Fargʻona davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tili yoʻnalishi 20. 94-guruh talabasi


Download 96.11 Kb.
bet2/7
Sana31.01.2024
Hajmi96.11 Kb.
#1830654
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5411380156956689202

Foydalanilgan adabiyotlar.................................…......................................31



Kirish
“Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi”.
Shavkat Mirziyoyev
Kurs ishining dolzarbligi: Jahon adabiyotshunosligida nazariy poetikaning asosiy masalalaridan biri hisoblanadigan inson ruhiyati talqiniga, badiiy psixologizmning asar tarkibidagi o‘rnini belgilashga, inson ichki olami tasvirida yozuvchilar qo‘llayotgan usullarni aniqlashga qiziqish ortib bormoqda. Buning natijasida psixologizmning badiiy ijod bilan bog‘liq adabiy-estetik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, yozuvchilarning psixologik jarayonlarni tasvirlash mahorati borasidagi tasavvurlar kengaymoqda, mazkur uslubiy fenomenning ichki tuzilishini, vosita va usullarini aniqlashtirish hamda badiiy xarakterlar yaratishdagi ahamiyatini hozirgi adabiy tafakkur nuqtai nazaridan asoslash dolzarb vazifaga aylanmoqda. Dunyo adabiyotshunosligida epik turning barcha janrlarida ruhiy tahlil, ong oqimi, g‘ayrishuuriylik nazariyalarining mohiyatini anglash, ruhiyat tasviri orqali adabiy qahramonlar tiynatini ochish, psixologik obrazlarni ishonarli yaratishda ijodkor individual uslubining namoyon bo‘lishi, ruhiy tahlil usulining ustuvor jihatlari yuzasidan antropetsentrik yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuningdek, o‘zbek adabiyotshunosligida ham badiiy psixologizm muammosi psixologik metod, janr, mahorat masalalari bilan chambarchas aloqadorlikda tekshirilib, nasriy va nazmiy asarlarning takomillashuv jarayonini chuqurroq o‘rganish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ochiqlik siyosati boshqa jabhalarqatori zamonaviy o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini teranroq tadqiq qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratmoqda. “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘p qirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega”. Shu bois, yozuvchilarimiz individualligini, obrazlar ta’sirchanligini ta’minlovchi kategoriya sifatida badiiy psixologizmni tadqiq etish ushbu muammoni zamonaviy o‘zbek romanlari asosida o‘rganish dolzarb ekanligini belgilab beradi. Badiiy psixologizm anchadan buyon adabiyotshunoslar e’tiboridagi murakkab masalalardan biri hisoblanadi. U haqda ilk kuzatishlar olib borgan N.G.Chernishevskiy L.N.Tolstoy ijodida psixologizmning rang-barang shakllari mavjudligini ta’kidlab o‘tgan edi. Uning psixologik tahlilga nisbatan “ijodiy talantga kuch bag‘ishlaydigan sifatlar ichida eng muhimi” degan bahosi hali ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Keyinchalik bu tushuncha adabiyotshunoslik madaniy-tarixiy maktabining psixologik yo‘nalishi vakillari, jumladan, A.Potebnya tomonidan ilmiy sohaga olib kirildi.

Download 96.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling