Fargʻona davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tili yoʻnalishi 20. 94-guruh talabasi
Download 96.11 Kb.
|
2 5411380156956689202
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining maqsadi: Xurshid Doʻstmuhammad asarlarida qahramonlar ruhiyati, ichki dunyosi va yozuvchi maqsadini ochib berishda badiiy psixologizmning ahamiyatini tadqiq qilish.
Kurs ishining vazifalari: badiiy psixologizmning tarixi va rivojlanishini oʻrganish; — Xurshid Doʻstmuhammad hikoyalaridagi qahramonlar ruhiyatini tahlil qilish; — “Bozor” romanidagi ruhiy kechinmalar tahliliga e’tibor qaratish; — “Donishmand Sizif” romanidagi an’ana va novatorlik tahlili. Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi 31 ta sahifadan iborat bo‘lib, kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan. I BOB. Badiiy psixologizmning kelib chiqishi va taraqqiyoti. Uning badiiy asarda tutgan oʻrni 1.1 Badiiy psixologizmning tarixi va rivojlanishi Psixologizm soʻzi adabiyotda bir necha ma’nolarda qoʻllanadi: 1. Soʻz san’atining tugʻma, ajralmas belgisi sifatida. Psixologizm soʻzining ushbu ma’noda qoʻllanishi eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Inson yaralibdiki, ong-shuur, o'y-fikr va tuygʻu bor. U oʻz ichki olamidagi kechinmalarni dastlab qoʻshiq shaklida ifoda etgani tarixdan ma’lum. Ilk ogʻzaki ijod namunalarida ham ijrochi psixologiyasi muayyan darajada ifodalanadi, zero adabiyotni ruhiyat tasvirisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. 2. Badiiy asar, uning muallifi, personajlar psixologiyasining aksi sifatida. Termin ushbu ma’noda qoʻllanganda ruhiy hodisalarning batafsil tasvirlanishini bildiradi. Aynan mana shu ta’rif badiiy psixologizmning rivoj topgan koʻrinishiga mos tushadi deb aytish mumkin. 3. Anglangan estetik tamoyil sifatida. Psixologizmning mazkur tamoyil sifatida yuzaga kelishi uchun madaniyat gullab yashlagan muhit mavjud boʻlishi va jamiyatda inson oliy qadriyat sifatida koʻrilishi lozim. Chunonchi, psixologizm markazida bor boʻyicha inson, uning ruhiyati turadi. Badiiy psixologizm bu ijodkor tomonidan qahramon ruhiyatiga keng va batafsil kirib borishdir. Turli manbalarda bu terminga turlicha izoh berilsa-da, ularning tagzaminida umumlashtiruvchi bir jihat — inson psixologiyasining nozik qirralarga badiiy tasvir vositalari yordamida chuqur yondashish turadi. Yozuvchilarga badiiy psixologizm murakkab xarakterlar yaratishda qoʻl keladi, chunki ushbu usul insonga ta’rif va tavsif berishda biryoqlama emasligi bilan ajralib turadi, binobarin insonga hech qachon bir yoqlama baho berib boʻlmaydi. Badiiy psixologizm yetakchilik qilgan asarlarni tahlil qilish jarayonida matnni tadqiq qilish orqali yozuvchi bevosita aytmagan yashirin ma’no-mazmunni ilgʻab olish mumkin. Muallifning ichki dunyosi, yashirin oʻy-fikrlari, tuygʻulari ham qahramon ruhiyatida asardagi boshqa oʻrinlardagidan koʻra koʻproq oʻz aksini topadi. Chunki yozuvchining asar yaratishdan maqsadi ham borliqdagi oʻzi guvohi boʻlgan, uni qiynagan yoki oʻyga toldirgan holatlarni tashqariga chiqarib yuborish ehtiyojidir. Yozuvchi voqelik yoki hodisani oʻz qalb prizmasidan oʻtkazib badiiy aks ettirar ekan, oʻzining mushohadalarini yetkazishni adabiy qahramonga yuklashi shubhasizdir. Bu vazifa badiiy asarda turli vositalar yordamida amalga oshiriladi: adabiy portret, monolog, dialog, tush, psixologik timsollar, peyzaj, gallyutinatsiya va hokazo. “Badiiy psixologizmni asarda qoʻllashning bir nechta prinsiplari bor. Adabiy asar yaratish davomida ijodkor o'z tendensiyasidan kelib chiqib yoxud syujet taqozosiga ko'ra badiiy psixologizmning u yoki bu ko'rinishiga murojaat qiladi. Ushbu jarayonda yozuvchi insonning kechinmalari, oʻy-fikrlarining koʻz ilgʻamas nozik qirralarini chuqur tadqiq qilish orqali adabiy qahramonning voqelar rivoji davomidagi xatti-harakatlarini asoslaydi, inson his-tuyg'ulari, kechinmalarining bunday keng tasviri badiiy psixologizmning analitik prinsipiga asoslanadi”.1 Asar qahramonining qiliqlari, mimikasi, asar syujetidagi muayyan ish-harakatlari orqali personaj ruhiyatining ochib berilishi esa dinamik prinsip yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ijodkor muhitning, qahramon yashayotgan va harakatlanayotgan tashqi olamning xarakter ruhiyatida yuzaga kelgan oʻzgarishlarga bog'liqligini ham tasvirlashi mumkin. Inson ruhiyatining bunday tasvirlab berilishi tipologik prinsipga asoslanadi. Ba'zan analitik va dinamik prinsiplar uygʻunlashib yozuvchi maqsadi uchun xizmat qilishi mumkin. Ushbu holat badiiy psixologizmning sinkretik prinsipini yuzaga keltiradi. Asarda badiiy psixologizm bevosita yoki bilvosita tasvirlanishi mumkin. Qahramon ichki dunyosi uning ichki monologlari, oʻzini oʻzi tahlil qilishi, uning xatti-harakatlari haqida muallifning fikrlari bevosita tasvir uchun xizmat qiladi. Personajning mimikasi, qiliqlari, boshqalar bilan dialoglari badiiy psixologizmni bilvosita aks ettirish uchun xizmat qiladi. Badiiy psixologizm haqida gap ketganda emotsional-ekspressiv leksikani eslab oʻtmaslik ilojsiz. Ushbu termin o’zida salbiy yoki ijobiy ma’noni oʻta boʻyoqdor holda saqlaydigan soʻzlarga nisbatan ishlatiladi. Mahoratli yozuvchi oʻz qahramoni ruhiyatini ochib berish uchun ichki monolog, dialog, noma kabilarga murojaat qilar ekan, xarakter ichki olamiga yana ham kirib borish uchun ushbu leksikadan foydalanadi. Personajlar nutqi, ovozning past balandligi, oʻz navbatida, ularning ruhiy holatidan darak beradi. Chunki bir xil soʻzlardan tarkib topgan gapni xursand odam boshqa ohangda, jahli chiqqan odam yana boshqa ohangda gapiradi. Personaj oʻz nutqini qay yoʻsinda ifoda etgani haqida ma’lumotni esa bizga roviy beradi. Roviy yordamida biz asar qahramoni psixologik holatidagi turgʻunlik yoki oʻzgarishlarning qayerda, nima uchun yuz berayotganidan xabardor boʻlamiz. Ichki monolog personajning oʻz-oʻziga qaratilgan nutqi boʻlib, oʻquvchini obyektiv voqelikdan emas, qahramonning botinidan xabardor qiladi. Aksariyat hollarda ichki monolog yozuvchini qiynagan, oʻylantirgan masalalarni qamrab oladi. Shu jihatdan ichki monolog ijodkor tafakkurining qay darajada ekanligidan xabar beruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Psixologik detal yozuvchiga asar qahramoni ruhiyatidagi kitobxonga yetkazish zarur boʻlgan jihatlarni ochishga yordam beruvchi vosita hisoblanadi. Badiiy psixolologizmdan yozuvchilar xarakter yaratishning unumli usuli sifatida foydalansalar, adabiy tanqidchilar unga asar qahramoni ruhiyati va uning xatti-harakatlarini tahlil qilishda, yozuvchining tendensiya va gʻoyalarini aniqlashda murojaat qiladilar. Psixologizmning kelib chiqishi borasidagi qarashlar, birinchi navbatda, “psixologizm” atamasini talqin qilishdagi tafovutlar tufayli, turli-tuman. Keng ma’noda psixologizm adabiyotning ichki tabiatidan kelib chiqadi, uning poydevori so‘z san’ati rivojining ilk bosqichlaridanoq quyilgan. Anglangan estetik tamoyil sifatida uning yuzaga kelishi adabiy jarayonning eng qadimgi davrlariga borib taqaladi. XX asr psixologiyasi va falsafasi inson fenomenini yangicha izohlay boshladi, borliqning dinamik ozgaruvchanligi adabiyotning ruhiy-manaviy hayotni tadqiq etish maylini kuchaytirdi. Inson ruhiyati realizm ananalarini davom ettirayotgan yozuvchilar uchun ham, modernistik ijodkorlar uchun ham mushohada predmetiga aylandi. XX asr adabiyotida analitik yosindan sintetik prinsip foydasiga siljish, bevosita tasvir usullaridan bilvosita foydasiga yuz burish, ong osti sohasiga yanada sinchkovlik bilan nazar tashlash holatlari psixologizm evolyutsiyasining bosh va umumiy tendensiyasiga aylandi. Psixologizm poetikasi davrning inson haqidagi falsafiy va ilmiy tasavvurlaridan oziqlanadi; shaxs konsepsiyasi, badiiy sistema, ijodiy metod bilan shartlanadi. Inson ichki olami adabiyot kozgusida oziga xos talqin va baho oladi. Noestetik hodisa ruhiyatning estetik hodisaga aylanishi (psixologizm shakllari, yosin va usullari) yuz beradi. Bu usullarning adabiyot rivoji jarayonida oddiydan to murakkabgacha bolgan uzluksiz ozgarishi psixologizm dinamikasini belgilaydi. Psixologizm va psixologik tahlil tushunchalari qisman bir-birini toldirib kelsalar-da, mazmun jihatdan tola manoda sinonim emas. Psixologizm tushunchasi psixologik tahlildan kora kengroq, muallif psixologiyasining asardagi aksini ham ifodalaydi. “Badiiy psixologizm inson ichki hayotining muallif tayanadigan tushunchalar, uning shaxs haqidagi tasavvurlari va kitobxonga qaratilgan muloqot strategiyasi bilan shartlanadigan badiiy-obrazli, tasviriy-ifodaviy tiklanishi va tavsiflanishidir. Harakat subekti sifatida personaj tutum va ruhiyati sozda ifodalangan hamda kompozitsion jihatdan uyushgan obrazning predmetlik jihatidir. Eng tasirchan va samarali badiiy vosita sifatida ruhiy tahlil roman badiiyatining asosiy korsatkichlaridan biri hisoblanadi”.2 Mohiyatan ruhiy tahlil kompleks xarakterga ega bolib, yozuvchilar undan qahramon ruhiyatini gavdalantirish usuli sifatida, adabiyotshunoslar esa badiiy asarni tekshirish usuli sifatida foydalanmoqda. Asar olami bu badiiy tasvirning kompozitsion jihatdan uyushgan va matnda mujassamlashgan predmetlik tomonidir. U butun, shartli, tizimli. Odamlar, narsalar, tabiat, qahramonlarning ozini tutishlari, oy-fikrlari, kechinmalari singari yozuvchi tomonidan shartli ravishda real voqelikka oxshatib chizilgan borliq manzarasi asar olami nafaqat moddiy materiallarni, obyektiv borliqni, balki inson ruhiyatini ham tashiydiki, shunga kora psixologizm epik asar strukturasining shaklida mujassamlashgan boladi. Tasvirlangan badiiy olam kitobxonga estetik tasirning asosini tashkil etadi; kitobxon ijodiy faolligi namoyon boladigan soha sanaladi. Ekspressiv leksika personaj psixologik portretini, uning ijobiy yoki salbiy obrazini yaratishda ishtirok etadi hamda asardagi ozga obrazlar bilan assotsiativ aloqalarni yolga qoyishda qatnashadi. Matnning emotsional mazmuni (qahramonlar ruhiyati) va hissiy boyoqdorligini taminlash emotiv leksikaning eng asosiy funksiyasi hisoblanadi. Hikoya qilish tasvirlangan olam va badiiy butunlik adresati sanaladigan kitobxon ortasida vositachi vazifasini bajaruvchi nutq subyektlari (roviy, hikoyachi, muallif obrazi) tomonidan aytilgan barcha mulohazalar majmuyidir. Nutqiy xarakteristika personajlarning nimalarni gapirganlaridan kora, qanday gapirganlaridir. Personaj nutq manerasi, gaplarining stilistik boyoqdorligi, iboralarining ohangdorligi kabi jihatlar ham uning muayyan vaziyatdagi ruhiy holatidan darak beradi. Roviy barcha obrazlar kabi yozuvchi tomonidan oylab topilgan alohida badiiy obraz. Har qanday obraz singari u birmuncha badiiy shartlanganlikka ega, ikkilamchi badiiy reallikka tegishli. Roviy kitobxonga voqealar va personajlarning qilmishlaridan xabar beradi, vaqt oqimini qayd etib boradi, harakatdagi shaxslar qiyofasi va harakat yuz berayotgan sharoitni tasvirlaydi, qahramon ichki holati va ozini tutish motivlarini tahlil qiladi, uning ma’naviy qiyofasini xarakterlaydi. Download 96.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling