, Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tili yoʻnalishi 4-kurs 19.84-guruh bitiruvchisi Shaxrizoda Qahramonovaning "Qiziqchilar nutqining lingvostilistik xususiyatlari" mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishini tugallangan ish sifatida himoyaga tavsiya etish mumkin.
Taqrizchi: M. M. Burxanova,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling